membranasi
uchraydi
Nuklein
kislotalarning tipi
DNK yoki RNK
DNK va RNK
DNK va RNK
Genomning
kattaligi
yoki
mol.massasi
0,4
.
10
6
dalton
1000
.
10
6
dalton
400
.
10
6
dan
1000X10
6
dalton
Ribosomalari
Uchramaydi
Bakterial
ribo
somalarga
o‘xshash
ko‘p
miqdorda
uchraydi.
Bakterial
ribosomalarga
o‘xshash
ko‘p
miqdorda uchraydi
Replikatsiya
Organizmga
kir gan
infeksiya
birinchi
bosqich
larda
dissotsia-
siyaga uchraydi,
keyin virus
zarrachasining
komponentlari
sintezlanadi va
yangi zarrachalar
hosil bo‘ladi
Ehtimol
binar
bo‘linish
sodir
bo‘ladi
Binar bo‘linish
O‘z xo‘jayinida
joylashishi
Zarrachalar ichida
Zarrachalar ichida
Zarrachalar
tashqarisida
Sun’iy ozuqalarda
o‘stirish
O‘smaydi
Ba’zi
vaqtlarda
o‘ziga
xos
koloniyalar
hosil
qiladi
O‘ziga
xos
koloniyalar
hosil
qiladi
Tabiiy sharoitda
tarqalishi
Turli vositachi- lar
orqali tarqaladi
Bo‘g‘imoyoqlilar
orqali tarqaladi
Zararlangan mu
hit orqali tarqaladi
Aktinomitsetlar yoki nursimon (nurli) zamburug‘lar tuzilishi jihatidan
bakteriyalar va tuban zamburug‘larga o‘xshaydi (6, 7- rasmlar). Ular mog‘or
zamburug‘lar bilan bakteriyalar orasidagi guruhhga mansub, ma’lum shakldagi
yadrosi bo‘lmaydi. Bu guruh grammusbat bakteriyalardir.
Aktinomitsetlar
gifalarining uzunligi 600 mkm, eni 0,5 – 2 mkm va undan uzun bo‘lgan
shoxlangan mitseliy hosil qiladi (6-rasm). Oziq muhitidagi mitseliy ikki xil - biri
substratda (substrat mitseliysi), ikkinchisi oziqa muhit yuzasida (havo mitselliysi)
bo‘ladi. Havo mitseliysida sporalar etiladi. Aktinomitsetlar tuproqda, organik
o‘g‘itlar, chiriyotgan moddalar yuzasida, boshoqdosh o‘simliklar tanasida
uchraydi.
Ulardan streptomitsin, biomitsin, tetratsiklin, neomitsin, nistatin kabi
antibiotiklar olinadi. Ba’zi patogen formalari yumshoq to‘qima va suyaklarni
emirib, og‘ir kasallik - aktinomikozni vujudga
keltirishi mumkin.
5- rasm. Aktinomitsetlar: A — mitseliy; B,V – spiral sporabandlar; G —to‘g‘ri
sporabandlar; E — sharsimon sporalar; D.— silindrsimon sporalar
Proaktinomitsetlar.
Proaktinomitsetlar
oziqa
muhitida
avval
aktinomitsetlarga o‘xshab o‘sadi, shoxlangan substrat mitselii avval hosil qiladi.
Ammo tezlik bilan mitseliida ko‘ndalang to‘siqlar hosil bo‘ladi
va kalta ipcha,
tayoqcha va kokkilarga bo‘linadi. Ularni oziq muhitiga ekilsa yana mitselii hosil
qiladi. Koloniyalari aktinomitsetlarnikidan farq qilib xamirsimoen konsistensiyaga
ega. Proaktinomitsetlarning ayrim turlarigina havo mitseliisini hosil qiladi. Havo
mitseliisidagi spora bandlarida silindrsimon sporalar vujudga keladi. Kulturalari
rangsiz. Ba’zi vakillaridagina pigmentli bo‘ladi.
6 - rasm. Aktinomitsetlar: Actinomyces verticilatus ning
mutovkasimon sporabandlari
Aktinomitsetlarda bo‘ladigan antogonistik xususiyatlar proaktonomitsetlarda
umuman bo‘lmaydi yoki bu xususiyat kuchsiz namoyon namoyon bo‘lishi
mumkin. Aktinomitsetlar tuproqda keng tarqalgan. Aktinomikoz bilan kasallangan
odam va hayvon tanalaridan ajratib olish mumkin. Ba’zi vakillari mazkur
kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilar hisoblanadi. Vakillaridan Proacunomyces ruber (8-
rasm), Pr. bovis va bashqalarni ko‘rsatish mumkin.
6-rasm. Proaktinomitsetlar: Proactinomyces ruber. Mitseliyning
umumiy tuzilishi
va ayrim hujayralarga bo‘linib ketishi
Mikobakteriyalar. Aktinomitsetlar tartibiga Mikobakteriyalar oilasi ham
kirib, ular grammusbat, yoshlik vaqtida egilgan va shoxlangan, harakatsiz
tayoqchalardir. Kalta mitseliy hosil kiladi va u tezgina kalta fragmentlarga
parchalanib ketadi. Bo‘linib ko‘payadi, spora
hosil qilmaydi, ko‘p vakillari odam
va hayvonlarda kasallik ko‘zg‘atadi (7– rasm).
7 - rasm. Mikobakteriyalar:
A - M. mucosum; B — M.
rubrum; B_-M. cyaneum
;
G - M. bifidum;
D — M.
citreum;
E — M. filiforme
Rikketsiyalar. 1909 yilda Rikkets degan olim Meksikada uchraydigan va bit
orqali tarqaladigan qizilchali tif kasalligini tekshirib, kasal odam tanasidan kalta
tayoqcha shaklidagi mikrob topadi va rikketsiya provocheka deb nomlaydi. Bular
juft-juft yoki zanjir shaklida bo‘lishi mumkin, uzunligi 300 - 400 nm. Faqat tirik
to‘qima va hujayralarda rivojlanadi.
Rikketsiyalar (Rickettsia) xususiyatlariga ko‘ra mikoplazmalarga
o‘xshaydi, bakteriyalar
va viruslarning oraliq formasi, DNK va RNK ga ega,
polimorf mikroorganizmlar, ba’zilari kokksimon, donador, diametri 0,5 mkm.
Tayoqchasimonlari 1 - 1,5 mkm, uchlari yumaloq yoki bir oz bukilgan, 3 - 4 mkm,
ipsimon formalari 10 - 40 mkm da, donador. Rikketsiyalar harakatsiz spora va
kapsula hosil qilmaydi. Elektron mikroskopda rikketsiyalarni
kuzatganda ular
tashqi va ichki qobiq bilan o‘ralganligi ma’lum bo‘ldi. Sitoplazmasida granulalar
shaklidagi ribosomalar bo‘lib, ular 70
o
A
keladi. Rikketsiyalar bo‘linib ko‘payadi.
Patogen rikketsiyalar hayvonlarda va odamda turli-tuman kasalliklarni keltirib
chiqaradi, qizilchali tif, yurakda suv to‘planishi, tovuq va it rikketsiozi, ornitoz va
boshqa yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilaridir.
Dostları ilə paylaş: