3-mavzu. Prokariotlarning morfologiyasi va hujayra tuzilishi Reja



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/16
tarix28.03.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#90739
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
portal.guldu.uz-Mikrobiologiya va virusologiya

 
Nukleoid. Sitoplazmada, yadro ekvivalenti - nukleoid bakteriya 
hujayrasining markazida joylashgan (23-rasm).
23-rasm. Nukleoid. 
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujayraning rivojlanish bosqichiga qarab, nukleoid 
ikki holatda: diskret (uzuq - uzuq ayrim strukturalar) tayoqchasimon yoki xromatin 
to‘ri (yadro moddasi sitoplazmada dispers holatda yoyilgan) shaklida bo‘ladi. 
Bakteriya nukleoidi molekulalar massasi 2 - 3
.
10
9
dalton DNK ga ega. Bu DNK 
o‘ralgan xalqa shaklida bo‘lib, uzunligi 1,1 – 1,4mm ni tashkil etadi. U bakteriya 
xromasomasi (genofor) deyiladi. 
Tinch xolatdagi bakteriya hujayrasida 1 ta nukleoid bo‘lsa, bakteriya 
hujayrasining bo‘linishi oldidan ikkita nukleoid bo‘ladi. Bakteriya ko‘payish 
fazasining logarifmik davrida esa, u to‘rtta va undan ham ko‘p bo‘lishi mumkin. 
Ba’zan, bakteriya hujayralarining o‘sish davrida muhitda bakteriya 
hujayrasiga salbiy ta’sir etadigan moddalar bo‘lsa, bakteriya hujayrasidan ko‘p 
yadroli ipsimon hujayra hosil bo‘lishi mumkin. Bunday hujayra, hujayra o‘sishi va 
bo‘linishi sinxronligining buzilishidan paydo bo‘ladi. 
Bakteriya nukleoidini hujayradagi asosiy funksiyasi- axborotlarni saqlab, uni 
irsiy xususiyatni avloddan - avlodga berishdir. 
Nukleoiddan tashqari, hujayra sitoplazmasida undan yuzlab marta mayda 
DNK iplari ham mavjud. Ular irsiyat faktorlarini tutuvchi plazmidalardir. 


Hamma hujayralarda ham plazmidalar bo‘lishi shart emas. Ammo ular 
tufayli hujayra qo‘shimcha, xususan, ko‘payishda, dori moddalarga turg‘unlik 
namoyon etishda, kasallik yuqtirish va hokazo xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
 
Kiritmalar. Sitoplazmada har xil shaklga ega granulalar uchraydi. Ularning 
xosil bo‘lishi mikroorganizmlar o‘sadigan muhitning fizik - kimyoviy 
xususiyatlarga bog‘liq bo‘lib, kiritmalar mikroorganizmlarning doimiy belgilari 
emas. 
Ko‘pincha kiritmalar mikroorganizmlarga energiya va uglerod manbai bo‘lib 
xizmat qiladi. Ular mikroorganizmlar yaxshi oziqa muhitida o‘sgandagina hosil 
bo‘ladi va yomon muhitga tushganda esa sarflanadi. Kiritmalar qatoriga glikogen 
(hayvon kraxmali), granulyoza, β - oksimoy kislota, volyutin (polifosfatlar), 
oltingugurt tomchilarini kiritish mumkin. Kiritmalarning hosil bo‘lishi, ko‘pincha 
oziqa muhitini tarkibiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, tajribalar yordamida glitserin va 
uglevodlarga boy oziqa muhitida o‘sgan bakteriyalarda valyutin, vodorod sulfidga 
boy muhitda esa oltingugurt to‘planishi aniqlangan. Ba’zi oltingugurt 
bakteriyalarida amorf holdagi SaSO
3
uchraydi. Ulardan tashqari, bakteriya 
hujayrasida oqsillar, fermentlar, uglevodlar, aminokislotalar, RNK, nukleotidlar
pigmentlar bor. Hujayradagi molekulyar birikmalar hujayraning osmotik bosimini 
saqlab turadi. 
Muhokama uchun savollari 
1. 
Bakteriyalar o’lchamlari va morfologiyasi.
2. 
Prokariot hujayralar tuzilishi.
3. 
Bakteriya xujayrasining struktura asoslari.
4. 
Hujayra devori, tuzilishi, tavsifi va kimyoviy tarkibi.
5. 
Gram musbat va gram manfiy bakteriyalar hujayra 
devori, tarkibi va farqlari. 
6. 
L-shaklli bakteriyalarning hosil bo’lishi, mikoplazmalar.
7. Arxibakteriyalarning hujayra devori, sitoplazmatik membrana, uning 
ba’zixususiyatlari va kimyoviy tarkibi.
8. 
Sitoplazmatik membrana funktsiyasining xilma- xilligi.
9. 
Mezosomalar. Sitoplazma.
10. Bakteriyalarning nukleoid, tarkibi, tuzilishining o’ziga xosligi, 
funktsiyasi. Plazmidalar.
11. Bakteriya hujayrasining qo’shilmalari, kimyoviy tarkibi va ahamiyati. 
12. Bakteriya endosporalari, spora hosil bo’lish jarayoni va sporaning vegetativ 
hujayradan asosiy farqlari. 
13. Odam, hayvon va hasharotlarda kasallik qo’zg’atuvchi ba’zi bir patogen 
batsillalar va ular paydo qiladigan kasalliklarning tavsifi, profilaktikasi va 
davolash. 
14. 
Kapsula va shilliq qavat. 
15. 
Kimyoviy tarkibi va funktsiyalari. 
16. 
Bakteriyalarning harakati, xivchinlari. 
17. 
Xivchinlarning joylanishi, tashkil topishi, kimyoviy 
tarkibi. Fimbriy va pililar va ularning funksiyalari. 


18. 
Prokariotlarni morfologiyasiga ko‘ra guruhlang 
19. 
SHarsimon bakteriyalarni ta’riflang 
20. 
Tayoqchasimon bakteriyalarni farqlang 
21. 
Spiralsimon va bukilgan bakteriyalarni ta’riflang 
22. 
Bakteriyalarning harakatlanishi 
23. 
Bakteriyalarning xivchinlanish tiplari 
24. Bakteriyalarning harakatlanish mexanizmi 
25. 
Bakteriyalarning harakatlanishiga ta’sir etuvchi omillarni 
sanang 
26. 
Bakteriya hujayrasida sporaning vazifasi 
27. 
Spora hosil bo‘lish bosqichi 
28. 
Bakteriya hujayra devorining tuzilishi
29. 
Gramm manfiy va gramm musbat bakteriyalarni farqlang 
30. 
Sitoplazmatik membrana va uning tuzilishi 
31. 
Kiritmalar va ularning vazifalari 
32. 
Bakteriya hujayrasining nukleoidi 
33. 
Diskret va dispers nukleoidlar 
https://www.youtube.com/watch?v=PFOQNhJ5GKg
 
https://www.youtube.com/watch?v=H6w-hkaLiT8
 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin