52 ma’naviyat va mafkura, ularning jamiyat, inson hayotida tutgan o‘rni va roli



Yüklə 358,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix04.05.2023
ölçüsü358,67 Kb.
#107297
1   2   3
ma-naviyat-va-mafkura-ularning-jamiyat-inson-hayotida-tutgan-o-rni-va-roli

54 
va madad topishda umumiy, yagona maqsad va orzu-intilish ifodasi bo‘lgan milliy g‘oyani 
tayanch va suyanch deb biladi.”
24
Shuning uchun ham Birinchi Prezidentimiz Islom 
Karimov mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab milliy g‘oya va mafkura 
muammosiga alohida e’tibor qaratib kelmoqdalar. «Tafakkur» jurnali bosh muharriri 
savollariga javoblarida mafkura va milliy g‘oyani xalqni – xalq, millatni – millat qiladigan, 
uning istiqbol yo‘llarini yuksak maqsad va e’tiqod nurlari bilan yoritadigan qudratli 
ma’naviy omil, deb ta’rifladilar.
25
«Turkiston» va «Fidokor» gazetalari muxbirlari 
savollariga javoblarida bu g‘oyalar yanada rivojlantirildi, mafkura muammosi kun 
tartibiga Birinchi Prezidentimizmiz tomonidan yanada jiddiy qo‘yildi. Bunga sabab 
“hozirgi zamondagi eng katta xavf insonlarning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz 
davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura 
maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi.
26
Mana shuning uchun ham 
Islom Karimov muntazam ravishda mafkura dunyosida bo‘shliqqa yo‘l qo‘yib 
bo‘lmasligiga, shunday holat yuz bergan taqdirda bo‘sh qolgan mafkura maydonida 
bizga begona, orzu-intilishimizga mutlaqo yot g‘oyalar o‘rin egallashga urinishi shubhasiz 
ekanligiga hammamizning diqqatimizni takror-takror qaratib kelayotganliklari bejiz 
emas».
27
Mustaqillik bizni porloq rivojlanish imkoniyatlariga ega qildi. Xalqimiz katta orzu-
maqsadlar va intilishlar bilan yashayapti. Huquqiy davlat,adolatli fuqarolik jamiyati-
oldimizda turgan nurafshon manzildir. Ammo bu manzillar o‘z- o‘zidan dunyoga 
kelmaydi, uni o‘z- o‘zidan mashaqqatsiz, izlanishlarsiz, yaratuvchilik, ijodkorlik ishlarisiz 
egallanmaydi. Yangi jamiyat yuksak darajada rivojlangan ongni, ma’naviy kamolotni 
yanada baland bosqichga ko‘tarilishini taqazo etadi. Ilg‘or demokratik qoida va 
tushunchalar bilan boyigan milliy istiqlol mafkuramiz ana shu yangi ma’naviyatning hal 
qiluvchi mezonlaridan biridir.
Zero «O‘zbekiston Jamiyatining Milliy istiqlol mafkurasi, o‘z mohiyatiga ko‘ra, 
xalqimizning asosiy maqsad-muddaolarini ifodalaydigan, uning o‘tmishi va kelajagini bir-
24
Каримов И. А. Юксак маънавият-енгилмас куч. -Т.: “Маънавият”, 2008.-Б.71.
25
Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни – халқ, миллатни – миллат қилишга хизмат этсин.-Т.: 
“Ўзбекистон”, 1998. –Б.10-11. 
26
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси –халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. –Т.: “Ўзбекистон”, 
2000. –Б. 6-7. 
27
Ўша ерда. –Б.7. 


55 
biri bilan bog‘laydigan, asriy orzu-istaklarini amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar 
tizimidir».
28
Shuning uchun ham Milliy istiqlol mafkurasini chuqur egallay olsakkina, u 
dunyoqarashimizning ajralmas qismiga aylansagina, qalbimizdan mustahkam o‘rin 
olsagina Vatanimiz va xalqimiz taraqqiyotining oldida turgan ulkan vazifalarni amalga 
oshirishimiz mumkin bo‘ladi. Ma’naviyat mafkurasiz rivojlana olmaydi. Chunki, inson 
ruhiyatini shakllantirish, milliy qadriyatlarni tiklash va jamiyat maqsadlarini amalga 
oshirishda mafkura harakatga keltiruvchi kuch sifatida katta ahamiyat kasb etaveradi. 
Markaziy Osiyodagi Uyg'onish davri jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va ma'naviy 
hayotida eng katta yutuqlarga erishdi. Bu davrda siyosiy va huquqiy fanlar, yangi 
adabiyot va san'at, tibbiyot, falsafa, yangi estetik ong yaratildi.
29
Bugungi kunda dunyo yangilik to'lqini yoqasida, "inflyatsiya malakasi" ni 
tezlashtirmoqda, bugungi kunda dolzarb bo'lgan bilim va vakolatlar ertaga noaniq 
bo'lib chiqishi va keyingi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun cheklovga aylanishi 
mumkin. faqat jismoniy shaxslar, balki mintaqalar.
30
Xullosa, mafkura – umummillatga, umumxalqqa, butun jamiyatga taalluqli ulkan 
g‘oyalar majmui.

Yüklə 358,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin