9-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda neyrotexnologiyalar va sun’iy int
Neyron to‘rlar. Ma’lumki inson miyasi katta xajmdagi axborotni tez qayta ishlay oladi. Bunga sabab millionlab miya nerv xujayralari - neyronlarning parallel ishlashidir. Sun’iy neyronlarning g‘oyaviy asosi xam biologik neyron xujayralari xisoblanadi.
Neyron deyilganda sun’iy neyron aniqrog‘i, kompyuter dasturini nazarda tutiladi.Bugun neyron to‘rlar o‘ta chuqur o‘rganilmagan bo‘lishiga qaramasdan quyidagisohalarga qo‘llanilib ijobiy natijalarga erishilmoqda:
biznes – neyron to‘rlarning bu sohaga tadbiqi 1984 yilda adaptiv kanal ekvalayzeri yaratilishi bilan boshlandi. Bu qurilma juda sodda bo‘lib, bitta neyrondan tashkil topgan. U uzoq masofadagi telefon liniyalarida ovozni stabillashtirib sifatini oshirganligi sababli katta iqtisodiy muvafaqiyat qozongan;
bank moliya – ko‘chmas mulkni baxolashda, kredit berishda risklarni xisoblab mijoz tanlashda, qarzlarni baxolashda, kreditlarning ishlatilishini analiz qilishda, savdo portfeli programmalarida, moliyaviy analiz qilishda, valyuta qiymatini prognozlashda;
birja – valyuta va aksiya kurslarini prognozlashda, bozorni prognozlashda, korxonalar kelajagini baxolashda;
ishlab chiqarish – jarayonlarni boshqarishda, maxsulotlar dizayni va analizida;
meditsina – o‘pka raki xujayralarini analiz qilishda, DNK analizida, protez loyilashda, transplantatsiya vaqtlarini optimizatsiyalashda, shifoxona xarajatlarini kamaytirishda va sifatini oshirishda, shoshilinch yordam xonalarini tekshirishda;
robototexnika – traektoriya qurishda, xarakatni boshqarishda, manipulyatorlarni boshqarishda, tasvir analizi va ko‘rishda, shakllar va figuralarni tanishda, ovoz analizi va sintezida;
transport – marshrutlarni optimal loyixalashda, vaqt jadvallarini rejalashtirishda, yuk mashinalari tormoz sistemalarining analizida;
avtomobil – avtomatik boshqarish tizimlarida, avtomatik xarita tizimlarida, kafolat bilan bog‘liq ishlar tekshiruvida;
kosmos – yuqori samarali avtopilotlar yaratishda, uchish traektoriyasi immitatsiyasi tizimlarida, uchar jismlarni boshqarish tizimlarida, uchar jismlarining kamchilik va buzuqliklarini topish va bartaraf qilishda;
telekommunikatsiya – tasvir va ovozni zichlash, shifrlash va boshqacha qayta ishlash jarayonlarida, avtomatlashtirilgan axboratlashtirishda, turli tillarga sinxron tarjima tizimlarida va xokazolarda.
Neyron to‘rlarning afzalliklarini va mavjud kompyuter dastur paketlarining qulaylik va samaradorligini xisobga olib uni innovatsiya jarayonlarida qo‘llash istiqbolli ekanligini xulosa qilish qiyin emas.