1-§ O‘zbek tilshunosligida so‘z birikmasi va turg‘un bog‘lama o‘quv loyihasi metodi. Ma’lumki, o‘zbek tili tarixiy taraqqiyotida boshqa davrlarga nisbatan XX asr boshlaridagi tarixiy vaziyat, ijtimoiy qarama-qarshiliklarga boy jamiyat tuzilishi, har xil qatlamga, dunyoqarashi har xil bo‘lgan turli xalq vakillarining hayotimizda aralash-quralash kirib kelishi, jamiyat mafkurasiga xos ibora va tushunchalarning zo‘rlik bilan bostirib kirishi, hali adabiy tilning shakllanmagan bir davrida matbuot, kitob, o‘qish-o‘rganish ishlarida turli millat vakillariga xos odamlarning ishtiroki tilga katta ta’sir quvvatini olib kirdi. Bu jarayon tilga katta ta’sir o‘tkazib, ko‘pgina yot unsurlarning tilga kirib o‘zlashishiga, asrlar osha qo‘llanilib kelayotgan til me’yorlarining buzilishiga, asl milliy-o‘zbekcha til me’yorlarining kelgindi qatlam elementlari bilan raqobatlashishiga olib keldiki, natijada bu jarayon katta til o‘zgarishlariga olib keldi. So’z birikmasida so’zlar o’zaro erkin bog’langan bo’ladi: tushuncha anglatadi,turg’un bog’lanma (ibora)larda esa so’zlar ma’noviy butunlik uchun birlashgan – yaxlitlangan bo’ladi va bir leksik ma’no anglatadi.
Turg’un bog’lanma (ibora)ga bir so’z sifatida qaraladi,lug’atlarda so’zlar qatorida beriladi, chunki ular ham so’zlar kabi ma’no ifodalaydi. Masalan, ko’zini yog’ bosgan – “mag’rurlangan”, yog’ tushsa yalaguday iborasi – “toza”, to’nini teskari kiyib olmoq iborasi – “qaysarlik qilmoq” ma’nosini beradi, ammo bu ma’nolarni oddiy emas, obrazli tarzda ifodalaydi
So’z birikmalaridagi so’zlarni, erkin bog’langanligi uchun, almashtirish mumkin, turg’un bog’lanma (ibora)lardagi so’zni almashtirib bo’lmaydi, ular bir ma’no ifodalash qonuniyati asosida turg’unlashgan, yaxlitlangan bo’ladi: bo’yniga qo’ymoq (iqror qilmoq), ko’nglidan o’tkazmoq (o’ylamoq), o’pkasi yo’q (hovliqma) kabi. So’z birikmasi va turg’un bo’glanma gapda o’xshash shaklda uchrashi mumkin, lekin biri tushuncha, biri leksis ma’no ifodalaydi. Qiyoslaymiz: Bu yuk hozircha omborning ichiga sig’maydi. – Shu kunlarda Feruzaning sevinchi ichiga sig’maydi.
O‘quv loyihaviy faoliyat - bu qo‘yilgan vazifaga erishish, ta’lim oluvchilar uchun muhim va aniq foydalanuvchiga mo‘ljallangan biror-bir yakuniy ma’lumot ko‘rinishida rasmiylashtirilgan, muammoni yechish uchun ta’lim oluvchilarning belgilangan izchillikdagi harakatlari majmuasi. So`z birikmasi sintaksisi masalasi ilgaridan olimlar diqqatini o`ziga tortib kelmokda. XVIII asrdayoq M.V.Lomonosov o`zining «Rossiyskaya gromatika» / 1755/1 nomli asarida so`zlarning birikish tabiati bilan qiziqdi. O`sha vaqtda «so`z birikmasi» tushunchasi mavjud bo`lmasa ham, sintaksisning bir bo`limida so`zlarning birikish yo`llari, so`z birikmalarining tuzilish formalariga alohida ahamiyat berildi. M.V.Lomonosovdan keyin so`z birikmasi problemasi bilan A.X.Vostokov shug`ullandi. Uning grammatikasida ham sintaksisning bir bo`limi «so`zlarning qo`shilish haqida»2 deb nomlandi va so`z birikmasi so`zlarning o`zaro qo`shilishi tarzida talqin qilindi. Keyingi tadqiqotlarda asosiy kommuniktiv birlik gapga bo`lgan qiziqish kuchaya boshladi. Bu xol so`z birikmasiga bo`lgan qiziqishni bir muncha susaytirsa ham, so`z birikmasi masalasi olimlar diqqatidan chetda qolmadi. Chunonchi, so`z birikmasi masalasiga F.F.Fortunatov asarlarida alohida ahamiyat berilgan.3 U gapning tugallangan, so`z birikmalarini esa tugallanmagan so`z birikmasi deb ataydi. Uningcha, so`z birikmalari grammatik va nogrammatik so`z birikmalariga bo`linadi. Grammatik so`z birikmalarga ma`lum formal grammatik vositalar bilan birikkan ptitsa letit, xoroshaya pogoda tilidagi birikmalar, nogrammatik birikmalarga hech qanday formal kursatkichlarsiz birikkan poet Pushkin tilidagi birikmalar kiritiladi.4 F.F.Fortunatovning sintaktik qarashlari rus grammatika fanining rivojlanishida katta rol` oynaydi. Uning qarashlari so`z birikmasi problemalarini ishlashda ma`lum darajada asos vazifasini o`tadi. F.F.Fortunatovning izdoshi A.M.Peshkovskiy fikricha, sintaksis grammatikaning bir bo`limi bo`lib, u so`z birikmasi formalarini o`rganuvchi 1 Lomonosov M.V. Rossiyskaya grammatika. Poln.sobr.soch.t.7.M-L. 1952. s.89-387. 2 Vostokov A.X. Russkaya grammatika. SP., 1839, s.219. 3 Fortunatov F.F. Izbrannie trudi. Slavyanskoye yazikovedenie. T.1, M.,1956, s.182. 4 Usha asar. S.184. 11 sohadir.1 Sintaksisga bunday ta`rif berish ikki sintaktik konstruktsiya – gap va so`z birikmasini shalkashtirishga olib keladi. A.M.Peshkovskiy gaplarning barcha xillari /so`z- gaplardan tashqari/ so`z birikmasi deb talqin qildi. So`z birikmasiga bunday munosabatda bo`lish so`z birikmasi bilan gapni farqlamaslikka olib keladi. A.A.Shaxmatov esa so`z birikmasiga butunlay yangicha munosabatda bo`ldi. Uning fikricha, so`z birikmasi gap sostavida mavjud bo`lib, ikkinchi darajali bo`laklarning bosh bo`laklarga va ularning bir-birlariga bo`lgan aloqasini o`rganadi.2 Shunday qilib, unda so`z birikmasi nazariyasi gap haqidagi nazariyaga butunlay boysundirilgandir. Uning sintaktik ta`limotida so`z birikmasiga alohida e`tibor berilgan bo`lib eslatilgan kitobning uchdan bir qismini egallaydi.3 Keyingi 30 yillikda sobiq sovet tilshunosligida so`z birikmasi sintaksisini o`rganish o`zining yangi bosqichiga ko`tarildi. Uning nazariy jihatlarini ishlashda V.V.Vinogradov4 , V.P.Suxotin5 , N.N.Prokopovich6 , kabi olimlar so`z birikmasiga bag`ishlangan asarlari bilan katta ahamiyatga ega boldi. Ularning asarlarida so`z birikmasi sintaksisi haqida ta`limot gap haqidagi ta`limot bilan bir qatorda alohida ob`ekt sifatida belgilab berildi. Turkologiyada so`z birikmasi sintaksisini mahsus bo`lim sifatida o`rganish an`anaga aylanib qolgan. Bu sohada prof. N.K.Dmitrivning asarlari alohida ajralib turadi.7 A.N.Kononov8 , e.I.Ubryatovalarning9 asarlarida ham so`z birikmasiga katta o`rin berilgan. 1 Peshkovskiy A.M. Russkiy sintaksis v nauchnom osveshenii. M.,1956.,s.37. 2 Shaxmatov A.A. Sintaksis russkogo yazika 2-e izdanie, L., 1941., s.276. 3 O`sha asar, s.274-420. 4 Vinogradov V.V. Russkiy yazik. M., 1972, Voprosi izucheniya slovosochetaniya,VYa, 1950,№3. 5 Suxotin V.P. Problemi slovosochetaniya v sovremennom russkom yazike.V kn: Voprosi sintaksisa sovremennogo russkogo yazika. M.,1950. 6 Prokopovich N.N. Slovosochetaniya v sovremennom russkom literaturnom yazike., M., 1950. 7 Dmitrev N.K. Stroy tyurkskix yazikov.M-L, 1942. ego je. Detali prostogo predlojeniya. V sb.:Issledovaniya po sravnitel`noy grammatiki tyurkskix yazikov. Ch. I I I. Sintaksis. M.,1961. 8 Kononov A.N. Grammatika sovremennogo O`zbekskogo literaturnogo yazika., M-L, 1960. 9 Ubryatova e.I. Issledoaniya po sintaksisu yakutskogo yazika. M-L, 1950. 12 Hozirgi davrda turli turkiy tillar materiallari asosida so`z birikmasi problemalariga bag`ishlangan qator tadqiqotlarga egamiz.Chunonchi ular turk1 , qozok2 , ozarbayjon3 , tatar4 , turkman5 tillari bo`yicha qilingan ishlardir. Turkologiyada so`z birikmasi sintaksisi masalalarining ishlanishida prof.N.A.Baskakovning qoraqalpoq tili bo`yicha va shuningdek, turkiy tillar sintaktik tuzilishi haqidagi umumlashtiruvchi asarlari katta ahamiyatga ega.6 Bu sohada L.Z.Gadjiyevaning tadqiqotlari ham alohida diqqatga loyiqdir.7 O`zbek tilshunosligida so`z birikmasi to 1955 yilgacha mahsus tekshirish ob`ekti bo`lmadi. Faqat prof. A.G.Gulomov o`zining sintaksisga bag`ishlangan ishlarida bu masalaga alohida ahamiyat berdi.8 Shundan keyin ma`lum bir so`z birikmalari tiplari haqida dastlabki ilmiy tadqiqotlar paydo bo`la boshladi.9 Ularda fe`l va ot so`z birikmalari alohida teshirish ob`ekti bo`ldi. Bundan keyingi davrlarda so`z birikmasi sintaksisiga bag`ishlangan ko`pgina ishlar maydonga keldi10 va akadem grammatikalarda11, oliygohlar uchun chiqarilgan darsliklarda12 so`z birikmasi sintaksisi mahsus soha sifatida izohlana boshladi. Bu qisqacha obzorning o`zidanoq ma`lumki, so`z birikmasi problemasi ancha ishlangan soha hisoblanadi. Ammo bu unda barcha masalalar ochiq-oydin degan gap emas. Chunonchi, olimlar so`z birikmasining tabiatiga har xil munosabatdadir. Ular quyidagilar: 1. So`z birikmasining mohiyati va uning paydo bo`lishi haqida ikkita karama-karshi tendentsiya mavjud. Birinchisi, tilshunoslikda 1 Baskakov A.N. Slovosochetaniya v sovremennom turetskom yazike. M. 1974. 2 Balakaev M.B. Osnovnie tipi slovosochetaniy v kazaxskom yazike. Alma-ata., 1957. 3 Seydov Yu.M. Slovosochetaniya v ozerbaydjanskom yazike. Baku, 1966. 4 Zakiev M.Z. Sintaksicheskiy stroy tatarskogo yazika. Kazan`,. 1963, ego je. Slovosechetaniya. V kn. Sovremenniy tatarskiy literaturniy yazik. Sintaksis, M., 1971. s.79-128. 5 Sariev K. Slovosochetaniye v turkmenskom literaturnom yazike. Ashxabad, 1972. 6 Baskakov N.A. Tipi atributivnix slovosochetaniy v karakalpakskom yazike. VYa., 1956, №6. ego je. Slovosochetanie v Karakalpakskom yazike. V kn.: Isledovaniya po sravnitel`noy grammatike tyurkskix yazikov. Ch.I I I . M., 1961. s.50-60. 7 Gadjieva L.Z. Osnovnie puti razvitiya sintaksicheskix struktur v tyurkskix yazikax. M., 1972. 8 Gulomov A.G. O`zbek tilida aniklovchilar. T., 1941. Sodda gap. T.,1955., s. 25-35. 9 Abdullaev A. Glagol`nie slovosochetaniya v O`zbekskom literaturnom yazike.Aftoref.diss. kand. Filolog. NaukSamarkand, 1959: Xaliyarov X. Imennie slovosochetaniya O`zbekskom yazike. Aftoref. Diss.kand. filolog.naukSamarkand, 1966. 10 Safaev A.S. Issledovaniya po sintaksisu O`zbekskogo yazika T.1968. Abdullaev F.A. So`zlar o`zaro qanday boglanadi. T.1972. Sharipov M.K.Hozirgi O`zbek tilida suz birikmasi sintaksisi masalasi. 11Hozirgi O`zbek tili I I- qism. T.,1966: O`zbek tili grammatikasi. I I-kism, T.,1978. 12 G`ulomov A.G. Asqarova M.A., Hozirgi O`zbek tili., T., 1966. 13 traditsion-sintaktik yonalish bulib, u asosan F.F.Fartunatov va uning izdoshlari A.M.Peshkovskiy, A.A.Shaxmatovlar nomi bilan bogliq. Ularning fikricha, So`z birikmasi faqat sostavidagina mavjud bolib, gapdan tashqarida bo`lishi mumkin emas. Sovet olimi akademik V.V.Vinogradovning fikri buning tomomila aksidir. Uning fikricha, So`z birikmasi So`z kabi nominativ funktsiyani bajaradi va u So`zning kengaygan formasidir. U gap sostavida ham va gapdan tashqarida ham bo`lishi mumkin.1 So`z birikmasining mohiyatini sintaktik nuqtai nazardan talqin qilish o`zining qadimiy traditsiyasiga ega. Sintaktik nazariyalarning rivojlanishi protsessida bu yo`nalishning nazariy asoslari asta- sekin o`z mavqeini mustahkamlamoqda va qaror toptirmoqda.2 Darhaqiqat, So`z birikmasini gap sostavidan, komunikativ jarayondan ajratib karash uning funktsiyasini notug`ri tushuntirishga olib kelishi mumkin. Chunki har bir so`z birikmasi fikrning tog`ri amalga oshirilishi va aloqa aktining kommunikativ situatsiyasiga mos bo`lishi uchun faqat o`sha gap sostavidagina mavjud boladi. Shuning uchun ham so`z birikmalarini tilning nominativ birligi hisoblangan so`z bilan bir qatorga qo`yib, gapdan tashqarida ham mavjud bo`ldi deyish so`z birikmasining tabiatga unchalik mos kelmaydi. Tilning nominativ birliklari – So`zlar kishi ongida imkoniyat xolatida mavjud bolib umumiy tushunchalarni bildiradi va nutqda tayyor xolda ishlatiladi. So`z birikmasi esa konkret tushunchalarni ifoda qiladi va har gal nutq protsessida yangidan xosil