Estetika nazaryasi ergashev. Z mavzu: estetika nazaryasi


Estetik ongning va uning o'ziga xos xususiyatlari



Yüklə 2,04 Mb.
səhifə3/7
tarix30.09.2023
ölçüsü2,04 Mb.
#151305
1   2   3   4   5   6   7
Estetika nazaryasi

Estetik ongning va uning o'ziga xos xususiyatlari

  • Estetik ongning konkret obrazli xarakterga ega ekanligi. Dunyoda necha milliard inson bo'lsa, shuncha xarakter mavjud.
  • Estetik ongning beg'arazligi. Uning beg'arazlik xusussiyatini birinchi bo'lib, olmon faylasufi Immanuil Kant kashf qilgan. Estetik ongning beg'arazligi uning bevosita moddiy manfaatdorlikdan xoli ekanligidadir. Lekin uning zaminida juda katta ma'naviy manfaatdorlik yotadi.
  • Estetik ongning xususiyatlaridan biri obrazning ko'p manoligidir. ( bunga misol tariqasida omonim, sinonim so'zlar, iboralar va boshqalar kirib ketadi.) M: Ko'z, Qo'y, Kapalagim uchib ketdi., Tegirmonga tushsa butun chiqadi. v.x.k.

ESTETIK BILISH VA UNING TURLARI

  • Estetik bilish voqelikdagi va san'atdagi nafosatning mohiyati va uning taraqqiyot qonunlarini bilishdir. Estetik bilish badiiy bilishni ham qamrab oladi. Amaliy badiiy bilish – bu adabiyotdagi bilishdir. Estetik bilishning hissiy bosqichi yoki mantiqiy farqlash bor. Ular bir - biriga ta'sir qilib turadi. Estetik bilishning bir necha turlari mavjud.
  • Estetik tuyg'u - voqelikdagi va san'atdagi nafosatdor xodisani ko'rishdan xosil bo'lgan dastlabki tuyg'udir. U insonning voqelikdagi va san'atdagi nafosatga munosabatini o'ziga xos ichki kechinmalar orqali aks etishidir. Estetik his – tuyg'ular murakkab ijtimoiy xodisa sifatida nafosat, hamohanglik, ohang, shakl, uyg'unlik, moslikkabi tushunchalar bilan birga shodlik, hayratlanish, ajablanish, rohatlanish, lazzatlanish, extirom, shavq – zavq, nafrat kabi tushunchalarni ham qamrab oladi.
  • Estetik did – estetik did voqelikdagi va san'atdagi go'zallikni xunuklikdan, ulug'vorlikni tubanlikdan, kulgililikni fojeaviylikdan farqlay olish qobiliyatidir. Did insonlarni fikr muloxazalari, xulq atvorlari, hatta xarakatlari orqali namoyon bo'ladi. Estetik did voqea va xodisalarning estetik sifatlarini inson tomonidan idrok qilmoq va baholamoq jarayonida olinadigan qoniqish yoki qoniqmaslik tuyg'usi orqali ifoda topadi.
  • Estetik ideal - voqelikdagi va san'atdagi nafosatning mukammalligiga doir tasavvurlar majmuidir. U milliy xarakterga ega bo'ladi. U estetik baxoda qatnashadi. Insonning yoshiga qarab turib uning ideallari ham o'zgarishi mumkin.

Yüklə 2,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin