Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ishning asosiy maqsadi o‘zbek adabiy tili sintaksisi sohasidagi erkin va turg‘un bog‘lamalarning farqli va o‘xshash jihatlarini o‘quv loyihasi dasturi orqali tahlil qilish va evalyutsion tadqiqotini o‘rganish va kuzatishlar orqali o‘zbek tili so‘z birikmasi sintaksisi sohasidagi tadqiqotni ochib berish. So‘z birikmasi sintaksisi unsurlarining sinxron va diaxron holatini o‘rganish orqali ba’zi til biriliklaridagi valentlik imkoniyatlarini va ularning so‘z semantikasiga bog‘liq holda o‘zgarishi silsilasini tekshirishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik..2 Kurs ishining obyekti va predmeti. Ishning obyekti sifatida so‘z birikmalari va turg‘un bog‘lamaning tarkibidagi rivojlanishning tendentsiyalarini o‘rganish masalalari tanlangan. Asosiy muammo sifatida so‘z birikmasi va turg‘un bog‘lamaning tarkibi 20-30-yillardagi holati va hozirgi davrdagi ko‘rinishini qiyoslab undagi o‘zgarishlarni ochib berish masalasi qo‘yilgan. Kurs ishining predmetini esa 20-30-yillardagi gazeta, jurnal, kitoblardan to‘plangan materiallar va ularning hozirgi davrdagi qo‘llanilishiga oid til faktlarini tahlil qilish tashkil etadi.
Bunda asosiy misollar birlamchi manbalardan va tadqiqotlar natijalari e’lon qilingan kitoblardan olingan. Bularni tahlil qilish ishning predmetini tashkil etadi.
Kurs ishning ilmiy yangiligi. O‘zbek tilining XX asrdagi taraqqiyoti masalasi so‘z birikmalari sathida ochib va turg‘un bog‘lamalarning sathini belgilash ta’limiy ya’ni o‘quv loyihalari orqali ko‘ratib berildi. XX asr boshlarida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar, ijtimoiy hayotda yuz bergan alg‘ov-dalg‘ovli hayot tarzi, har bir jabhadagi ijtimoiy to‘qnashuvlar birinchi navbatda, tilda o‘z ifodasini topadi. So‘z birikmasi komponentlarining leksik to‘lg‘azilishi, ularning tanlanishi, so‘zlar semantikasida sodir bo‘lgan semantik o‘zgarishlar bevosita so‘z birikmalari doirasida o‘z ifodasini topadi. Kurs ishida shunga o‘xshash til hodisalari sinchiklab o‘rganilgan va bular bo‘yicha xulosalar chiqarilgan. Ayniqsa bitishuvli so‘z birikmalar doirasida so‘z valentligining ilgari ko‘rilmagan darajadagi o‘zgarishga uchrashi holatlari ishda yetarli tahlil qilingan va yangilik sifatida taqdim qilingan.