qilinadi. Odatda, So`z birikmasiga berilgan ta`riflarda So`z birikmasining «bulingan» (raschlenennoe) tushunchalarni ifodalashi qayd qilinadi. Bu bo`lingan tushunchalarni ifodalash tilda o`z xolicha mavjud bulaolmaydi, u situatsiyaning, nutqning talabi bilan vujudga keladi. So`z birikmasining gapdan tashqarida ham mavjud bo`lishi mumkinligiga ayrim olimlar gazetalardagi nominativ formadagi sarlavxalarni misol qilib keltiradilar. Bu uning alohida qollanilishining kurinishi emas, balki gazeta nutqining o`ziga xos xususiyatidir, bu birikmalarning mazmuni o`sha 1 Vinogradov V.V. Voprosi izucheniya slovosochetaniy. VYa, 1954, №3 2 Skoblikova e.S. Sovremenniy russkiy yazik. Sintaksis prostogo predlojeniya. Iz-do «Prosveщenie» M. 1979, s.71. 14 kontekstlardan bilib olinadi, ularni o`sha kontekstlardan ajratib qarash umuman mumkin emas. Bu haqda T.A.Tulina tugri fikr bildiradi: «Svoeobraznыm isklyucheniem yavlyaetsya plast gazetnыx zagolovok; predstavlyayuщix namerenno nepolnoe oboznachenie nekotroy situatsii pri pomoshi slovosochetaniy, narochitaya nepolnota smisla takogo zagolovka prizvana zainteresovat` ili daje zainteresovat` chitatelya kotoroy vinujden oznokomitsya s sootvetstvuyuщim tekstom, shtobы izvlech iz nego nedostayuщuyu informatsiyu.1 Hozirgi davrda olimlarning deyarli ko`pchiligi so`z birikmasi masalasiga sintaktik nuqtai nazardan yondoshish uning tabiatiga bir muncha tog`ri kelishini ta`kidlamoqdalar. Biz ham uz ishimizda so`z birikmasiga sintaktik jihatdan yondashish ma`qul deb hisoblaymiz, chunki bu hol so`z birikmasini nutq protsessida situatsiya bilan bog`lab o`rganishda ancha qulayliklar tug`diradi. 2. Qanday birikmalarni so`z birikmasi hisoblash mumkin?. Bu masalada ham olimlar o`rtasida birlik korinmaydi. Ayrim olimlar sintaksisning ob`ekti so`z birikmasi deb hisoblaydi, gapni ham so`z birikmalarining biri deb talqin qiladi.2 Boshqa bir avtorlar bu masalaga gap bo`laklarining sintaktik funktsiyasi nuqtai nazardan yondoshadilar va predikativ birikmalarni ham so`z birikmasi hisoblaydilar. Ular aniqlovchili, to`ldiruvchili, xolli nopredikativ birikmalarni ajratadi.3 Uchinchi gruppa olimlar predikativ birikmani so`z birikmasi sanamaydilar. Ular o`zaro tobelanish aloqasida bog`langan nopredikativ birikmalarnigina so`z birikmasi qatoriga kiritadilar. 4 Biz ot birikmalarning ilmiy va badiiy uslublardagi qo`llanilishi xususiyatlarini tadqiq qilishda keyingi olimlar fikriga kushilamiz. 3. So`z birikmasining tarkibi masalasidir. Ayrim olimlar mustaqil va yordamchi so`zning o`zaro birikishini so`z birikmasi hisoblasa,5 boshqalari ikki mustaqil so`zning grammatik aloqaga kirishi so`z birikmasini hosil qilishini 1 Tulina T.A. Funktsional`naya tipologiya slovosochetaniy. Izd-vo «Visshaya shkola», Kiev-Odessa, 1976, str.19. 2 Peshkovskiy A.M. Kursatilgan asar, s.37. 3 Peshkovskiy A.M. Kursatilgan asar, s. 65-69, Suxotin V.P. Kursatilgan asar, s.162. 4 Balakaev M.B. Kursatilgan asar, s.20., Seidov Yu.M. Slovosochetanie v azerbayjanskom yazike. Avtoref.diss.filol. nauk Baku. 1965, s 37., Prokopovich N.N. Kursatilgan asar, s.52., Filicheva N.I. O slovosochetaniyax v sovremennom nemetskom yazike. M., 1969, s.71. 5 Dmitrev N.K. Gramatika bashkirskogo yazika. M-L, 1948, s.203. 15 aytadilar.1 Akad. V.V.Vinogradov esa so`z birikmasini predmet, harakat va hokazolarni ifodalash qobilyatiga ega bolgan: yagona murakkab ma`nolarni ifodalaydigan: sintaktik jihatdan tashkil topgan va sematik jihatdan bir butun hisoblangan ikki mustaqil so`zning o`zaro birikuvidir deb masalaga aniqlik kiritadi.2 Hozirgi davrda so`z birikmalarning ikki mustaqil so`zdan tashkil topishi so`z birikmalarining formal shakllanishida asosiy kriteriy ekanligini tilshunoslar tan oladilar. O`zbek tilshunosligida so`z birikmalarining o`rganilishi va ularning grammatik tabiati haqida. Turkologiyada ot so`z birikmalari har xil aspektda o`rganilgan. Chunonchi prof. A.G.Gulomov o`zining « O`zbek tilida aniqlovchilar»3 , nomli ishida gap bo`laklaridan aniqlovchilarning grammatik tabiati va strukturasini mufassal analiz qiladi. Unda berilgan misollarning hammasi aniqlovchi tarzida analiz qilinsa ham aslida ular so`z birikmalaridir va hokim so`zi bilan birga olingan aniqlovchilarning tiplari, morfologik ifodalanishi, grammatik aloqasiga atroflicha o`rin berilgan. G.Achilov esa turkman tili materiallari asosida aniqlovchi va aniqlovchili so`z birikmalarini mahsus tekshiradi. Aniqlovchili so`z birikmalarining har xil tiplarini grammatik planda analiz qiladi.4 Bunday tadqiqot ozarboyjon tilida G.Aliyev tomonidan ham amalga oshirilgan.5 Prof. N.A.Baskakov o`zining « Qoraqalpoq tilida so`z birikmalarining tiplari»6 , nomli ishida ot so`z birikmalarining tiplari, uning komponentlari orasidagi grammatik aloqaning xususiyatlariga to`xtaladi va komponentlarining o`zaro semantik munosabatiga alohida ahamiyat beradi. X.Xoliyarov va Dj. Andabekovalarning kandidatlik dissertatsiyalarida ot So`z birikmalari umumiy planda o`rganilib, ularning grammatik tabiati, birikish yo`llari, komponentlarining 1 Zakieva M.Z. Sintakticheskiy stroy tatarskogo yazika. Kazan, 19863. s.10. 2 Vinogradov V.V. Voprosi izucheniya slovosachetaniya. VYa, 1954. s. 106. 3 Gulomov A.G. O`zbek tilida aniklovchilar. T., 1941. 4 Achilov G. Opredelenie i opredelitel`nie slovosochetanie v sovremennom turkmenskom yazike. Aftoref.diss.kand. filolog.nauk. Ashxabad, 1950. 5 Aliev G.S. Opredelenie v sovremennom azerbaydjanskom yazike. Aftoref.diss. kand. nauk.Baku,.1950. 6 Baskakov N.A. Kursatilgan asar, VYa, 1956, №6. 16 morfologik ifodalanish yollari va ba`zi bir semantik jihatlariga diqqat qilinadi.1 Keyinchalik ot So`z birikmalariga A.S.Safayevning2 , F.A.Abdullayevning 3 , M.K.Sharipovning4 asarlarida ham yetarlicha urin berilgan. A.N.Baskakovning « Slovosochetanie v sovremennom turetskom yazike» nomli asarida esa atributiv So`z birikmalari qatorida alohida o`rganilgan. Bunda avtor so`z birikmalarini faqat struktura nuqtai nazaridan o`rganib ularning tiplarini keng planda analiz qilgan. Muallif fikricha, bu struktural tiplar turkiy tillarning barchasida uchraydi va ularni konkret tillar materiallariga tatbiq qilish mumkin. 5 Korinadiki, yuqoridagi ishlarda atributiv so`z birikmalarining grammatik xususiyatlari haqida qimmatli fikrlar bayon qilingan. Ularda mazkur birikmalarning tuzilishi, tiplari va komponentlarining o`zaro aloqasi haqida atroflicha ma`lumot beriladi. Ma`lumki, har bir tilda so`zlarning o`zaro birikishi o`zining alohida spetsifik xususiyatiga ega. Shunga mos har bir tilda so`z birikmalarining tuzilish uslublari, strukturasi har xildir. O`zbek tilining sintaktik sistemasida turli-tuman so`z birikmalari mavjud. Ular so`z birikmasi komponentlarining o`zaro sintaktik aloqasiga, xokim komponentining qaysi so`z turkumidan ifodalanganligiga, funktsional xarakteriga va sostaviga kura bir-biridan tubdan farq qiladi. Ot so`z birikmalari ham so`z birikmalari sistemasida o`ziga xos harakterli belgilari bilan ajralib turadi. Ular ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro atributiv munosabatda birikishi natijasida hosil bo`lgan birikmalardir. A.M.Goderning aytganidek.6 Ot birikmalarining hokim komponenti doim otlar bilan ifodalanadi. Tobe komponent hokim komponentning belgisi, rangi, soni, harakteri, xususiyati va xokazolar nuqtai nazardan konkretlashtiradi. Ularda birikmaning grammatik va 1 Xoliyarov X. Imennnie slovosochetaniya v sovremennom O`zbekskom yazike. Aftoref. Diss.kand.filolog.nauk. Samarkand., 1966, Andabekova Dj. Imennie slovosochetaniya s opornim slovom virajennim imenem suщestitel`nim. Aftoref.diss.kand.filolog. Frunze., 1974. 2 Safaev A.S. Kursatilgan asar. 3 Abdullaev F.A. Kursatilgan asar. 4 Sharipov M.K. Kursatilgan asar. 5 Baskakov A.I. Kursatilgan asar. 6 Goder A.M. O logicheskoy strukture ponyatiya virajennogo slovosochetaniem. V kn.: Logiko-grammaticheskie ocherki. Izd-vo «Visshaya shkola». M., 1961. s.50. 17 semantik markazi hokim bo`lak hisoblanadi. Belgi bildiruvchi tobe komponent birikmaning grammatik aloqasini ko`rsatib turuvchi va hokim so`zda ifodalangan semantik mazmunning konkretlashtiruvchisi sifatida yuzaga chiquvchi bolakdir. Shuning uchun ham uning orni doim belgilangan bolib perepozitiv holatdadir. Bu tartib turkiy tillar, o`zbek tili uchun qat`iydir. Tartibning o`zgarishi birikmaning funktsional hakterining o`zgarishiga olib keladi. Ot birikmalar komponentlari har xil formada birikadilar. Ikki komponenli sodda ot birikmalari xech qanday formal kursatkichsiz so`z tarkibi va intonatsiya yordamida bitishuv formasida aloqaga kirishadi. Bunday holatni barcha tipdagi ot birikmalariga qollab bulmaydi. Xususan, murakkab tipdagi atributiv birikmalar komponentlari orasidagi bog`lanish sintaktik aloqaning uch holatida /moslashuv, boshqaruv, bitishuv amalga oshiriladi. Sof ot birikmalarda faqat predmetning belgisi bildiriladi. Ularda qarashlilik, tegishlik ma`nolari ifodalanmaydi. Bu jihatdan ular moslashuv formasida aloqaga kirishadigan qaratqich aniqlovchilar birikmalardan ham farq qiladi. Ma`lumki, inson tafakkurining ikki formasi konkretlashtirish (differentsiyatsiya) va umumlashtirish (integratsiya) protsesslari tilda ikki xil sintaktik aloqa natijasida amalga oshiriladi. Bu atributiv va predikatsiyadir. Atributiv va predikativ aloqalar mazmun mohiyati bilan ham, formal grammatik jihatdan ham bir-biridan keskin farqlanadi. Atributiv aloqada konkretlashtirish yuzaga chiqadigan bo`lsa, predikatsiyada abstraktsiya asosiy o`rinni egallaydi. Bu nuqtai nazardan atributiv va predikativ munosabatlar bir-biriga diametral ravishda qarama-qarshidir. Buni e`tiborga olgan holda ayrim olimlar atributiv munosabatni aniqlashning asosiy printsiplaridan biri uni predikativ aloqaga transformatsiya qilishdir deb ta`kidlaydi.1 Bu printsipni sodda atributiv birikmalarga tadbiq qilish mumkin. Ularni predikativ aloqaga transformatsiya qilish birikmaning harakterini butunlay 1 Ignatov B.F. Printsipi videlenie atributivnix otnosheniy v sovremmenom russkom yazike. Aftoref.diss. kand. filolog. Nauk. Saratov, 1964. s.7. 18 o`zgartiradi. Misol: qum kuk, o`qigan bola-bola o`qigan, 5 ta daftar-daftar 5 ta kabilar. Ammo bu printsip bilan murakkab ot birikmalarini aniqlash mumkin emas, ulardagi munosabat ancha murakkab bo`lib, ularni bu yo`l bilan aniqlab bo`lmaydi. Ot birikmada konkretlashtirish aniq sodir boladi. Ularda boshqa birikmalarga nisbatan bir tushunchaning ikkinchi tushunchaga munosabati yorqin namoyon boladiki, bu holat ularning nutqda alohida funktsional xizmati borlig`ida ko`rinadi. A.K.Dmitriyev aniqlovchi-aniqlanmish haqida gapirib… liniya «opredelenieopredelyaemoe» vsegda yavlyaetsya liniey slovosochetaniya. Opredelenie mojet bit` pri lyubom chlene predlojenie, podlejaщem, skazeumom, dopolneniem i ob`stoyael`stve i poetomu mesto opredelenie v fraze zavisit ot togo, gde stoit ego opredelyamoe» degan edi. Shunday qilib, ot so`z birikmalari sintaktik tobelanish asosida ikki yoki undan ortiq so`zlarning o`zaro atributiv munosabati asosida birikishi natijasida hosil bo`lgan va semantik jihatdan bir butun hisoblangan otli so`z birikmalaridir. Ular ham so`z birikmalari kabi tuzilishga ko`ra sodda va murakkab turlarga bo`linadi.
Tayyorgarlik bosqichi: loyihaga kirishish, loyiha faoliyatini tashkil etish va rejalashtirish - auditoriya ishi.
Loyihani bajarish bosqichi: auditoriyadan tashqari.
Yakunlovchi bosqich: loyiha taqdimoti, o‘quvchilar mahsuloti va loyiha faoliyatining baholanishi, loyiha faoliyati refleksiyasi - auditoriya ishi.
O‘quv loyihaviy faoliyatning prosessual tuzilmasi : vaziyatga moslashish;
muammoni shaxsan o‘zlashtirish (muammoni tushunish va amaliy faoliyatning muayyan sohasi uchun uning yechimi dolzarb va muhimligini anglash);
loyihaning maqsadi, muammoni hal etish masalalarini qabul qilish, aniqlashtirish va muayyanlashtirish;
loyihaning natijasi (mahsuloti) va uni taqdim etish shakllarini anglash, loyihaning boshqa ishtirokchilari va o‘qituvchi bilan muloqotning xarakteri.
O‘quvchilar loyiha ustidan ishlash shakllarini tanlashadi: alohida yoki guruh bo‘yicha. Agar guruhli shakl tanlangan bo‘lsa:
guruhlarga birlashishadi;
loyiha bo‘yicha ishlar turlarini ajratib, qatnashchilar orasida taqsimlashadi;
loyiha bajarish bo‘yicha ishchi rejasini ishlab chiqishadi;
uni bajarishning optimal usullari va vositalarini tanlashadi;
natija taqdimotini rasmiylashtirish usullari va shakllarini belgilashadi;
loyiha ma’suli, hisobot va taqdimotni baholash mezonlarini muhokama qilishadi.
O‘quv loyihaviy faoliyatning prosessual tuzilmasi (2-bosqich)
Loyihaning ushbu davrida o‘quvchilar o‘zlarining vazifalari bilan muvofiq tarzda va ma’lum qilgan holda faol va mustaqil ishlaydilar:
turli manbalardan axborot to‘plash, tahlil etish va umumlashtirish ishlarini olib boradilar;
tadqiqot o‘tkazadilar, hisob-kitoblarni bajaradilar;
zarurat tug‘ilganda maslahatlashadilar;
oraliq natijalarni muhokama qiladilar;
hammadan olingan natijalarning umumiy to‘planishi va muhokamasini o‘tkazadilar;
O‘quv loyihaviy faoliyatning prosessual tuzilmasi (3-bosqich).
Yakuniy: taqdimot, himoya, baholash, refleksiya.
Loyihaning jamoa taqdimoti vaqtida quyidagilarni aks ettirishadi:
faoliyat va natijaning refleksiyasini amalga oshirishadi: ish davomida va yakunida yuzaga kelgan yutuqlarini anglash, yo‘l qo‘yilgan xatolarni tahlil qilish, shaxsiy o‘zgarishlarini anglashni namoyon etadi; loyiha faoliyati haqida hisobot topshirishadi.
O‘quv loyihasi uslubiy pasportining tuzilishi:
Pedagogik annotatsiya;
Loyiha topshirig‘i;
O‘quvchilarga uslubiy ko‘rsatmalar;
Loyihali ta’limning texnologik xaritasi;
Pedagogik annotatsiyaning tuzilishi:
O‘quv predmeti;
O‘quv mavzusi;
Qatnashchilar;
Ta’limning maqsadi;
Rejalashtiriladigan o‘quv natijalari;
O‘quvchilar loyihani muvaffaqiyatli hal etish uchun egallashi lozim bo‘lgan oldingi bilim va ko‘nikmalar ro‘yxati;
Loyihaning turlanish belgilariga ko‘ra tavsifnomasi;
Loyihani bajarish tartibi;
Loyihaning baholanishi;
Loyihaviy ta’limni tashkil etish bosqichlari;
Ta’lim modelining qisqacha tavsifnomasi;
Hammadan olingan natijalarning umumiy to‘planishi va muhokamasini o‘tkazadilar.
O‘quv predmeti mavzusini va mazmunini tanlash:
Darsning o‘quv mavzusi yuzasidan yagona umummaqsadni belgilab olish;
Darsning o‘quv mazmunini ishlab chiqish beriladigan nazariy va amaliy bilimlarni belgilash;
O‘quvchi tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarni ifoda etish;
Darsning shakli, metod, vositalarini tanlash;
Tushuncha, bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish uchun ta’lim oluvchi tomonidan sarflanadigan vaqt birligi hisobini olish;
Har bir bosqich natijalarini olish uchun mashq va misollar tizimini yaratish;
Nazariy olib borish, testlar, savollarni ishlab chiqish;
Loyihani dars jarayoniga tatbiq etish;
Dars jarayonini olib borish va yakunlash mexanizmini yaratish.
3.2. Loyihali o‘qitish faoliyati o‘quvchining o‘quv faoliyatini tashkil etuvchi jarayon hisoblanadi.
Bunda:
O‘qituvchi tomonidan taklif etilgan o‘quv loyihalari, kichik loyihalarning maktab o‘quvchilari tomonidan bajarilishi ko‘zda tutiladi;
O‘quv loyihalari oldindan ishlab chiqilgan mezon ko‘rsatkichlari asosida baholanadi, loyihada predmetlararo maqsadlar ko‘zda tutilsa, yakuniy baholar ham chiqarilishi mumkin;
Loyiha asosida faoliyat tashkil etilganda o‘quv-mavzularda rejalashtirilayotgan loyihani topshirish muddatlari ko‘zda tutiladi;
Loyiha asosida o‘quv faoliyatini tashkil etishga o‘qituvchi rahbarlik qiladi va u loyihaning koordinatori hisoblanadi;
Loyihalar yakka shaxslarga va guruhlarga qaratilgan bo‘ladi;
Loyiha topshiriqlari aniq, ravon shakllantirilgan, uning maqsad va vazifalari tushunarli aniqlangan, o‘quvchilar bilan uning ijro yo‘llari va mexanizmlari kelishilgan bo‘ladi;
Ayrim hollarda yuqori sinf o‘quvchilarining xohish va istaklariga binoan loyihalarni shakllantirish loyiha rahbari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi mumkin;
O‘quv yili davomida o‘rnatilgan tartibda tuzilgan loyihalar taqdimotini ilmiy konferensiyalarda, pedagogik kengashlarda, metod- birlashmalarda o‘tkazish, himoya qilish yoki tanlovlar tariqasida o‘tkazish mumkin.
3.3. Dars loyihalari o‘zining davomiyligiga qarab:
kichik loyihalar (bir soatli);
qisqa muddatli loyihalar (4 soatga mo‘ljallangan);
haftaga mo‘ljallangan loyihalar;
uzoq muddatga mo‘ljallangan loyihalar (ko‘pincha bunday loyihalar darsdan tashqari ko‘pincha ta’limni amalga oshirishga xizmat qiladi) bo‘lishi mumkin.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar o‘qituvchidan darsni tashkiliy jihatidan puxta o‘ylangan, sifatli, ishchanlik muhitida, o‘quvchilarni jarayonga qiziqtira oladigan tarzda loyihalay olishni talab etadi. O‘quv jarayonini loyiha asosida tashkil etishda o‘qituvchi faollikda ish yurituvchi emas, balki keng qamrovli ijodkor pedagog rolini o‘tashi talab etiladi. O‘qituvchi loyiha raxbari sifatida yuqori madaniyatli, ijodkor, izlanuvchan, tashkilotchi bo‘lmog‘i kerak.
Loyihalar shunday tuzilishi kerakki, u o‘quvchi shaxsiga qaratilib, uning shaxsiy rivojlanishiga xizmat etishi kerak. Loyihalar asosida o‘quv jarayonini tashkil etishda o‘qituvchi fidoyilik ko‘rsatishi, o‘quvchini ruhlantirishi, ularni qiziqtirish orqali pirovard maqsadga erishishi talab etiladi.
Loyiha asosida tashkil etiladigan darslar va unga sarf etiladigan vaqt, tashkiliy ishlar, beriladigan va to‘g‘ri yo‘lga soluvchi savollar oldindan rejalashtirilishi kerak. Undan tashqari dars jarayonida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan kamchilik, xatolar, ularning oldini olish, jarayonning tahliliy tomonlari ham oldindan hisobga olinishi kerak.