O’zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


BOB. ILONLAR KENJA TURKUMI- OPHIDIA



Yüklə 164,42 Kb.
səhifə4/20
tarix19.12.2023
ölçüsü164,42 Kb.
#187117
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Zokirov Rustam Kurs ishi 99

BOB. ILONLAR KENJA TURKUMI- OPHIDIA



    1. Sudralib yuruvchi hayvonlarning tuzilishi

Sudralib yuruvchilar (Reptelia) — umurtqalilar sinfi. Sudralib yuruvchilar haqiqiy quruqlikda yashovchi umurtqali hayvonlarning sinfi hisoblanadi. Ular quruqlikda yashashga moslashgan bir qator progressiv belgilari va xususiyatlari borligi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfidan farq qiladi. Amfibiyalarga nisbatan sudralib yuruvchilarda markaziy nerv sistemasi, ayniqsa, bosh miyasi va sezgi organlari yaxshi rivojlangan. Bosh miya yarimsharlari nisbatan katta bo‘lib, kulrang miya moddasidan iborat po'stlog'i bor. Shuning uchun ham ilonlarda nerv-reflektor faoliyati ancha murakkablashgan. Sudralib yuruvchilarning progressiv xususiyatlari ularning skeleti tuzilishi va rivojlanishida ham ko'rinadi. Skeleti to'liq suyakdan tashkil topgan. Yer ustida harakat qilishi tufayli ularning tanasi amfibiyalarnikiga nisbatan qismlarga aniq bo'lingan. Sudralib yuruvchilarning oyoqlari boshqa qumqlikda yashovchi umurqali hayvonlarniki singari besh barmoqli, ayrim guruhlarida oyoqlari bo'lmaydi.
Boshining ancha harakatchanligini va sezgi organlaridan ko'proq foydalanish imkoniyatini beruvchi bo'yin umurtqalari sonining ko'payishi va ayniqsa, birinchi bo'yin umurtqasi — atlant, ikkinchi bo'yin umurtqasi — epistrofeyning yaxshi rivojlanganligini alohida ko'rsatib o'tish lozim. Ularning ko'pchiligida ko'krak qafasi hosil bo'lgan. Bu esa ilonlar nafas olishining ancha takomillashganligidan dalolat beradi, Sudralib yuruvchilar faqat o'pka orqali nafas oladi, yaxshi rivojlangan traxeyasi va ikkiga bo'lingan bronxlari bor, Ularning terisi quruq, teri bezlari bo'lmaydi, terisi muguz tangachalar yoki qalqonlar bilan qoplangan. Sudralib yuruvchilarning yuragi amfibiyalarnikiga o'xshab uch kamerali bo'lsada, lekin ularning yurak bo'lmalari orasida to'siq va yurakqorinchasida chala to'siq paydo bo'lgan. Shuningdek, ilonlarning arterial oqimi yurak qorinchasining turli joylaridan chiquvchi uchta mustaqil qon tomirga bo'lingan.

Yüklə 164,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin