Partiyaning yuqori doiralarida milliy masala bo’yicha o’tkir munozara avj olib
ketdi. (1921-1922 y). 1922 yilning dekabr’ oyida SSSR tashkil topganligi tantanali
57
ravishda e’lon qilindi. Bu sotsialistik davlatchilikning o`zil-kesil
tugallangan shaklini mujassam etivchi Sovet Ittifoqi avvalboshdanoq,
milliy respublikalarning yo’lboshchilari umid qilganlaridek suveren
davlatlar hamdo’stligi sifatida emas, balki rasmiy federasiyaning
sub’ektlari
mustaqillikni
barcha
tashqi
ramzlariga
(o’z
konstitutsiyasiga, bayrog’i va madhiyasi)ga ega bo’lgani holda
amaldagi suveren huquqlardan mahrum va uning tarkibidan chiqa
olmaydigan qudratli davlat sifatida dunyoga keldi.
Ittifoqda respublikalar xususan O’zbekistonning sovet davri tarixi
juda o’xshash bo’lib, salbiy, fojiaviy voqealarga ham, shuningdek,ijobiy
rivojlanish faktlariga ham boydir.
Oktyabrdan so’ngi dastlabki yillar sovet sotsialistik
davlatchiligining faol tarzda zo’rlab tiqishtirishi davri bo’ldi. Milliy
davlat o’z taqdirini o’zi hal etishdan iborat qonuniy huquqidan mahrum
qilinganligi Turkiston jamiyati turli qatlamlarini noroziligiga sabab
bo’ldi.
Xalqimizning mustaqil davlatchiligi mustaqillikni qo’lga kiritish orqali
vujudga keldi
Dostları ilə paylaş: |