Mavzu: O‘zbek halq dostoni."Alpomish"dostonidan parcha


Mavzu:Homer va sofokl ijodidan namuna



Yüklə 61,45 Kb.
səhifə4/8
tarix13.06.2023
ölçüsü61,45 Kb.
#129324
1   2   3   4   5   6   7   8
Adabyot maruza matni (2)

Mavzu:Homer va sofokl ijodidan namuna.
Sofokl (grekcha: Σοφοκλής, mil. av. 495 y. - mil. av. 405 y. ) — Sofillning oʻgʻli, afinalik, Esxil va Yevripid bilan birga mashhur antik tragediyachilarning triadasini hosil qiladi.
Sofokl (Sophokles) (taxminan mil. av. 496—406) — yunon dramaturgi, shoir, siyosiy va harbiy arbob. Antik manbalarga koʻra, 123 drama yozgan, shulardan 7 tasi ("Ayaks", 442 yildan oldinroq; "Antigona", taxm 441; "Traxinalik ayollar", yozilgan vaqti nomaʼlum; "Shoh Edip" va "Elektra", 43015-yillar orasida; "Filoktet", 409; "Edip Kolonda", 401) va ayrim dramalaridan parchalar, baʼzi lirik sheʼrlari yetib kelgan. S. oʻtmishdoshi Esxil va izdoshi Yevripiddan farqli oʻlaroq, voqelikni qanday boʻlsa, shunday qabul qilib, Yunonistonning gullagan davridagi demokratiya asoslariga shubha bilan qaramagan. S. antik davr tragediyalari uchun ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan shaxsning maʼnaviy shakllanishi muammosini yechishda dunyoning Parvardigor tomonidan idora etilishini nazardan qochirmagan. Uning "Traxinalik ayollar" tragediyasidan boshqa barcha asarlari olijanob kishilarning nomlari bilan atalgan va bu asarlarning qahramonlari murakkab vaziyatda doʻq va poʻpisalarga yoxud murosasozlikka daʼvat etuvchi kengash va maslahatlarga qaramay, oʻz maqsadlari sari intiladilar. Antigona "norasmiy qonun"ga itoat etib, davlat qonunini buzadi va akasidan judo boʻladi; Elektra qatl etilgan otasining oʻchini olaman, deb oʻzinioʻzi azobuqubatlarga giriftor etadi; Edip, taqdiri azaldan qanchalik qochishga urinmasin, otasining qotili va onasining eri boʻlib chiqadi. Ana shu tarzda S. tragediyalarining qahramonlari, oʻz istaklariga qarshi oʻlaroq, taqdiri azalning qurboni sifatida gavdalanadilar. S. voqeaning tabiiy oqimini aks ettirar ekan, tasvirga ilohiy kuchlarni jalb etmaydi, tomoshabin uning asarlarida kamdankam holdagina folbin, bashoratchilarga duch keladi. S, Esxildan farqli oʻlaroq, tragediyaning trilogiya koʻrinishlaridan voz kechib, har bir asarida syujetning mustaqilligiga erishadi. Uning ikkinchi yangiligi 3 aktyor ishtirokidagi sahnalardan samarali foydalanishidir. S. jahon adabiyoti tarixidan bir necha monumental obrazlarni yaratgan ijodkor va jiddiy dramatik kompozitsiyalar ustasi sifatida oʻrin egallagan. S. asarlari teatr sanʼati yuksak taraqqiyot darajasiga koʻtarilgan hozirgi davrda ham oʻz qimmatini yoʻqotmay, jahon dramaturgiyasining shoh namunalari boʻlib qolmoqda. S.ning "Shoh Edip" (1969), "Antigona" asarlari hozirgi Oʻzbek milliy teatri (1971), "Elektra" tragediyasi esa Abror Hidoyatov nomidagi teatrda sahnalashtirilgan.
Homer (qadimgi yunoncha: Ὅμηρος, Hómēros) yunon shoiri, „Iloada“ va „Odisseya“ asarlari muallifidir. Uning hayoti haqida aniq maʼlumotlar yoʻq. Turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda uning yashab oʻtgan davrini mil. av. 12-asr bilan 7-asr oraligʻida deb koʻrsatiladi. Homerning soʻqir boʻlgani, oʻz asarlarini baxshilar kabi ogʻzaki aytgani maʼlum. Ularni kim, qachon yozib olgani aniq emas. Homerga nisbat berilgan asarlar koʻp, ammo gomershunoslar kup tortishuvlardan keyin fakat 2 asarni — „Iliada“ va „Odisseya“ Homerniki deb tan olishgan. Ularning ikkovi ham qahramonlik eposi boʻlib, yunon mifologiyasi asosida yaratilgan. Shu bilan birga, ularda faqat sheʼrlar, afsonalar va rivoyatlargina emas, real tarixiy vokealar ham aks etgan. Jumladan, „Iliada“ dostonida tasvirlangan Troya koʻp zamonlar afsonaviy shahar hisoblanib kelingan, ammo buyuk arxeolog Shpilman koʻp yillik izlanishlardan soʻng uni topdi va bu shahar tarixda mavjud boʻlganini isbot qildi. Homer asarlaridan namunalar oʻzbek tiliga tarjima qilingan (Mirtemir, Qodir Mirmuhamedov va boshqalar).[1]

Yüklə 61,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin