Mavzu: Elastiklik tushunchasi va uning turlari. Elastiklik nazariyasi orqali soliq yukini taqsimlanishi va sotuvchilar daromadini maksimallashtirish shartlari.
Reja:
1. Elastiklik tushunchasiga ta’rif
2. Talab va taklif elastikligi
3. Talabning narx bo`yicha elastikligi yordamida daromadlarni tahlil qilish
4. Elastiklik nazariyasi orqali soliq yukini taqsimlanishi va sotuvchilar daromadini maksimallashtirish
5. Xulosa
Elastiklik tushunchasiga ta’rif
Ma′lumki tovarga bo`lgan talab, uning narxiga, iste′molchi daromadiga va boshqa omillarga bog`liq. Xuddi shuningdek, taklif ham tovar narxi, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa omillarga bog`liq. Masalan, limonning narxi oshsa, unga talab kamayadi. Lekin biz narx o`zgarishi ta′sirida limonga talab yoki taklifni miqdoriy jihatdan o`zgarishini aniqlamoqchimiz. Aytaylik, limon narxi 15 %ga oshsa, unga talab qanchaga qisqaradi? Narx 20 %ga pasaysachi? Yoki daromad 10 %ga oshganda talab qanchaga o`zgaradi? Bunday savolga javob berish uchun, elastiklik tushunchasidan foydalanamiz. Shunday qilib narx yoki daromad singari omillar o`zgarishiga bozorning iqtisodiy agentlari (iste′molchi va ishlab chiqaruvchilar) qanday munosabat bildirishlarini o`rganishda elastiklik tushunchasi muhim ahamiyat kasb etadi. Elastiklik - bir o`zgaruvchining boshqa bir o`zgaruvchi ta′siri ostida o`zgarishini o`lchaydigan o`lchov. Aniqroq qilib aytganda, biror o`zgaruvchining bir foizga o`zgarishi natijasida boshqa bir o`zgaruvchining ma′lum foiz miqdoriga o`zgarishini ko`rsatadigan ko`rsatkichdir. Bunga eng yaqqol misol sifatida narxga bog`liq talab elastikligini keltirish mumkin. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o`zgarishi, unga talabni necha foizga o`zgartirishini ko`rsatadi. Bu ko`rsatkichni to`liqroq ko`rib chiqamiz. Narxga bog`liq talab
Dostları ilə paylaş: |