8-mavzu. Foydani maksimallashtirish va raqobatli taklif Reja



Yüklə 102,24 Kb.
səhifə1/10
tarix25.01.2023
ölçüsü102,24 Kb.
#80636
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
8-mavzu. Foydani maksimallashtirish va raqobatli taklif


8-mavzu. Foydani maksimallashtirish
va raqobatli taklif


Reja


8.1. Mukammal raqobatli bozorlar
8.2. Foydani maksimallashtirish shart-larini nazariy asoslash
8.3. Qisqa muddatli davr uchun ishlab chiqarish hajmini tanlash
8.4. Uzoq muddatli davr uchun ishlab chiqarish hajmini tanlash
8.5. Uzoq muddatli davrda taklif egri chizig‘i

XII Bob. MUKAMMAL RAQOBATLASHGAN BOZORDA, QISQA MUDDATLI ORALIQDA FIRMA FOYDASINI MAKSIMALLASHTIRISH VA UNING TAKLIFI
    1. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firma daromadlari va ularni hisoblash

Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor bo`ladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:

      • sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday bo`lsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga qila olmaydilar;

      • bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan;

      • sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqolmaydi;

      • bozor sub′ektlari bozor to`g`risida to`liq axborot olish imkoniyatiga

ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan
bozor, sof raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma to`g`risida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta'sir qila olmaydi: P const .
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz bo`lgani uchun ham u tovar narxini o`zgartira olmaydi.
Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham ko`p. Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya′ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz (amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil bo`ladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga ko`ra yuqori bo`ladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad (TR) firma tomonidan ma'lum miqdordagi ne′matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya'ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini (Q) uning narxiga (P) ko`paytmasiga teng:
TR PQ
Bu yerda: TR - umumiy daromad; P - narx; Q - sotilgan ne′mat miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bog`liq bo`lganligi uchun, u TR(Q) ko`rinishida yoziladi.

Yüklə 102,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin