Doimiy va vaqtincha yuklar. Yuklarni bunday turlarga bo‘lish konstruksiya elementlari hisoblash usuli bilan asoslanib, ayrim hollarda ishonchlilik yuk koeffitsientini kiritish va ehtiyotlik koeffitsientlarini kiritish bilan tushuntiriladi.
Qirqish usuli brus kesimidagi ichki kuchlarni aniqlash Jism tashqi kuchlar ta’sirida, garchi muvozanatda bo‘lsa ham, ma’lum darajada deformatsiyalanadi, buning natijasida jismning kesimidagi zarrachalar bir – biridan qochishga yoki o‘zaro yaqinlashishga intiladi, ana shu intilishda hosil bo‘lgan reaksiya kuchlari zarrachalar muvozanatini saqlaydi. Zarrachalar muvozanatini saqlovchi reaksiya kuchlar ichki kuchlar yoki zo‘riqish kuchlari deb ataladi.
Jism kesimlarida hosil bo‘ladigan zo‘riqish kuchlarining teng ta’sir etuvchisini topish uchun kesish usulidan foydalaniladi. Jismga qo‘yilgan kuchlar sistemasi va unda hosil bo‘lgan reaksiya kuchlari ta’sirida muvozanatda bo‘ladi (1.2– chizma ).
Qaralayotgan jismning kesimlarida hosil bo‘lgan ichki kuchlarni aniqlash uchun kesish usulidan foydalanamiz.
Fan tekshiradigan masalalar va asosiy tushunchalar
Materialllar qarshiligi -mashina va inshoot qismlarining mustahkam, bikir va ustivor bo‘lishini taminlashda zarur bo‘lgan zo‘riqish va deformatsiyalarni aniqlash usullarini o‘rgatuvchi fandir.
Mustahkamlik - konstruksiya elementlarining emirilmasdan tashqi kuchga qarshilik ko‘rsatish qobiliyatidir.
Bikirlik - konstruksiya elementlarining tashqi kuch ta’siridan katta deformatsiya hosil qilmaslik qobiliyatidir.
Ustivorlik – tashqi kuch ta’sirida konstruksiya elementlarining dastlabki muvozanat holatini saqlash qobiliyatidir.
Deformatsiyalar to‘g‘risida tushuncha 1 Cho‘zilishi (siqilish) deformatsiyasiда-кўндаланг кесимда фақат битта нолга тенг бўлмаган ички куч – бўйлама куч таъсир этади. .
2 Siljish deformatsiyasi-кўндаланг кесимда фақат кўндаланг куч таъсир этади.
3 Buralish deformatsiyasi –кўндаланг кесимда фақат буровчи момент таъсир этади.
4 Egilishi deformatsiyasi-кўндаланг кесимда эгувчи момент ва кўндаланг куч таъсир этади..
Kuchlanishlar ichki kuchning elementar yuzachaga nisbati o‘rtacha kuchlanish deyiladi va po’rbilan belgilanadi, uning qiymati quyidagi formuladan topiladi:
Guk qonuni Turli materiallardan yasalgan sterjen namunalari ustida cho‘zilish va siqilishga o‘tkazilgan tajribalar shuni ko‘rsatadiki, cho‘zuvchi kuch ma’lum bir chegaraga etguncha absolyut bo‘ylama deformatsiya kuchga hamda sterjen uzunligiga to‘g‘ri proporsional va ko‘ndalang kesim yuzasiga, teskari proporsional ekanligini. Bu mulahozalarning matematik ifodasi quyidagicha bo‘ladi:
(1.1)
Bu formula Guk qonunning tajriba natijasi ifodasidir.