O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə5/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

Teri qoplami. Ko'p qavatli epidermisning ustki qatlami o'lik hujayralardan tashkil topgan shox qatlam hosil qiladi. Bu o'lik hujayralar qavatining tagida tirik hujayralardan tashkil topgan malpigi qavati bor. Shox qavati hisobidan qalqonchalar, tangachalar, shox donachalar, bo'rtmalar va tirnoqlar hosil bo'ladi. Shox tangachalarning tagida, koriumda ba’zi sudralib yuruvchilarda qoplovchi suyaklar hosil bo'ladi. Malpigi qatlamida va koriumning ustki qismida pigment hujayralari joylashadi. Barmoqlarida yaxshi taraqqiy etgan tirnoqlari bor. Teri organizmda suvning parchalanib ketishidan yaxshi himoya qiladi, ya’ni mexanik yallig'lanishdan va kasallik keltirib chiqaruvchi mikroblarning organizmga kirishidan saqlaydi. Quruq cho'l hududlarida yashaydigan sudralib yuruvchilar terisi orqali juda kam suv yo'qotadi. Timsohlarda esa 75% namlik, asosan terisi orqali yo‘qoladi.
Ilonlarning terisi nafas olishda va parchalanish mahsulotlarini ajratishda ishtirok etmaydi. Terida bezlar deyarli yo'q. Kaltakesaklar sonlarining ichki tomonida son teshiklari bo'lib, ulardan bahor oylarida ipsimon o'simtalar chiqadi. Oz miqdordagi ter bezlari, asosan yosh timsohlarda rivojlangan. Bu bezlar yelkasida, pastki jag'ida va kloaka atrofida joylashgan. Ilonlar va toshbaqalarning ham tumshug'i va kloakasida hidli sekret ishlab chiqaruvchi bezlari bor. Umuman, ter bezlari ayrim tur toshbaqalarda nisbatan yaxshi rivojlangan. Sudralib yuruvchilarning terisi tanagalar yopishib turadi. Shox qavat tullash yo'li bilan almashinib turadi.
Skeleti. Sudralib yuruvchilarning skeleti suvda hamda quruqlikda yashovchilarnikiga nisbatan ancha takomillashgan. Progressiv xususiyatlariga suyak elementlarining yaxshi rivojlanganligi, oyoqlarining o'q skeletiga mustahkam birikishi ularning quruqlikda yashashga moslashganligi bilan bog'liq ekanligini aytib o'tish lozim. Sudralib yuruvchilar skeletidagi xarakterli xususiyatlardan yana biri ularda to'sh suyagi va qovurg'alarning rivojlanganligi tufayli ko'krak qafasining paydo bo'lganligidir (ilon va toshbaqalarda bo'lmaydi).

Yüklə 164,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin