Namangan davlat universiteti ijtimoiy-madaniy faoliyat kafedrasi


Reklama  faoliyatida  psixotexnologiya



Yüklə 1,46 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/21
tarix22.06.2020
ölçüsü1,46 Mb.
#31926
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
ijtimoiy-madaniy faoliyat sohasida reklama.


Reklama  faoliyatida  psixotexnologiya.  Reklamaning  iste'molchilarga  qay 
tarzda  ta'sir  etganligini  reklama  psixologiyasi  belgilab  beradi.  Reklama 
psixologiyasi  amaliy  psixologiyaning  bir  bo‘limi  bo‘lib,  insonning  iste'molchilik 
xatti-harakatining  motivini  tadqiq  etadi.  U  insonning  ruhiyatiga  reklama  ta'siri 
jarayonlarini  o‘rganadi.  Inson  ruhiyati  shunday  tuzilganki,  u  birdaniga  to‘la 
ravishda  o‘zgarmaydi.  Lekin  umumiy  ravishda  inson  qarashlari  tezroq  o‘zgarishi 
mumkin. Bu to‘g‘rida keng ommaga mo‘ljallangan reklama mahsulotlarini ishlab 
chiqarish  jarayonida  unutmaslik  kerak.  Ayniqsa  iqtisodiy  va  ijtimoiy  jarayonlar 
ketayotgan jamiyatda buning ahamiyati juda katta. 
Reklama bugungi kunda asosan ikkita vazifani bajaradi:  
A) Axborot berish 
B) Targ‘ibot qilish. 
Barcha  ko‘rinishdagi  reklama,  xoh  u  og‘zaki,  xoh  yozma  shaklda  bo‘lsin, 
yoxud bir ko‘rinishdan iborat bo‘lishidan qat'iy nazar u kishilarga axborot beradi. 
Ularning  ehtiyojlarini  qondirishga  harakat  qiladi.  Bunga  radio  va  televideniedagi 
reklamalarni  ham  misol  qilishimiz  mumkin.  Plakatlar,    yarmarkalar  va  boshqa 
shakldagi  reklamalar  sizu  bizga  ta'sir  ko‘rsatadi.  Barcha  ko‘rinishda  ham  inson 
undan  yangi  ma'lumot oladi, yangilik bilan  tanishadi. U  yoki bu  muassasa, idora, 
korxonaning  xizmat  usullaridan  xabardor  qiladi.  Bu  vazifalarning  barchasini 
reklama  axborot  berish  bilan  bajaradi.  Shu  sababli  ham  biz  reklamani  axborot 
beruvchi faoliyat deb qabul qilamiz.  
Reklamaning  targ‘ibot  qilish  vazifasi  shundaki,  u  inson  ruhiyatiga  ta'sir 
etgan  holda  reklama  qilayotgan  narsani  xarid  qilishga,  yaxshi  narsalardan 
foydalanishga,  insonga  hayoti  uchun  zarur  bo‘lgan  fikrlarni,  usullarni  o‘zida 
qo‘llashga  undaydi.  Yaxshi  narsalarga,  yaxshi  xislat  va  fikrlarga  ishontirishga 
harakat qiladi.  
Reklama insonga yetib kelayotgan barcha axborot xabarlarni qabul qilishda 
bozorlarda  kundan-kun  ko‘plab  tavsiya  etilayotgan  mahsulotlarni  tanlab  olishda, 
o‘zi  qidirib  yurgan,  xabari  bo‘lmagan  yangi  mollarni  xarid  qilishda  yaqindan 
yordam  beradi.  Kishilar  hozirgi  davrda  o‘zi  bilgan,  bilmagan  davrda  g‘ayri 
ixtiyoriy tarzda har kuni ertadan kechgacha juda ko‘p reklamalar bilan tanishadi. 

Radio  va  televidenie,  transport,  ko‘cha,  xiyobonda,  idora  va  muassasalarda  va 
hokazo joylarda reklama insonning hayot tarziga aylanib qolgan. 
G‘arbda marketing sohasida bozorni ruhiy tahlil yo‘li bilan o‘rganish usuli 
so‘nggi vaqtlarda keng rusum bo‘lib qoldi. 
Reklama  korxonaning  butun  faoliyatini,  ya'ni  uning  tashqi  ko‘rinishi, 
xodimlarning  yurish-turishi,  kotiblarning  telefondagi  ovozidan  tortib  tovarning 
nomi,  o‘rovi,  mijozlarga  xizmat  ko‘rsatishigacha  bo‘lgan  butun  faoliyatini  har 
tomonlama o‘z ichiga oladi 
Tovarlar sifati jihatidan nechog‘liq kam farq qiladigan bo‘lsa, ularni shuncha 
ko‘proq reklama qilish kerak. 
Keng  iste'mol  tovarlari  reklamasiga  bo‘ladigan  sarf  harajatlar  o‘rta  hisobda 
hajmining 5 foizidan 15 foizigacha boradi. 
Reklama  ishini  rejalashtirishda hisobga olish  kerak  bo‘lgan  asosiy  narsalar 
quyidagilardir: 
tovarning holati: iste'molchi rag‘batlariga nisbatan; raqobatga nisbatan; 
reklama  maqsadi:  tovarning  ma'lumlik  darajasi;  unga  beriladigan  ma'lum 
imidj (obraz); 
reklama  ob'ekti:  kim  (iqtisodiyot  sohasi,  reklamani  kim  tavsiya  etadi,  kim 
hal qiladi);  uning strukturasi (firmaning katta-kichikligi, tuzilishi, ruhiy omillar); 
reklama mazmuni: konsepsiyasi (nima reklama qilinadi); 
reklama  vositalari:    qanday  qilinadi  (reklamani  matn,  grafika  orqali  yoki 
badiiy vositalar bilan eng yaxshi samara beradigan darajaga yetkazish usullari); 
reklama byudjeti:  umumiy  byudjeti (mavsum omilini hisobga olgan holda);  
raqobatchilarning reklama imkoniyatlariga qiyosan olganda; 
reklama  chora-tadbirlarining  rejasi:    reklamaning  nechog‘lik  tez-tez 
takrorlanib  turishi;  sifati;  rentabelligi;  konkret  reklama  vositalari  bo‘yicha 
taqsimlanishi; 
vaqt  e'tibori  bilan  olganda  reklama  chora-tadbirlarining  rejasi:  reklama 
komponentlarining muddatlari; 
batafsil kalkulyasiyasi:  odatda reklama  mahsulotining sotiladigan bahosiga 
qarab ming donasi yoki boshqa birliklari hisobidan olinadi; 
 reklamaning  samaradorligi  ustidan  nazorat:    sotuvlar  hajmidan  sarflangan 
mablag‘larni qiyoslab ko‘rish.  
Tovar  o‘rovining  roli.  Tovarlarning  o‘rovi  birinchi  qarashda  xalq 
xo‘jaligining  uncha  ahamiyat  tutmaydigan  va  juda  ham  zarur  bo‘lmagan 
sohalaridan  biri  bo‘lib  ko‘rinadi,  lekin  so‘nggi  o‘n  yilliklar  mobaynida  bu  soha 
katta sur'atlar bilan rivojlanib kelmoqda. 
G‘arbda hamma tovar va mahsulotlar o‘rog‘liq holda sotiladi. 
Tovar yoki mahsulotning o‘rovi: 
-  tovarlarni  buzilish  va  shikastlanishdan  saqlaydigan;  transportda  tashish, 
unga ortish va tushirish uchun oson va qulay bo‘lishini ta'sinlaydigan; 
-  hajmi  va  og‘irligi  jihatidan  tovarni  sotish  uchun  eng  qulay  birliklarni 
yaratishni ta'minlaydigan; 
- muhim reklama rolini o‘ynaydigan bo‘lishi kerak. 
Tovar yoki mahsulot o‘rovining ko‘rinishiga ta'sir qiladigan omillar: 

-  tovarning  transport  vositalari,  ombor  vositalaridan  unumli  foydalanishga 
imkon  beriladigan  og‘irligi  va  hajmi,  bunda  transport  tariflarining  tinmay  ortib 
borayotgani hisobga olinadi; 
- avtomatlashtirish, transportda tashish va mijozlar omborida saqlash uchun 
o‘rov vositalarining nechog‘lik moslanganligi va hokazo. 
Reklama jarayonida 4 ta qiziqarli tomonlar mavjud: 
- reklama beruvchi 
- reklama tarqatuvchisi 
- reklama agentligi 
- reklama iste'molchilari. 
 Aniq  reklama  agentliklaridan  biri  ovoza  qiladi:  «...  mustaqil  ishbilarmon 
korxona,  ishbilarmon  insonlar  va  ijodiy  mehnat  shaxslaridan  iborat    ishlab 
topadigan,  reklamani  tayyorlab  axborot  tarqatish  vositalariga  joylashtiradigan, 
mijoz topshirig‘i asosida ish yuritadigan, o‘z tovari xizmatining xaridorini topishni 
xohlaydiganlar uchun xizmat qilamiz». 
Barcha reklama agentliklarini uch asosiy qismga ajratish mumkin bo‘ladi:  
- ixtisoslashgan va taklif etilgan reklama xizmatlari 
- naqdli yoki xususiy korxonaviy bazaning yo‘qligi 
- mavjudlik yoki reklama kanali yo‘qligi. 
Reklama agentligi faoliyati to‘rtta asosiy yo‘nalishni o‘z ichiga oladi: 
1. Buyurtmachilarning e'tiborini qaratish va hamkorlik: menejment 
2.  Reklamani  omadli  ishlab  chiqarish  va  yo‘lga  qo‘yish  san'ati:  rassomlar, 
ssenaristlar, fotograf, rejisserlar yordamida
3.    Reklamani  tayyor  mahsulot  holiga  keltirish:  poligrafiya  va  tiraj 
yordamida; 
4. Reklamani gazeta, jurnal va televideniega taqdim etish. 
Kuzatishlarga  qaraganda  reklama  odamni  ruhan  quvvatlantiradi.  Chunki 
inson o‘zi haqida qayg‘urishni, e'tiborni, yaxshiroq hayot kechirishni istaydi.  
 
Tayanch  so‘z  va  iboralar:  Ratsional  reklama,  emotsional  reklama, 
rag‘batlantiruvchi    reklama,  imidjli  reklama,  solishtirma  reklama,  eslatuvchi 
reklama, axborot beruvchi reklama, ogohlantiruvchi reklama. 
Nazorat savollari:  
1.  Reklamaning qanday turlari mavjud? 
2.  Emotsional reklamaning qanday xususiyati bor? 
3.  Ijtimoiy reklamaning o‘ziga xos jihatlari nimada?  
4.  Reklama faoliyatida psixotexnologiyalardan qanday foydalaniladi?  
 
 
 
 
 
 
 
 

BRENDING VA IMIJ 
Reja:  
1.  Firma uslubi  
2.  Brend tushunchasi  
3.  Imijd  tushunchasi  
 
Firma  uslubi  bozor  faoliyatida  kadim  zamonlardan  beri  kullanib  kelinadi. 
Avvaliga bu elementlar juda oddiy bo‘lgan. Masalan, tovarlari sifatli bo‘lgan eng 
topqir  xunarmandlar  (kulollar,  temirchilar,  qurolsozlar)  uz  maxeulotlariga  tamga 
bosganlar.  Ushbu  xunarmandlarning  kasbiy  maxoratidan  xabar  topgan  xaridorlar 
aynan shunday ajralib turuvchi belgisi bor tovarlarni olishga harakat qilganlar.  
O‘rta asrlarda stexlarning korporativ sotish markalari paydo bo‘lgan. Bozorlar 
jugrofiyasi  kengayib  borishi  bilan  tovar  belgisi  va  boshqa  firma  belgilarining 
axamiyati ortib bordi. 
O‘sib borayotgan raqobat va yagona axborot kengligi shakllanishi sharoitlarida 
tovar  ishlab  chiqaruvchilar  uz  tijorat  kommunikasiyalarining  maksadli 
auditoriyalari sifatida bevosita potensial xaridorlarni ajrata ola boshladilar. Bunda 
yirik  tovar  ishlab  chiqaruvchining  birinchi  navbatdagi  vazifasi  bevosita 
rakobatchilar  orasidan  uzining  ajralib  turishiga  yerishish  bo‘la  boshladi.  Aynan 
shu  shart-sharoitlar  dastlabki  umummilliy  va  xalkaro  brendlarning  shakllanishiga 
olib keldi. 
«Firma uslubi», «brend» va «brending» tushunchalari bir-biri bilan mustaxkam 
boglangan.  Xam  xronologiyasi,  xam  kullaniladigan  kommunikatsiyasi  rivojlanib 
borishi nuqtai  nazaridan firma uslubi (FU) dastlabki kategoriya xisoblanadi 
Firma uslubi, brend va brending tushunchalarini batafsilrok kurib chikamiz. 
Firma  uslubi  (ingl.  sorporate  identity)  brendni  shakllantirish  vositalaridan  biri 
va ayni paytda brending yelementi xisoblanadi. 
Natlya Dobrobabenko bergan muvaffaqiyatli ta'rifga ko‘ra «firma uslubi bu — 
tovarlar (xizmatlar), firmadan chiqadigan barcha axborotlar, uning ichki va tashki 
bezalishi  vizual  va  mazmuniy  birligini  ta'minlovchi  rang,  grafika,  suz,  matbaa, 
dizayn doimiy yelementlari(konstant)ning to‘plamidir. 
Firma  uslubining  mavjudligi  uning  egasining  iste'molchida  ijobiy  taassurot 
uyg‘otishiga  ishonchi  borligidan  dalolat  beradi.  Firma  uslubidan  foydalanishning 
vazifalaridan  biri  xaridorga  ushbu  firmaning  oldin  sotib  olingan  tovarlari  bergan 
ijobiy xislar xakida yeslatib turishdir. Shunday kilib, Firma uslubi ning mavjudligi 
tovarlar va xizmatlarning yuqori sifatini bilvosita ta'minlaydi. 
Marketing  majmuining  boshqa  yelementlari  barkaror  ravishda  yuqori  darajada 
bo‘lganda firma uslubi uning egasiga kuyidagi ustunliklarni beradi: 
*  axborot  oqimi  orasidan  iste'molchiga  ma'kul  bo‘lgan  firma  tovarini  tez  va 
bexato topishga yordam beradi
*  firmaga  kam  xarajat  kilgan  xolda  uzining  yangi  tovarlarini  bozorga  olib 
chikishga imkon beradi; 

*  reklamaning samaradorligini oshiradi; 
*  fakat  reklama  emas,  balki  firma  marketing  kommunikasiyalari  boshqa 
vositalarining  (masalan,  pablik  rileyshinz,  matbuot  konferenstiyalari 
utkazish,  nufuzli  prospektlar  chikarish  va  xj.)  zarur  birligiga  yerishishga 
kumaklashadi); 
*korporativ  ruxning  usishiga  kumaklashadi,  xodimlarni  birlashtiradi,  umumiy 
ishga aloqadorlik, «firma vatanparvarligi» xissini uygotadi; 
*  firmaning yestetik darajasi va vizual muhitiga ijobiy ta'sir kiladi. 
Agar  firma  uslubidan  foydalanish  beradigan  ustunliklarning  barchasini 
umumlashtiradigan 
bulsak, 
firma 
uslubini 
firma 
nufuzin, 
uning 
belgisini(markasini)  shakllantiruvchi  asosiy  vositalardan  biri  deyish  mumkin. 
Reklama 
nazariyasi 
va 
amaliyotining 
klassiklaridan 
biri 
firma 
kommunikasiyalarining yuqori darajasi xakida gapirar yekan, «xar bir e'lon marka 
obrazi  bo‘lgan  ramzga  kushilgan  xissa,  brend  nufuziga  kushilgan  uzok  muddatli 
ulush sifatida karalishi kerak»ligin ta'kidlagan. 
 Brendingning 
asosiy 
marketing 
maksadlari. 
Amerika 
Marketing 
assostiastiyasining  ta'rifiga  binoan  «Brend  (ingl.  «Brand»)  —muayyan  sotuvchi 
yoki sotuvchilar guruщi tovarlari va xizmatlarini ularning rakobatchilaridan ajratib 
turigi massadida sosil silingan nom, suz, ifoda (ingl. brand pate), belgi, ramz yoki 
dizaynerlik sarori, ularning kombinastiyasidir» . 
Kengrok  va  yerkinrk  ma'noda  olib  Karaganda  brend  tovar  yoki  xizmatni 
ularning  barcha  ulchamlari,  tavsiflar,  foydalanuvchi  tomonidan  sabul  silinadigan 
va u tovarga nisbat beradigan tasavvurlar yigindisi (tovar nufuzi, ingl. Brandimag), 
shuningdek  brend  egalari  tomonidan  iste'molchiga  va'da  silingan  biror  ustunlik 
bilan  birga  uz  ichiga  oladi.  Shunday  kilib,  bunday  tushunishda  brend  -  tovarga 
iste'molchilar  «yopishtiradigan»  «tasavvurdagi  yorlik»  va  unga  uni  yaratuvchilar 
kiritadigan mazmundir. 
Shunday  kilib,  brendning  yuqorida  aytib  utilgan  ikki  tashkil  kiluvchisi  xakida 
gapirish  mumkin.  Bular:  brend  nomi  (  brand  pate)  va  brend  obrazi  (brand 
image)dir.  Keyingi  vaktda  mutaxassislar  ushbu  tushunchaning  boshk;a  tarkibiy 
kismlarini xdm aytishmokda. Masalan, brend-mif - kommunikator kompaniyaning 
korporativ afsonasi. 
«Brend»  terminining  yuqorida  keltirilgan  sharxi  shuni  kursatadiki,  brendni 
asosiy  tashkil  kiluvchi  uning  egasinin  nufuzi  hisoblanadi.  Kompaniyaning  nufuzi 
firma  murakkab  tavsiflari  va  unga  nisbatan  chetdan,  ya'ni  auditoriya 
munosabatining  majmuidan  iborat.  Firmaning  muvaffakiyatli  nufuzi  asosida 
kuyidagi tarkibiy kismlar yotadi. 
1.  Axlokiy prinsiplar. 
2.  Firmanin 
bosh vazifasi (missiya). 
3.  Korporativ  falsafa. 
4.  Kompaniyaning  uzoq muddatga mo‘ljallangan maqsadlari. 
5.  Xulq-atvor  va tashki kurinish andazalari. 

Kurinib  turibdiki,  kompaniyaning  nufuzini  shakllantirish  marketing  usullari 
bilan emas, balki menejment vositalari bilan amalga oshiriladi. 
Brendning  muxim  tashkil  kiluvchilari  sifatida  kommunikatorning  firma 
uslubini  xam  kurib  chikish  mumkin.  Lekin  shuni  yodda  tutish  kerakki,  firma 
uslubi - firma nufuzining tashki aks etishi, xolos. Uning asosiy vazifasi  - brendni 
kuzga kurinarli kilish va fakat ushbu firmaga xos kilishdir. 
Butun  dunyoda  tan  olingan,  shakllangan  brendlarga  (ularni  megabrendlar  deb 
xam  atashadi)  Mersedes  va  BMW  avtomobillari,  Sopu  murakkab  maishiy 
apparaturasi, Sosa-So'a yea Repey ichmliklari, tez xizmat kursatuvchi MsDonald's 
restoranlari, IBM kompyuterlari, Voein samolyotlari va shu kabilarning belgilarini 
kiritish mumkin. Bu brendlardan xar biri bizning ongimizda shunchaki avtomobil, 
televizor,  gazli  ichimlik,  gamburger,  kompyuter  yoki  samolyotdan  kura  kuprok 
tasavvur uygotadi. 
Ba'zi 
xollarda 
mutaxassislar 
mintakaviy 
(maxalliy) 
breidlar, 
ya'ni 
mamlakatning  muayyan  xududida  ommaviy  bo‘lgan  belgilarni  xam  ajratib 
kursatishadi. 
Brand pate tarikasida brend egalari bo‘lgan firma nomlari xam (Voleo, BMW, 
oa-ola yea b.), tovar belgilarining muayyan nomlari xam ishlatilishi mumkin. Ba'zi 
tovarlar  markasi  nomining  mashxurligi  kupincha  ishlab  chiqaruvchi  firmalarning 
nominikidan kam emas. Masalan, Marlboro sigaretlari (ishlab chiqaruvchi - Щillip 
Morris),  amel  (Reynolds  Taasso  Sorporation);  Varbu  kugirchogii  (Mattel)  va 
boshqalar shular jumlasidandir. 
Brendni  baxolash  bir  qator  xususiyatlar  yordamida  amalga  oshiriladi. Ulardan 
ba'zilarini keltirib o‘tamiz. 
Brendning  kuchi  brendning  o‘z  tovar  toifasida  ustunlik  kilish  qobiliyati  bilan 
ulchanadi. 
Brendning  relevantligi  brendning  nufuzi  va  tavsifi  iste'molchilarning 
yehtiyojlari va kutishlariga mos kelishi bilan o‘lchanadi. 
Brendga berilish (moyillik) xaridorlarning brenddan foydalanishga  moyilligini 
tavsiflaydi  va  mukobil  variantlar  bo‘lganda  ushbu  brendni  kanchalik  kuprok  va 
tez-tez tanlab olishlari bilan ulchanadi. 
Xaridorlar  orasida  brendning  ma'lumlik  darajasi  muljaldagi  audit  oriyafoizidan 
(ya'ni,  kim  ushbu  brendni  yeslay  olishi)  kelib  chikib  aniklanadi.  Bunda  nntervyu 
olinayotgan  shaxsning  ushbu  brendni  chetdan  aytib  turilmay  yeslashi  va  chetdan 
aytib turib yeslashi ajratib ko‘rsatiladi. 
Yuqorida  ko‘rsatilgan    xususiyatlar  brend  qiymatini  aniqlash  uchun  qo‘llaniladi. 
Bu  -  brendning  asosiy  tavsifidir.  Uni  ulchash  uslublari  xar  xil  va  ko‘psonlidir. 
Ulardan  eng  mashxuri  Tue  Brand  Sonsulting  va  Interbrand  konsalting 
kompaniyalarining  metodikasi  xisoblanadi.  Interbrand  yirik  dunyo  brendlarini 
muntazam ravishda baxolab boradi. 

2000  yildagi  oxirgi  baxolashlarga  kura,  eng  kimmat  megabrend  oa-ola  bo‘lib,  u 
$72, 5 mlrd.ni tashkil qilmovda. Misrosoft- Wuudow kompaniyasining sub-brendi 
keyingi yilda deyarli chorak baravar kupaydi va $70, 2 mlrd.ni tashkil kildi. 
Coco  –cola    firmasi  raxbarlarining  ularning  brendi  firmaning  kolgan  boshqa 
barcha  mulkidan  xam  simmatrok  baxolanishi  xakidagi  gaplari  obyektiv  asosga 
ega.  Buni  Interbrand  yekspertlarining  baxolashi  xam  tasdiklaydi.  yekspertlarning 
ta'kidlashicha,  ushbu  kompaniya  brendining  kiymati  bozor  kapitalizastiyasida 
51%ni tashkil kiladi. 
Amaliyotda brendning narxi kompaniyaning narxidan xam kuprok bo‘lgan xollar 
xam  uchragan.  Masalan,  Ruillip  Morris  kompaniyasi  Kraft  Food  firmasini  $  13 
mlrd  dollarga  sotib  olgan.  Bu  ushbu  firmaning  balans  kiymatidan  7  barobar 
ortiqdir. 
Rivojlangan  mamlakatlar  iktisodiy  amaliyotida  marka  kapitali  tushunchasi  ham 
faoli ishlatiladi. 
Darvoqye,  mamlakatimiz  iktisodiy  amaliyotida  xam  muayyan  real  mablag 
baxosiga  ega  bo‘lib  bormoqda.  Bugun  ularning  kiymati  firma  buxgalter 
balansining  «Nomoddiy  aktivlar»  bulimida  xisobga  olinishi  mumkin.  Banklar 
brendga egalik huquqini muayyan intellektual mulkka egalik tarzida kurib chikish 
va kredit berishda undan garov sifatida foydalanishi mumkin. 
Agar  brendingga  marketing  nuqtai    nazaridan  karaladigan  bulsa,  u  brend 
yaratish  va  uni  boshqarishga  yunaltirilgan  marketing  texnologiya  lari  turlaridan 
biridir.  Bunday  tor  yondashuvdar  kelib  chikib,  brendingni  uning  egasi  bo‘lgan 
firma  nufuzini  uz  ichiga  oladigan  va  massadli  bozor  segmentining  brendga 
munosabatini  giakllantiradigan  maxsus  iste'mol  taassuroti  uygotish  buyicha 
marketing faoliyati sifatida ta'riflash mumkin. 
Brendingning asosiy marketing maksadlari uz ichiga kuyidagilarni oladi: 
1) 
brend yaratish; 
2) 
brendni kuchaytirish; 
3) 
brendni 
joylashtirish 
va 
urnini 
almashtirish 
(pozitsiyalashtirish va repozitsiyalashtirish); 
A) brendni rivojlantirish boskichlarini yangilash va uzgartirish; 
5)brendni kengaytirish va chusurlashtirish (mustщkamlash). 
Firma uslubining asosiy unsurlari 
«Brend»,  «brending»  tushunchalari  kuiincha  «sotish  markasi»  kategoriyasi  bilan 
uyg‘un xolda tasavvur kilinadi. Ayni paytda savdo markasi (SM) rasmiy- yuridik 
tushunchadir.  Sotish  markasining  asosiy  vazifasi  -  muayyan  ishlab  chiqaruvchi 
sotuvchining  maxsulotini  identifikastiyalash, uning  egasiga  SMdan  foydalanishda 
yuridik  ustunlik  berish,  uni  nokonuniy  rakobatga  karshi  kurash  vositasi  sifatida 
kullashdir. 
Firma uslubi kuyidagi tarkibiy kismlardan iborat. 
1 .Tovar belgisi. 

2.  Firma 
shrift yozuvi (logotip). 
3.  Firma 
bloki. 
4.  Firma 
shiori (slogan). 
5.  Firma 
rangi (ranglari). 
6.  Firma 
shriftlarinin tuplami. 
7.  Korporativ  kaxramon. 
8.  Doimiy 
kommunikant (firma kiyofasi). 
9.  Firmaning boshqa konstantlari. 
Bu tarkibiy kismlar xakida kiskacha suz yuritamiz. 
Tovar  belgisi  (boshqacha  ishlatiladigan  nomlari:  xizmat  kursatish  belgisi,  firma 
belgisi)  firma  uslubining  markaziy  yelementi  xisoblanadi.  Tovar  belgisi  (TB)ga 
«sotish markasi» sifatida ta'rif berilishi unchalik tugri emas.. Chunki tovar belgisi 
(TB)  belgilangan  tartibda  ruyxatdan  utkazilgan  tasviriy,  suz,  xajm,  tovush, 
belgilari  yoki  ularning  kombinastiyasi  bo‘lib,  TB  egasi  tomonidan  uz  tovarlarini 
identifikastiyalash  uchun  ishlatiladi.  Tovar  belgisi  egasining  undan  foydalanishga 
bo‘lgan istisnosiz xukuki davlat tomonidan xukukiy ximoya kilinadi. 
Mutaxassislar kuyidagilarni tovar belgisining asosiy funksiyalariga kiritishadi : 
1)  farqlarni qabul kilishni engillashtirish yoki farqlar yaratish; 
2)  tovarlarga nomlar berish; 
3)  tovarni tanib olishni engillashtirish; 
4)  tovarni yeslab qolishni engillashtirish; 
5)  tovarnin  kelib chiqishini ko‘rsatish; 
6)  tovar haqida xabar berish; 
7)  sotib olish istagini rag‘batlantirish; 
8)  kafolatni ramzlashtirish. 
Tovar belgilari kupsonliligi va xar xilligi bilan ajralib turadi. TBning asosiy beshta 
turini ajratib kursatishadi: 
a) 
suzli  TB  yaxshi  eslab  kolinishi  bilan  tavsiflanadi.  Standart  yozilgan  xolda 
xam,  uziga  xos  grafik  ishlatilgan  xolda  (logotip)  xam  ruyxatga  olinishi  mumkin.. 
Masalan: IB, ADIDAS Koka –Kola, Baltika.. 
b) 
tasviriy  TB  firmaning  uziga  xos  rasmi,  yemblemasidir.  Masalan,  sport 
buyumlari ishlab chikaradigan Nike frmasining yegilgan chizik belgisi; 
v) 
xajmli  -  uch  ulchamda  ruyxatga  olingan  belgi.  Masalan,  Sosa-so1aning  
uziga xos shakldagi idishi (bu xam huquqiy ximoya bilan ta'minlangan) va x.k..; 
g) 
tovushli TB yaqin utmishda radiostansiyalar va telekompaniyalarga xos yedi 
(masalan,  «Mayak»  raidostansiyasining  «Podmoskovnie  vechera-Moskva  atrofi 
okshomlari» kushigiga yozilgan musikaning boshlangich takti). 
d) 
aralash  TB  yuqorida  keltirilgan  barcha  turlarni  uyogunlashtirishi  mumkin. 
masalan  «Mosfilm»  kinostudiyasining  TBda  logotip  va  ishchi  va  dexdoninng 
ulkan xaykali aralash berilgan. 
Firma  shriftli  yozuvi  (logotip)  -  firma,  tovar  guruxi  nomi  qiskartmasining  uziga 
ishlanishidir. Koida tarikasida logotip 4-7 xarfdan iborat bo‘ladi. 

Firma  bloki  (FB)  firma  uslubi  bir  nechta  yelementlarining  an'anaviy,  ko‘p 
qo‘llanilayotgan  uygunligidir.  Kupincha  bu  tasviriy  TB  tovar  yemblemasi  va 
logotipdir. Masalan, yoyilgan uchburchak firma belgisi ostidagi Adidas yozuvi va  
x-k. 
Firma  shiori(slogan)  xar  doim  kullanib  kelinadigan  firmaning  uziga  xos 
chakirigidir. Ba'zi sloganlar tovar belgisi sifatida ruyxatga olinadi. 
Firma faoliyatining asosiy prinsiplarini u
3
 ichiga olishi mumkin. Masalan, Щillirs: 
«Xayotni yaxshi tomonga o‘zgartiramiz!»; Proster & am: «Ishonchga loyik sifat» 
va x-k. 
Firma  rangi  xam,  agar  ushbu  rang  tovar  belgisi  sifatida  tegishlicha  ruyxatdan 
utkazilgan  bulsa,  xukukiy  ximoyaga  ega  bulishi  mumkin.  U  ok-kora  variantda 
ruyxatdan  utkazilgan  bulsa,  u  xolda  tovar  belgisi  xar  kanday  rangda  kayta 
ishlanganda ximoyaga ega buladi. 
Firma  shriftlarining  to‘plami  marka  kiyofasining  turli  xususiyatlarini  ta'kidlashi, 
FUni  shakllantirishga  uz  xissasini  kushishi  mumkin.  Shrift  «erkakcha»  yoki 
«ayollarga  xos»,  «  engil»  yoki  «ogir»,  «nozik»  yoki  «kupol»,  «musgaxkam», 
«ishchan» tarzida kabul kilinishi mumkin. 
Korporativ  qaxramon  (KK)  -  shakllantirilayotgan  firma  nufuzining  muxim 
kismidir.  Uz  vakili,  maksadli  auditoriyalar  bilan  aloqalardagi  vositachisi 
(kommunikant)ning  kiyofasini  ishlab  chiqa  turib,  kommunikator  guyo  uz 
kiyofasini  shaxslantiradi.  Shuningdek,  iste'molchining  xayoliy-ideal  obrazini  xam 
mujassamlashtirishi mumkin. Maplop firmasining kovboyi va amel reklamasidagi 
sarguzasht  izlovchi  bunga  misol  bo‘la  oladi.  Xar  ikkala  kaxramon  xam 
supermenlikka  da'vogar  bo‘la  oladi.  Chamasi,  ushbu  markadagi  sigaret 
chekuvchilar ongida uzlarini ushbu koporativ qaxramonlarga o‘xshatish mavjud. 
Doimiy  kommunikant  (DK)  korporativ  kaxramondan  farqli  ravishda  real  shaxs 
xisoblanadi. Bu firma tomonidan uning adr esatlari bilan aloqa kilish uchun tanlab 
olingan  real  shaxedir.  Bu  tushunchaga  berilgan  «kompaniyaning  yuzi»,  «brend-
imij», «firma ikonasi» ta'riflari keng tarqalgan. 
Firmaning  boshqa  konstantlari.  Ularning  ruyxati  doimiy  ravishda  kengayib 
bormoqda  Jumladan  bunday  konstantlar  sirasiga xozircha  kam  uchrayotgan  firma 
bayrogi, firma madxiyasi, korporativ afsona va kabilarni kiritish mumkin. 
Tayanch so‘z va iboralar: brending, demoskopiya, direkt-meyl , merfi qonuni 
Nazorat savollari:  
1.  Firma uslubi nima?  
2.  Brend deganda nimani tushunasiz? 
3.  Korporativ kaxramon deganda nimani tushunasiz?  
4.  Imidj tushunchasiga ta'rif bering?  
5.  Logotip nima?  
 
 
Yüklə 1,46 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin