Mavzu: Ilk yetuklik davrining psixologik xususiyatlari Reja



Yüklə 4,67 Kb.
tarix13.09.2023
ölçüsü4,67 Kb.
#143125
Mavzu Ilk yetuklik davrining psixologik xususiyatlari Reja-fayllar.org


Mavzu: Ilk yetuklik davrining psixologik xususiyatlari Reja

Mavzu: Ilk yetuklik davrining psixologik xususiyatlari
Reja:
  1. Yoshlik davri va uning o`ziga xos psixologik xususiyatlari


  2. Yetuklik davrining birinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari


  3. Yetuklik davrining ikkinchi bosqichidagi shaxsning psixologik xususiyatlari





Yoshlik davri va uning o`ziga xos psixologik xususiyatlari
Yoshlik davri va uning o`ziga xos psixologik xususiyatlari Yoshlik davri 23 – 28 yoshlarda bo`lib, bu davrning o`ziga xos xususiyatlaridan biri ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida kamolga erishgan shaxs sifatida faol ishtirok etish va ishlab chiqarishda mehnat faoliyatini amalga oshirishdan iborat.

Psixofizolog P. Lazerovning fikricha eshitish, ko`rish periferik va kinestetik sezgilarning o`zgarishi 20 yoshdan boshlanadi. Bu ma’lumotni chet el psixologlari Fulds, Raven, Pako kabilar yanada rivojlantirib mantiqiy qobiliyatning mezoni 20 yosh deb hisoblaydilar. B. G. Ananev o`zining ilmiy tadqiqotlarida yoshlik davrida yigit va qizlardagi o`zgarishlarni murakab shaxs jihatlaridan umumiy ruhiy holat, verbal va noverbal aqliy sodda jarayonlargacha, hatoo shaxsning xususiyatigacha bo`lgan holatlarni o`z ichiga qamrab olishini matematik usullarga asoslangan ilmiy ma’lumotlar va ularning chuqur sifati tahlili orqali ko`rsatib o`tadi. Kishilarda ko`rish maydoni chegarasi (idrok) xususiyatini o`rgangan I. N. Kuleshova va M. D. Aleksandrova 18 -35 yoshlardagi haydovchilarda uning 3 xil: normadan ortiq 11 foiz, normada 47 foiz, qolganlarida etalon bo`yicha normadan kam bo`lishini ta’kidlaydi. Yosh davrlari psixologiyasi va pedagogik psixologiya fanlari mushtarak, bir-biriga uzviy bogliqdir, chunki ularning har ikkisi, bitta, umumiy jarayonni - ulg‘ayib borayotgan insonning psixik faoliyati hamda uning xulq-atvorini tadqiq etadi. 6 Biroq, shunday bo‘lsa-da, bu ikki fan psixologiya fanining mustaqil sohalari hisoblanib, ularning har biri o‘z predmeti va tadqiqot vazifalariga egadir. Yosh davrlari psixologiyasi ontogenezdagi turli yosh davrlari psixik taraqqiyotining umumiy qonuniyatlarini, psixik rivojlanishini hamda psixologik xususiyatlarini o‘rganadi. Ontogenez ~ (yunoncha,. optos-mavjud, jon, zot; genezis- kelib chiish , paydo bo‘lish) - individning paydo bo‘lishidan, umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayoni. Yoshning ulg‘ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo‘lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar -yosh davrlari psixologiya fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi.


Yosh davrlar psixologiyasi fanining amaliy vazifalarini esa psixik jarayonlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi, shuningdek inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o‘rganishda qo‘lga kirgan ilmiy dalillarini ta’lim-tarbiya sohalariga tadbiq etish tashkil etadi. Bu borada, ayniqsa, pedagogik psixologiya birmuncha ulkan yutuqlarga erishdi. Pedagogik psixologiyaning ta’limni yangi mazmunda joriy qilish yuzasidan so‘ngti yillarda qo‘lga kiritgan yutuqlari buning yaqqol dalili bo‘la oladi. Ma’lumki keyingi o‘n yil mobaynida mamlakatimizdagi barcha ta’lim tizimlarida ta’lim ishlarining mazmuni tubdan o‘zgardi. Ta’limning eksperimental ravishda tekshirilgan yangi usullari (masalan, muammoli interfaol ta’lim metodlari) keng joriy qilinmoqda. Yosh psixologiyasining asoslarini bilmay turib, ta’lim-tarbiyaning hech qanday nazariy hamda amaliy masalalarini muvaffaqiyatli hal qilib bo‘lmaydi. Yosh davrlar psixologiyasi Bolalar psixologiyasi O'smirlik davri psixologiyasi Каtta yoshdagilar psixologiyasi Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar psixologiyasi O'spirinlik davri psixologiysi Qarilik psixologiyasi 8 Ta’lim-tarbiya jarayonini to‘g‘ri, ilmiy asosda tashkil qilish uchun ta’lim jarayonining o‘ziga xos psixologik qonuniyatlarini, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini, ko‘nikma va malakalarni, faol, mustaqil hamda ijobiy tafakkur jarayonlarini tarkib toptirishni yaxshi bilish lozim bo‘ladi. Psixolog L.S. Vigotskiy ko‘rsatib o‘tganidek, ular ma’lum hodisalarga nisbatan o‘zlarining kundalik hayotdagi oddiy tushunishlari bo‘ladi. Bu esa ilmiy tushunchalarning tarkib topishiga ma’lum darajada ta’sir qiladi.

http://fayllar.org
Yüklə 4,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin