Konstruksiya elementlari va tuzilmalari


Bo‘ylama-ko‘ndalang egilish



Yüklə 35,84 Kb.
səhifə9/12
tarix07.01.2024
ölçüsü35,84 Kb.
#203929
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Konstruksiya elementlari va tuzilmalari-www.hozir.org

Bo‘ylama-ko‘ndalang egilish
Bo‘ylama va ko‘ndalang kuchlarning birgalikdagi ta’sirida bo‘lgan sterjenlar masalasi ham materiallar qarshiligi faniga oid masalalar qatoriga kiradi. Bunday masalalarda kuchlanish bilan tashqi kuchlar orasidagi to‘g‘ri chiziqli bog‘lanish va kuchlar ta’sirining mustaqillik prinsipi ham o‘z kuchini yo‘qotadi.
Agar balka ko‘ndalang kesimidagi eguvchi moment ham bo‘ylama kuch, ham ko‘ndalang kuch ta’siridan hosil bo‘lsa, bunday holda sodir bo‘lgan egilishga bo‘ylama- ko‘ndalang egilish deyiladi. Balka egilgandan keyin uning ixtiyoriy kesimidagi eguvchi moment ikkita momentlarning yig‘indisi sifatida topiladi:

,
bunda - faqat ko‘ndalang kuchlar ta’siridan hosil bo‘lgan eguvchi moment;




Eyler formulasini tadbiq etish chegarasi
Eyler formulasini keltirib chiqarish elastik sterjenning egri chiziq differensial tenglamasini qo‘llashga asoslangan edi. Buni e’tiborga olsak, Eyler formulasidan foydalanish mumkin bo‘ladi, agar Guk qonuni o‘z kuchiga ega bo‘lsa, ya’ni kritik kuchlanish proporsionallik chegarasidan katta bo‘lmagan holda:


. (1.1)
Sterjenning egiluvchanligi (4.6) ifodani e’tiborga olib, (7.7) formulani quyidagicha ifodalaymiz:

. (1.2)
Koordinatalar tzimida kritik kuchlanish va sterjen egiluvchanliklari orasidagi (1.2) bog‘lanishni ifodalovchi egri chiziq 4.11-chizmadagi ko‘rinishida bo‘lib, Eyler giperbolasi deb ataladi.



Siqilgan sterjen ustivorligining differensial tenglamasi
Bir uchi qistirib mahkamlangan ikkinchi erkin uchi ko‘ndalang kesimi og‘irlik markaziga asta-sekin o‘suvchi siquvchi kuch qo‘yilgan to‘g‘ri o‘qli ingichka sterjen muvozanat holatini tekshiramiz (3-chizma). Siquvchi kuchning kichik qiymatida, sterjen o‘zining to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatini saqlaydi. Kuchning qiymatini asta-sekin orttira borib, nihoyat uni shunday kritik qiymatga etkazish mumkinki, natijada siqilgan ingichka to‘g‘ri o‘qli sterjen to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatini saqlab tura olmaydi, chunki u tasodifiy sabablarga ko‘ra bikirligi kichik tekislikda egiladi. SHuning uchun ham qaralayotgan sterjenga kichik ko‘ndalang kuch bilan turtki berilsa, sterjen egilib o‘zining avvalgi to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatiga qaytmasdan egri chiziqli muvozanat holatida ustivor bo‘lib qoladi. Agar sterjen o‘zining avvalgi to‘g‘ri chiziqli muvozanat holatiga keltirilsa, bu holatda ham ustivor bo‘ladi.


Qiyshiq egilish
To‘sin o‘qiga tik yo‘nalgan va ko‘ndalang kesim yuzasining birorta ham bosh inersiya o‘qlari bo‘yicha o‘tmaydigan kuchlar ta’sirida hosil bo‘lgan egilish qiyshiq egilish deb ataladi. Agar to‘sin ko‘ndalang kesim yuzalarida faqat eguvchi moment hosil bo‘lib boshqa kuch omillari nolga teng bo‘lsa, bunday egilishga sof qiyshiq egilish deb ataladi



Yüklə 35,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin