9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy intellekt reja


-jadval Intellektual kapital tarkibiy qismlari



Yüklə 318,02 Kb.
səhifə9/9
tarix19.12.2023
ölçüsü318,02 Kb.
#184960
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy int

6.2-jadval
Intellektual kapital tarkibiy qismlari

Intellektual kapitalni tashkilot uchun qiymatga ega bo‘lgan va unda ishlayotgan odamlar iborat yoki ishlab chiqarish jarayonlari, tizimlar va tashkiliy madaniyatdan kelib chiqadigan hamma narsa sifatida tavsiflash mumkin. Intellektual kapitalga barcha, ya’ni oshkora va yashirin, butun tashkilotga vaalohida shaxslarga tegishli bilimlar va ko‘nikmalar, shuningdek, madaniyat elementlari kiritiladi. «Intellektual aktiv» atamasi faqat tashkilot aniqlash, tavsiflash va belgilangan reestrga kiritishga erisha olgan intellektual resurslar turlariga biriktirib qo‘yiladi.


Tashkilot qiymatini yaratish uchun intellektual kapital modeli quyidagi intellektual kapital turlarini bir vaqtda boshqarishi lozim:

    • inson kapitali – shaxslar va jamoalarning mijozlar ehtiyojlarini shaxslar fikrlarini yo‘naltirish va chuqur bilimga egalik bilan qondirish qobiliyati;

    • mijoz kapitali – mijoz bilan aloqalar qalinligi, mijozga beriladigan qiymat, qaror qabul qilishda mijozning ta’siri o‘sishi;

    • tashkiliy kapital – turli ma’lumotlar to‘plamlarida, ish jarayonlarida, texnologik infratuzilma yoki tashkiliy madaniyatda, qadriyatlar va me’yorlarda mavjud bo‘lgan kodlashtirilgan axborotdan kelib chiqadigan tashkilot qobiliyatlari.

Intellektual kapital – tashkilotning qiymat yaratish salohiyatini maksimallashtiradigan inson kapitali, mijoz kapitali va operatsion kapital o‘rtasidagi munosabatlar.
«Intellektual kapital» tushunchasi va uning tarkibiy qismlari qandaydir yangiliklar yoki ilgari noma’lum bo‘llgan ishbilarmonlik faolligi tarkibiy qismlariga ega bo‘lmaydi. Iqtisodiy rivojlanish omili sifatida safarbar qilish vabu omilni tashkilot intellektual kapitali sifatida identifikatsiya qilish uchun intellektual tabiat bilan birlashtirilgan resurslar guruhi tamomila yangi hisoblanadi.
Intellektual kapital konsepsiyasi kompaniyalar qiymati va foydaliligini oshirish vositasi sifatida ishlab chiqilgan.
Shu sababli ilmiy-texnik yoki sotsiologik nuqtai nazardan emas, balki iqtisodiy nuqtai nazardan eng qimmatli bo‘lgan bilimlar, g‘oyalar, intellektual resurslar asosiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Intellektual kapital g‘oyasi asoschilarining bunday pragmatik yondashuvi bozor iqtisodiyotining bazaviy qadriyatlari va kapitalning rivojlanish asosiy qonuniyatlari bilan to‘liq mos keladi. Iqtisodiyot nazariyasiga muvofiq, kapital keng ma’noda – daromad keltirishga qodir bo‘lgan mulk. Mos ravishda, intellektual kapital bu – tashkilot daromad olish uchun foydalanadigan nomoddiy ne’matlar yig‘indisi.
«Intellektual kapital alohida qismlardan – inson kapitali, strukturali kapital va iste’mol kapitalidan shakllanmaydi, balki ularning o‘zaro aloqalaridan kelib chiqadi». Ya’ni odamlar tashkilot ichida ham mavjud rasmiy va norasmiy strukturalar, me’yorlar va qoidalar asosida o‘zaro aloqalarga kirishadi. SHunday qilib, intellektual kapital nafakat tashkilotning intellektual resurslari yig‘indisi sifatida, balki iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasida ularning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan intellectual resurslar ishlab chiqarish, tarqatish va foydalanish bo‘yicha munosabatlar tizimi sifatida ham namoyon bo‘ladi deb ta’kidlash o‘rinli bo‘ladi.
Iqtisodiy toifa sifatida intellektual kapitalning mohiyatini intellektual mahsulot ishlab chiqarish, almashinish, taqsimlash va iste’mol qilish borasida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari o‘rtasida kapital individual ishlab chiqarish darajasida vujuga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi sifatida aniqlash mumkin. Intellektual kapital – kapital takror ishlab chiqarish umumiy iqtisodiy tizimining murakkabroq quyitizimidir. Bu erda gap ma’lum turdagi resurslar mavjudligidan tashqari, bu resurslardan samaraliroq foydalanish imkonini beradigan tashkilot doirasidagi va undan tashqaridagi o‘zaro aloqalar sifati va xarakteri haqida ham boradi.
Hozirgi paytda intellektual kapitalni boshqarish strategiyalarining uni shakllantirish va tashkilot raqobatbardoshligini oshirish uchun foydalanish imkonini beradigan bir nechta asosiy turlari qo‘llanadi. Ular tashkilotda bilimlarni oqilona shakllantirish va foydalanish yordamida mahsulotlar, odamlar vaarayonlarda amalga oshirilgan yangi qiymat yaratishga yo‘naltiriladi.
Intellektual kapitalni boshqarish bo‘yicha ilmiy ishlarda mavjud strategiyalarning ettita kombinatsiyasi ajratib ko‘rsatilgan. Ulardan uchtasi intellektual kapital turlaridan biri (inson kapitali, strukturali kapital va iste’mol kapitali) doirasida bilimlarni samarali shakllantirish va foydalanishdan iborat. YAna uchta strategiya intellektual kapitalning ikki xil turi o‘rtasida o‘zaro aloqalardan ijobiy samaraga erishishni ko‘zda tutadi. Nihoyat, so‘nggi, ettinchi strategiya intellektual kapitalning uchala elementi bir vaqtdagi o‘zaro aloqalarni hisobga olgan holda tuziladi. Shunday qilib, bazaviy strategiyalar uni oshirish uchun intellektual kapitalning bitta turi doirasida bilimlar almashinishga yoki intellektual kapitalning bitta turini boshqasiga samarali o‘tkazishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Agar ko‘rsatilgan bazaviy strategiyalar batafsilroq ko‘rib chiqiladigan bo‘lsa, inson kapitali doirasida bilimlar shakllantirish va foydalanishga asoslangan birinchi strategiya ularning chuqur bilimga egaligi qanday ortishi va u tashkilot raqobatbardoshligini oshirish uchun qanday foydalanilishi, tashkilot xodimlari o‘rtasida bilimlar almashishning qanday ro‘y berishi haqidagi savolga javob beradi. Mazkur strategiya xodimlarni o‘qitish, treninglar o‘tkazish, mos keluvchi korporativ madaniyat shakllantirish yo‘li bilan ularning individual chuqur bilimga egaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Ikkinchi strategiya strukturali kapital doirasida bilimlar shakllantirish va foydalanishni ko‘zda tutadi, raqobatbardoshlikni oshirish uchun tashkilot strukturali kapitalining alohida elementlari o‘rtasida bilimlar almashinish uchun qay tarzda foydalaniladi degan savolga javob beradi. Ushbu strategiya doirasida ichki korporativ axborot tizimini shakllantirishi va rivojlantirishi, texnologik va marketing imkoniyatlari haqida ma’lumotlar bilan to‘ldirishi, shuningdek, u yoki bu funksiyalarni amalga oshirish ilg‘or tajribasi haqida ma’lumotlar bilan to‘ldirishi mumkin. Tashkilot ichida jadal bilimlar almashinishini ta’minlaydigan tashkiliy strukturani shakllantirish – ikkinchi strategiyani amalga oshirish yo‘nalishlaridan biri. Kompaniya aktivlari va intellektual mulkni boshqarish ikkinchi strategiya dirasiga mos keladi.
Iste’mol kapitali doirasida bilimlar shakllantirish va foydalanishga asoslangan uchinchi strategiya uning elementlari o‘rtasida bilimlar almashinishdan foydalanishga asoslanadi. Bu qatorga mijozlar, ta’minotchilar, raqobatchilar, mahalliy hamjamiyat bilan, shuningdek, savdo markalari va tashkilot imidji bilan aloqalar kiradi. Ushbu strategiyadan maqsad – raqobatbardoshikni oshiradigan va uning ustunliklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan tashkilotning samarali tashqi aloqalar tashkil qilishdir. U ta’minotchilar, xodimlar, aksiyadorlar, mahalliy hamjamiyat va h.k.bilan munosabatlarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan marketing texnologiyalariga tayanadi.
To‘rtinchi strategiya inson kapitali va iste’mol kapitali o‘rtasida bilimlar almashinishga, xodimlarning iste’molchilar, ta’minotchilar va boshqa kontragentlar chuqur bilimga egaligini oshirishga, shuningdek, tashqi kontragentlar tomonidan personal chuqur bilimga egaligini oshirishga yo‘naltiriladi. Boshqacha qilib aytganda, u tashkilot va uning hamkorlari birgalikdagi bilimlarni shakllantirishga yo‘naltiriladi, kompaniya xodimlarining individual bilimlarini oshiradigan iste’molchilar bilan o‘zaro aloqa usullarini o‘z ichiga oladi. Bu turli yo‘llar bilan, eng avvalo, iste’molchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot vositasida, shuningdek, marketing tadqiqotlari va sotsiologik tadqiqotlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Beshinchi strategiya inson kapitali va strukturali kapital o‘rtasida bilimlar almashinishga asoslanadi, xodimlarning individual chuqur bilimga egaligi tashkilotning ichki strategiyasini tashkil qilishga va mos ravishda, strukturali kapital elementlari yordamida individual chuqur bilimga egaligini oshirishga yo‘naltiriladi. Mazkur strategiya asosan individual bilimlarni ichki korporativ tizimlarga o‘tkazish va boshqa xodimlar tdkeng foydalanish uchun mustahkamlashdan iborat.
Misol tariqasida tashkilotda amal qiladigan, har bir buyurtmachi haqida ma’lumotlar, jumladan, loyiha qatnashchilarining familiyasi, mijozlarning reaksiyasi va baholari, taklif etilgan echimlar kiritiladigan ma’lumotlar to‘plamini keltirib o‘tish mumkin. Bu individual bilimlarni jamoaviy bilimlarga aylantirish haqida gapirishga, yangi xodimlarni bevosita majburiyatlarni bajarishdan uzilmagan holda to‘g‘ridan-to‘g‘ri ish joyida o‘qitishga imkon beradi, shuningdek, kompaniyani katta bilim va tajribaga ega bo‘lgan u yoki bu ekspertlar ishtirokiga bog‘liqliklik darajasini pasaytiradi.
Yuqorida keltirilgan barcha misollarda tashkilotda oshkora bo‘lmagan bilimlar oshkora bilimlarga, ya’ni hujjatlar, taomillar va h.k. shakliga aylantiriladi. Shunday qilib, inson kapitalini strukturali kapitalga aylantirish ro‘y beradi. Bilimlar oqimi individual chuqur bilimga egalikdan ichki strukturaga o‘tadi, so‘ngra axborot tizimlarida mustahkam o‘rin topadi.
Oltinchi strategiya strukturali kapital va iste’mol kapitali o‘rtasida bilimlar almashinish bilan tavsiflanadi, tashkilotning tashqi strukturalaridan ichki strukturalariga va aksincha, ichki struktualardan tashqi strukturalarga bilimlar oqimini tashkil qilishga yo‘naltiriladi. Mazkur strategiya asosan bilimlarni tashkilotning tashqi kontragentlar bilan o‘zaro aloqalar sohasidan ichki korporativ tizimlargi o‘tkazish va ularni bu erda iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirishda xodimlarning keng foydalanishi uchun biriktirib qo‘yish bilan ishlaydi. Mijozlar haqida ma’lumotlar to‘plami bu – ichki strukturaning muhim elementi, kompaniyaning eng muhim resurslaridan biridir. Sotuv haqida ma’lumotlar to‘plash ishlab chiqarish jarayonini ratsionallashtirish, yo‘qotishlarni pasaytirish va zaxiralarni optimallashtirishga imkon beradi. Ko‘plab kompaniyalar aynan raqobatchilar oldidagi ustunliklarni individual xizmat ko‘rsatish va o‘z mijozlari haqida ma’lumotlarni markazlashtirish yo‘li bilan ta’minlaydi. Ba’zida iste’molchilardan bilimlar oqimi to‘g‘ri firmaning bo‘linmalaridan biriga, jumladan, ITTKI bo‘limiga yuboradi.
Tashkilotning tashqi muhiti bu – nafaqat mijozlar, balki raqobatchilar hamdir, shu sababli oltinchi strategiya doirasida bilimlarni raqobatchilardan tashkilotning barcha ichki strukturalariga masalan, ITTKI birgalikda amalga oshirish yo‘li bilan o‘tkazishga qaratilgan harakatlar uchraydi.
Ettinchi strategiya bu – bir vaqtning o‘zida bilimlarning barcha intellektual kapital turlari o‘rtasida harakatiga tayanadigan strategiya.
Ayrim tashkilotlar inson kapitaliga, o‘qitishga, treninglarga, motivatsiya tizimlari va xizmat bo‘yicha harakatlanishga alohida e’tibor qaratadi. Boshqalar esa asosiy e’tiborni marketing masalalariga, tovarni bozor tomon ilgari surishga, mos keluvchi bozor ulushini egallashga qaratadi. Uchinchi shaxslar zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish yordamida tuzilgan korporativ boshqaruv tizimlari yaratish bilan mashg‘ul bo‘ladi. Faqat ayrimlargina bilimlarni boshqarishning barcha jihatlariga bir vaqtning o‘zida jiddiy e’tibor qaratadi. Firma ettinchi strategiyani to‘liq darajada amalga oshirishi namoyon bo‘lishi shakllaridan biri – intellektual kapitalni muntazam monitoring qilishdir.
Intellektual kapitalni boshqarishning muhim elementi sanalgan baholash eng murakkab hisoblanadi, chunki intellektual resurslarning ko‘pchiligi tashkilotlarning hisobga olingan aktivlari qatoriga kirmaydi, demak, moliya hisobning ob’ekti sanalmaydi. Ilgari kompaniyalar bozor qiymatining balans qiymatidan yuqori bo‘lishi turli sub’ektiv omillar, jumladan, spekulyativ omillar bilan izohlanardi. Bozor qiymatining balans qiymatidan ustun bo‘lishi balansda to‘liq hisobga olinmaydigan, lekin bozor qiymatida intellektual kapital sifatida hisobga olingan intellektual resurslar mavjudligi bilan bog‘lanadi.
Kompaniyalarni intellektual kapital sohasida tadqiqotlarga kirishishga undaydigan sabablarni tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, ularning barchasi kelgusi rivojlanishni ta’minlashga yo‘naltiriladi. Intellektual kapitalni hisobga olish yordamida kompaniya o‘sishining asosida yotadigan holatlar aniqlanadi. Bir necha yil davomida ko‘rsatkichlar dinamikasini tahlil qilish tashkilotni rivojlantirish omillarini va harakatlarni mujassamlantirish yo‘nalishlarini aniqlash imkonini beradi. Xodimlar, o‘z faoliyati samaradorligi jihatlarini o‘lchashdan o‘tib, kompaniya qo‘yadigan talablarni yaxshiroq tushuna boshlaydi va teskari tartibda o‘z kuchlarini jipslashtiradi. Shunday qilib, intellektual kapitalni hisobga olish kelgusi rivojlanishni yuzaga keltiradi.
Yüklə 318,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin