3-
mavzu.Amir Temur va temuriylar davrida davlat boshqaruvi tizimi.
Reja
1.
Amir Temur davlatida boshqaruv asoslarining shakllanishi
2.
Mansab va unvonlar
3.
Harbiy tizim va huquqiy munosabatlar.
Tayanch so‘z va iboralar.
Dargoh, devon, beklar begi, katta kengash, kichik
kengash, vazirlar, tumanboshi, yuzboshi, mingboshi, arzbegi, tavochi, hojiy, xazinador,
jivochi, qushchi, bakovulboshi, kotib, bitikchi, mirza, tabib, raiyyat, sipohsolor,
devonbegi, suyurg‘ol, tarxon, mulkchilik, dorug‘a, qutvol, hirovul, javong‘or, “Temur
Tuzuklari”, ichki va tashqi siyosat, diplomatiya, madaniy aloqalar, savdo yo‘llari, shariat
qonun qoidalari, shayxulislom, harbiy boshqaruv.
Ko‘plab yozma manbalarning ma’lumot berishicha, o‘z davrining yirik harbiy
va davlat boshlig‘i bo‘lgan Amir Temur siyosiy, huquqiy asoslarga ega bo‘lgan ulkan
davlat barpo etgan edi. O‘zbekiston davlatchiligi tarixining o‘rta asrlar davrida
Sohibqiron Amir Temur avvalo, adolatli va qonunchilikka tayangan davlatchilik
asoslarini barpo etish bilan birga davlat yaxlitligi va kuch-qudratini mustahkamlashning
asosiy omili bo‘lgan kuchli mudofaa tizimi yaratdi hamda temuriylarga meros qilib
qoldirdi. Amir Temur o‘z saltanatining boshqaruv tizimini yaratishda o‘sha davrning
yirik va ko‘zga ko‘ringan harbiylari, amirlar va beklar, fozillar, olimu-ulamolar, o‘z
pirlarining o‘gitlari hamda maslahatlariga tayangan edi. Misol uchun, “Tuzuklar”da
keltirilishicha Amir Temurga piri Abu Bakr Zayniddin Toyobodiy shunday o‘git beradi:
“Agar har narsani va har kimni o‘z martabasida saqlay olmasang, saltanatingga bundan
ko‘p xalal va ziyon etgay. Demak, har kimning qadr-qiymatini, tutgan mavqeini va har
narsaning o‘lchovini belgilab olishing va shunga muvoffiq ish tutishing kerak.”
SHuningdek, “Tuzuklar”da yana shunday ma’lumot beriladi: “O‘zga
mamlakatlarni zabt etish, ularni idora qilish, g‘anim lashkarni sindirish, dushmanni
tuzoqqa tushirish, muxoliflarni ko‘nglini topib do‘stga aylantirish, do‘st-dushman
orasidagi muomala, murosayu-madora qilish xususida ushbu tadbir va kengashlarni
qo‘lladim. Pirim Abu Bakr Toyobodiy menga yozmishlarkim: Abdulmansur
(zafarmand) Temur saltanat yumushlarida to‘rt ishni qo‘llasin, ya’ni, 1) kengash; 2)
mashvaratu maslahat; 3) hushyorligu mulohazakorlik; 4) ehtiyotkorlik. CHunki kengash
va mashvaratsiz saltanatni barcha qilgan ishlari va aytgan gaplari xato bo‘lgan johil
odamga qiyoslash mumkin: uning so‘zlari po‘shaymonlik va nadomat keltirgay.
SHunday ekan, saltanatni boshqarishda mashvaratu maslahat va tadbir bilan ish yuritgin,
toki oqibatda nadomat chekib, po‘shaymon bo‘lmagaysan.”
Amir Temur va temuriylar davrida fuqarolarda davlat tomonidan o‘rnatilgan
qonunlarni hurmat qilish, ularga ma’suliyatli yondashish tushunchalari shakllangan. Bu
esa davlat tomonidan ilgari surilgan maqsad va g‘oyalarni amalga oshirishdagi
kafolatlardan biri bo‘lib xizmat qilgan.
Air Temur davlati markazlashgan davlat bo‘lib, butun hokimiyat davlat
boshlig‘ining ixtiyorida bo‘lgan. Tadqiqotchilarning fikricha, Amir Temur davlatining
boshqaruv asoslari shakllanishi rivojida kengashlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgan.
Vaqti-vaqti bilan muhim ijtimoiy-iqtisodiy, harbiy va siyosiy masalalarni hal qilishda
katta va kichik kengashlar chaqirilib turilgan. Katta kengashlar tinchlik vaqtlarida
Samarqanddagi hukmdor saroyida chaqirilgan. Unda oliy hukmdorning qarindosh
urug‘lari, yuqori martaba va mavqega ega bo‘lgan ruhoniylar tabaqasining vakillari,
bosh amirlar, beklarbegi, ulus, tuman hokimlari, mingboshilar, yuzboshilar, o‘nboshilar,
bahodir unvoniga ega bo‘lgan harbiylar kabilar ishtirok etganlar. Ushbu kengashda
mamlakat hayoti bilan bog‘liq masalalar muhokama qilingan. Kichik kengashda Amir
Temur, uning o‘g‘illari, qarindoshlari, qo‘shin boshliqlari ishtirok etganlar. Unda uzoq
mamlakatlarga harbiy yurishlar bilan bog‘liq masalalar hal qilingan.
Amir Temur davrida markazda hamda tobe hududlarda xon boshchiligida
mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati shakllangan. “Tuzuklar”da mukammal
davlat boshqaruvini tashkil etish quyidagicha ifodalanadi:
davlatdaxlsizliginivamustahkamliginihartomonlamamuhokamaqilish;
oliyhukmdorhokimiyatiningcheklanmaganligihamdamustaqilsiyosatyurgizishi;
vazirlarga yuklatilgan majburiyatlar va ular bajarishi lozim bo‘lgan vazifalar;
markazga tobe bo‘lgan mulk(ulus)lar amirlari hamda tuman hokimlarining
vazifalari;
oliy davlat kengashi;
davlat xavfsizligi va mustahkamligi, joylardagi jamoat tartibi hamda mamlakat
tinchligi, osoyishtaligini saqlash;
muntazam qo‘shin tashkil etib, qo‘shin qo‘mondonlarini tayinlash, lavozimlarga
ko‘tarish, rag‘batlantirish va ularga maosh to‘lash;
aholidan olinadigan turli soliqlar(zakot, xiroj va boshq.) miqdorini aniqlash;
harbiy yurishlarda jasorat namunalarini ko‘rsatganlarni (noiblar, amirlar,
sipohiylar va boshq.) rag‘batlantirish;
Harbiy yurishlar va janglar paytida qo‘shinning joylashuvi va ularni ajratib
turuvchi belgilar.
Zamonaviy adabiyotlarda keltirilishicha, Amir Temur o‘ziga qadar mavjud
bo‘lgan davlatchilikning quyidagi sakkizta asosiga amal qildi:
davlat o‘z vazifasini bajarmog‘i uchun, eng avvalo, siyosiy jihatdan mustaqil
bo‘lishi;
davlat va jamiyatning yaxlitligi buzilmasligi;
davlat va jamiyat muayyan bir qonunlar, trtiblar va mafkura asosida
boshqarilmog‘i;
boshqaruvning turli tabaqalari, yo‘nalishlari, sohalarini muvofiqlashtirib turuvchi
ma’lum bir tizim shakllangan bo‘lishi;
jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarining ahvoli davlat e’tiborida
bo‘lishi;
fan va madaniyatning ravnaqi to‘g‘risida doimiy qayg‘urishigadavlat ahamiyatiga
molik qat’iy siyosat sifatida qarash;
har bir davr shart-sharoiti, tartiblariga ko‘ra, davlat jamiyat ichki
taraqqiyotimasalalarini tashqi dunyodagi mavjud omillardan foydalangan holda olib
borishi;
Davlat tepasidagi kuchlar o‘tmish, zamona va kelajakni teran tafakkur,
mustahkam iymon, g‘oyat yuksak ma’naviyat va millatparavchilik ila anglamog‘i.
SHu bilan birga Amir Temur yuqoridagi sakkizta asosni yana bir to‘qqizinchi asos
bilan boyitdi. U ham bo‘lsa, jamiyat rivojida barcha ijtimoiy tabaqalar faoliyatini
nazarda tutish va manfaatlarini ta’minlashdan iboratdir. Amir Temur bo‘yicha bunday
tabaqalar o‘n ikkita bo‘lib, ularda jamiyatning barcha tarkibiy qismlari o‘rin olgan.
Bu tabaqalar quyidagilar edi:
1.Sayyidlar, olimlar va shayxlar.
2.Katta tajribaga ega ilmli kishilar.
3.Duo qiluvchi taqvodorlar.
4.
Lashkarning sipohlari, sarhang va amirlar.
5.Askar va xalq ommasi.
6.
Davlat boshqaruv ishlarini ipidan ignasigacha biladigan maslahatgo‘y, dono va
aqlli kishilar.
7.
Vazirlar, kotiblar, devon boshlig‘i.
8.Tibbiyot ahli, munajjim va muhandislar.
9.
Muhaddislar va muarrixlar.
10.Tasavvuf vakillari va oriflar.
11.Hunarmandlar va san’atkorlar.
12.Ajnabiy sayyohlar va savdogarlar.
Yuqoridagi ijtimoiy qatlamlar Amir Temur davri davlatchiligini ma’muriy-
boshqaruv tizimidagi tartiblr bilan aloqador holda uning harbiy-siyosiy xususiyatga ega
bo‘lganligidan ham dalolat beradi.
Amir Temur va temuriylar davrida yaratilgan davlat boshqaruv asoslari qonunlar
ustivor bo‘lgan va fuqarolarning himoyasi, tinchligi va barqarorligi ta’minlangan jamiyat
asoslarining yuzaga kelishiga katta imkoniyatlar yaratgan. Qonun ustivorligiga, adolat
tamoyillariga saltanatda va tashqi munosabatlarda qat’iy amal qilingan. Amir Temur va
temuriylarning boshqaruvida maslahatu mashvaratga tayanish davlatning bexato siyosat
yuritishga olib boruvchi omillardan biri hisoblangan.
Amir Temurning kuchli markazlashgan davlat barpo etishi natijasida
Movarounnahrda o‘zaro urush va nizolarga barham berilib, uning barcha hududlarida
tinchlik va osoyishtalik o‘rnatildi. Fan, madaniyat, hunarmandchilik, dehqonchilik,
savdo-sotiqning rivojlanishiga imkon yaratildi. Amir Temur vafot etgach bu an’analar
buzilgan bo‘lsa-da, SHohruh va Ulug‘bek Sohibqiron davridagi tartib-qoidalani tiklash
borasida say’i-harakatlar olib bordilar.
Bizga manbalardan ma’lumki, Amir Temur hokimi mutlaq bo‘lib, uning farmolari
so‘zsiz ijro etilgan. Ammo, o‘rta asrlar davlatchilik an’analariga ko‘ra, nasl- nasabi xon
avlodiga mansub bo‘lmagan shaxs taxtni boshqara olmas edi. SHuning uchun ham, o‘z
davrida Amir Qozog‘on tomonidanbelgilangan an’anaga ko‘ra, Amir Temur avval
CHingizxon avlodidan bo‘lgan Suyurg‘atmishni (1370-1388yy.) keyin esa uning o‘g‘li
Sulton Mahmudxonni (1388-1402yy.) o‘z huzurida “xon” qilib ko‘taradi. Ularning
nomidan yorliqlar chiqarilib, tanga pullar zarb qilingan bo‘lsa-da, Sohibqiron ularni
davlat ishlariga umuman aralashtirmagan. Sohibqiron “amir” unvonida bo‘lib, 1370yilda
Qozonxonning qizi Saroymulkxonimga uylanganidan so‘ng “Qo‘ragon” (“Xon
kuyovi”) unvonini oladi. Bu holat, ya’ni, xon avlodiga kuyov, qarindosh bo‘lishi ham
uning siyosiy mavqeini rasman bo‘lsa ham mustahkamlashga xizmat qilgan.
Amir Temur o‘zi barpo etgan ulkan saltanatni o‘g‘illari, nabiralari va nufuzli
amirlariga suyurg‘ol tarzida in’om qilib, ular orqali boshqardi. Movarounnahrni esa
poytaxt Samarqand bilan o‘zida qoldirdi. Suyurg‘ol tariqasida berilgan uluslar markaziy
hukumatga itoat etsalarda, ammo ular ma’lum mustaqillikka ega edilar. Ulus
hukmdorlarining alohida devonxonasi bo‘lib, ularning markaziy hukumatga tobeligi
xirojning bir qismini Samarqandga jo‘natish va oliy hukmdorning harbiy yurishlarida
o‘z qo‘shini bilan qatnashish yoki talab qilingan askarni yuborib turishdan iborat edi.
Amir Temur va temuriylar davri davlatchiligida markazda va joylarda xon boshchiligida
mukammal va puxta davlat boshqaruv apparati, boshqaruvdagi ikki muhim, hamda
asosiy idora- dargoh va devonlar(vazirliklar) mavud edi.
Dargoh- eng oliy davlat idorasi bo‘lib, oliy hukmdor Amir Temur, yuqorida
eslatganimizdek, Suyurg‘atmishni “xon” deb e’lon qilgan bo‘lsa-da, hokimiyat
batamom Sohibqiron ihtiyorida bo‘lgan. “Soxta xon” e’lon qilinishi holati o‘sha davr
vaziyati va voqeyligidan kelib chiqib, Amir Temur hokimiyatini mustahkamlash yo‘lida
amalga oshirilgan edi. “Tuzuklar”da keltirilishicha, dargohda vaqti-vaqti bilan xos
majlislar o‘tkazilib turilgan. Bunday majlislarda davlat va mamlakat idorasi, sodir
bo‘layotgan o‘zgarishlarga munosabat, mansab va vazifalarga tayinlash masalasi ko‘rib
chiqilgan. Bunday tadbirlarni tor doirada o‘tkazilishiga sabab, davlat ahamiyatiga molik
masalalarni chetga ayon bo‘lishidan saqlanish edi.
Dargoh faoliyatini boshqarish, uning devonlar va joylardagi mahalliy hokimiyat
idoralari bilan bog‘lanib turish ishlari Oliy devon zimmasida bo‘lgan. Dargoh tizimidagi
bu devonga devonbegi boshchilik qilgan. O‘sha davrda oliy devonning ahamiyati va
mavqei shu qadar baland bo‘lganki, ayrim manbalar (Ali YAzdiy) uni dargoh bilan bir
ma’noda ta’riflagan.
Dargoh faoliyati boshqaruvida quyidagi mansab va vazifalar mavjud edi.:
arzbegi – dargohdagi muhim vazifalardan biri bo‘lib, uning xizmati dargohga arz-dod,
shikoyat bilan kelganlarnihamda mamlakatda sodir bo‘layotgan voqealargao‘z
munosabatlarini bildiruvchilarni qabul qilishni uyushtirib turish edi. Undan tashqari,
tushgan arzlar, shikoyatlar va takliflarni oliy hukmdorga etkazib turish ham
arzbeginingvazifasi bo‘lgan;
adolat amiri – bu mansabdagi shaxs turli o‘lka, viloyat va shaharlarda “sipoh va
raiyyat orasida urf-odatlarga oid janjalli ishlar haqida” oliy hukmdorga hisobot va
ma’lumot etkazib turgan. Tadqiqotchilarning xulosalariga ko‘ra, joylardagi ahvoldan
boxabar bo‘lib turishning ikki yo‘lidan foydalanilgan:biri pastdan yuqoriga, ya’ni,
arzchilar, to‘g‘ridan-to‘g‘ridargohga murojaat qilish imkoniga ega bo‘lganlar, ikkinchisi
esa, maxsus xizmat orqali joylardagi vaziyat davlat tomonidan, aniqrog‘i, oliy hukmdor
dargohi orqalitekshirib borilgan. Mavjud holatlar aniqlanib, shunga yarasha chora-
tadbirlar ko‘rilgan;
aminlar – tushgan ma’lumotlarni joylarga topshirib, adolatsizlik, tartibsizlik,
davlat va jamiyat manfaatiga zid ishlar haqida yozma ma’lumot berib turadigan maxsus
ishonchli vakillar hisoblanib, ularning vazifasiga bundan tashqari tobe erlar
to‘lovlarining yig‘ib kelish ham kirgan;
tavochi– muhim lavozimlardan biri bo‘lib, oily farmonga ko‘ra, joylarga borib
harbiy yurish uchun lashkar to‘plash bilan shug‘illangan. Tavochilar avval boshdan
belgilangan lashkar sonining taxt bo‘lishi, tayyorgarlik darajasi, ta’minoti
ko‘ngildagidek talabga javob berishi, ko‘rsatilgan joyga muayyan yo‘l bilan o‘z
vaqtida etib borishi kabi g‘oyatda ma’suliyatni tadbirlarga javobgar bo‘lganlar. Ularning
boshlig‘I bosh tavochi deb atalib, ular tumanot (o‘n minglik), hazorajot (minglik),
sadajot (yuzlik), etakchilaridan, viloyat hokimlaridan qo‘shinni o‘z vaqtida, belgilangan
son va sifat, ta’minlanganlikda etkazish berish to‘g‘risida tilxat olganlar.
SHuningdek dargohda bosh hojib, hojiblar (rasmiy tadbirlar boshqaruvchisi va
tashkilotchilari), xazinador, xonsolar (dasturxon tuzatishga bosh-qosh bo‘luvchi),
jibachi (qurol-aslaha saqlovchi), qushchi (podshohona ovlar uyushtirilganda maxsus
o‘rgatilgan ov qushlarini olib yuruvchi va parvarish qiluvchi) va manashu xizmatni
boshqaruvchi qushbegi, bakovulboshi ( saroy oshpazlarining boshlig‘i), kotiblar,
bitikchilar, tabiblar, sozandalar, g‘azalxonlar, farroshlar kabilar mavjud bo‘lgan.
Mamlakatdagi ijroya tizimi markazdagi vazirliklar faoliyatida mujassamlashgan.
Amir Temur somoniylar, qoraxoniylar, g‘aznaviylar, saljuqiylar, anushteginlar
davrlaridagi ijroya hokimiyatining vazirliklar tizimini o‘zdavriga moslab, yangi
asoslarda qaytadan yo‘lga qo‘ydi. Davlat boshqaruvida quyidagi vazirliklar mavjud edi:
Mamlakat va raiyyat vaziri – bosh vazir hisoblanib u mamlakatning muhim
ishlari, kundalik muammolar, xalq ahvoli, viloyatlarda olinadigan hosil, soliqlar va
ularni taqsimlash, kirim-chiqimlar, obodonchilik ishlari, aholi farovonligi, xazinaning
ahvoli kabilarga mas’ul bo‘lgan hamda mazkur masalalar bo‘yicha hukmdorga tegishli
ma’lumot va hisoblar berib turgan.
Harbiy ishlar vaziri – harbiylarning maoshi, alohida xizmatlari uchun ularga tuhfa
qilingan er-suvlar boshqaruvi, qurol-aslaha ta’minoti, harbiy ko‘riklarni tayyorlash,
janglarda yarador bo‘lib xizmatga yaroqsiz bo‘lganlarga nafaqa tayinlash, iste’foga
iqqan harbiylar to‘g‘risida qayg‘urish kabi masalalar bilan mashg‘ul bo‘lgan
3.
Mulkchilik va soliq ishlari vaziri – turli sabablarga ko‘ra egasiz va qarovsiz
qolgan mol-mulklarni nazoratga olish va qo‘riqlash, savdogarlardan zakot va boj undirib
olish, mamlakat chorvalari, o‘tloq-yaylovlarni boshqarish, er solig‘i, chorva solig‘i,
zakotlarni o‘z vaqtida yig‘ilishi va o‘z vaqtida davlat xazinasiga tushishini nazorat
qilish, mulkchilikdagi merosxo‘rlik tartiblarini amalga oshirish kabi vazifalarni
bajargan.
4.
Moliya vaziri – butun saltanat idoralarinig kirim-chiqimlari, xazinadan sarf
qilinayotgan barcha xarajatlar hisobini olib borish vazifasini bajargan.
5.
Davlat korxonalari vaziri – uning ihtiyorida bir qancha ustaxonalar bo‘lib, ular
doimiy ravishda harbiylar uchun sovut, dubulg‘a, kamon, o‘q-yoylar tayyorlaganlar.
SHuningdek, bu vazir bevosita Amir Temurning buyrug‘I bilan yirik inshootlar
(saroylar, machitlar, madrasalar, timlar va boshq.) qurilishiga rahbarlik qilgan.
6.
Devonbegi (devon boshlig‘i) – davlat mablag‘lari devonbegi ixtiyorida
bo‘lgan hamda u davlat xazinasidagi mablag‘larning vazirlar tomonidan to‘g‘ri va
maqsadga muvofiq saqlanishini nazorat qilgan.
7.
Adliya vaziri (devoni mazolim) – bu vazir to‘g‘ridan-to‘g‘ri fuqarolar va
dunyoviy ishlar bilan shug‘illangan. Harbiy sud (lashkar qozisi) esa alohida ravishda
faoliyat ko‘rsatgan. SHariat tartiblari bilan islom qozisi shug‘ullangan.
8.
Harbiy sud vaziri – bu vazir alohida faoliyat ko‘rsatib, sipohiylar (harbiylar)
ishlarini ko‘rib chiqib, muhokama qilgan.
9.
Vaqf ishlari vaziri –bu vazirlik kasad rus-sudur (sadrlar boshlig‘i, sadrlar sadri)
boshchilik qilgan bo‘lib, u vaqf mulklari bilan bog‘liq masalalarga mutasaddi bo‘lgan.
10.
Habar va aloqa vaziri – bu vazir zimmasiga mamlakatning turli
burchaklarida sodir bo‘layotgan voqealardan hukmdorni ogoh qilib turish, markazdan
joylarga buyruq, farmon va ko‘rsatmalarni jo‘natish, markazga turli hujjat, hisobot
kabilarni yetkazishi, tashqi siyosiy-diplomatik munosabatlarni amalga oshirish hamda
davlat yuklarini o‘z manzillariga yetkazish yuklatilgan. Vazirlikning o‘zi devoni rasoil,
devoni insho deb atalgan.
Mamlakatda ichki va tashqi favqulodda voqealardan voqif etib turuvchi ming
nafar piyoda, ming nafar tuya mingan, ming nafar ot mingan choparlar bo‘lgan. Butun
saltanat bo‘ylab bir kunlik yo‘l oralig‘ida yomxonalar tashkil etilgan bo‘lib, har bir
yomda ellik boshdan ikki yuz boshgacha ot-ulov saqlangan. Tadqiqotlardan ma’lumki,
Amir Temur va temuriylar davlatni ulus, viloyat va tumanlarga bo‘lib boshqarganlar.
Temur davrida saltanat to‘rt ulusga bo‘linib, ularga o‘g‘il va nabiralarni hukmdor etib
tayinlagan. SHuningdek, viloyat va tumanlarni ham asosan temuriy shahzodalar va
harbiylar boshqarganlar. Ali YAzdiy ma’lumotlariga ko‘ra, Amir Temur janglarda,
davlat ishlarida toblangan sadoqatli tadbirkor, oqil va bilimdon shaxslarni o‘g‘illari va
nabiralari yoniga maslahatchi qilib tayinlagan hamda ularga yirik viloyat va hududlarni
ishonib topshirgan. Amir Temur mahalliy hokimliklarni o‘ziga itoat etuvchi davlat
maslahatchilari orqali ham muvofiqlashtirib turgan hamda mahalliy va markaziy
hokimiyat aloqadorligini shu mansab orqali ushlab turishga harakat qilgan.
Mansablarga asoslangan zamonaviy tadqiqotlarda Amir Temur va temuriylar davri
mansab va unvanlari haqida ko‘plab ma’lumotlar mavjudki, ular quyidagilardir: amin,
arzbegi, bakovul, bakovulboshi, bovarchi, baxshiylar, bitikchi, vazir, daftardor,
devonbegi, dorug‘a, dodxoh, jarchi, juybon, zobit, ixtisobchi, zinbardor, inoq, ichkilar,
iqto, yasag‘lik, ko‘kaldosh, kulu, kalontar, kutvol, ko‘ragon, mavkab, mahdi ulyo (mahdi
oliya), majlisnavis, miroxo‘r, mirob, muxtasib, oqo (og‘o), otaliq, parvonachi, pos
(posbon), sadr, sadri a’zam, sohibi devon, tavochi, tarxon, uyo‘g‘lon, farrosh, xazinador
(xozin), xattot, chuhra, shayxulislom, chuhraboshi, shiqovul, shixna, shuqurchi, yurtchi,
yasovul, qozilar, qo‘rboshi, qushchi (qushbegi), qorovul, qopuchi, hojiblar.
Amir Temur manbalarda o‘z zamonasining mashhur sarkardasi va yirik
lashkarboshi sifatida tilga olinadi. Uning harbiy iste’dodi hamda sarkardalik mahorati
qo‘shinlarning tuzilishida, harbiy strategiya hamda taktikalarda namoyon bo‘lgan.
Qo‘shinning yuragini va qo‘mondonlik o‘zagini barlos urug‘i vakillari tashkil etgan.
O‘sha davr voqealarining shohidi bo‘lganlarning guvohlik berishicha, barloslar harbiy
qo‘nimsizlikka nihoyatda chidamli, kamondan o‘q o‘zishga juda usta, o‘z
hukmdorlariga sodiq va sabr-toqatli bo‘lganlar.
Sohibqiron qo‘shini o‘nlik birikmalar asosida tuzilgan bo‘lib, lashkar tuman (o‘n
minglik), hazora (minglik), xushun (yuzlik) va ayl (o‘nlik) qismlarga bo‘lingan.O‘n
minglik lashkarni boshqarish uchun mirixazora, yuzliklar uchun xo‘shunboshi o‘nliklar
uchun esa aylboshi kabi harbiy mansablar joriy etilgan. Qo‘shindagi bo‘linma boshliqlari
– amirlar Sohibqironga tobe bo‘lgan qirq aymoq (urug‘)dan o‘n ikkitasi: barlos, arg‘in,
jaloyir, tulkichi, duldoy, mug‘ul, suldo‘z, to‘g‘oy, qipchoq, arlot, totor va tarxonlar
orasidan saylab olingan.
XV
asr muallifi Abdurazzoq Samarqandiyning ma’lumot berishicha, harbiy
safarda har bir jangchi o‘zi bilan bir yilga etadigan oziq-ovqat, kamoni bilan o‘ttiz o‘qli
sadoq (o‘qdon), sovut, nayza va qalqon olgan. Har ikki suvoriyda bitta zahira chopqir
ot, o‘rdagohdagi har bir o‘nlik qismda bittadan chodir, qozon, ketmon, o‘roq, bolta,
bigiz, ikkita belkurak, yuzta igna, arqon, bitta oshlangan pishiq teri bo‘lishi shart edi.
Harbiy safarbarlik paytida har bir viloyat oldindan belgilab qo‘yilgan asosiy (asl) hamda
zahira (izofa) qismlarni to‘plab bergan. Viloyatlar toshotar (sangandoz), devor buzuvchi
(manjaniq), o‘t otuvchi (ra’dandoz va naftandoz) kabi moslamalarni ishlatishni
biladigan jangchilarni tayyorlab bergan. Viloyatlardagi askariy qismlarni to‘plash
hamda markazga yoki tayinlangan manzilga jo‘natish bilan tavochi lavozimidagi
amaldor shug‘ullangan.
Qo‘shindagi har bir harbiy–hohamir, hoh oddiy sipohiy bo‘lsin belgilangan
nizomni qat’iy bajarishga majbur bo‘lib, jangda ayovsiz va dovyurak bo‘lishi, omonlik
istagan dushmanga yumshoq muomala qilishi hamda adolatli bo‘lishi lozim
hisoblangan.
Harbiy safarlar paytida har bir qo‘shin qismlarining eng oldida dovyurak va botir
askarlardan tanlab olingan xabarchi (xabargir) deb yuritilgan ayg‘oqchi- kuzatuvchilar
bo‘linmasi yurgan. Ularning orqasidan soqchilar bo‘linmasi – yasovul borgan. Undan
keyin qo‘shinning avangard qismi manglay harakatda bo‘lgan. Manglaydan keyin
qo‘mondonning o‘rdagohi, uning yon tomonlarida izofa (zahira) qismlar joylashgan.
Qo‘shinning asosiy jangovar qismi – markaz hamda o‘ng qanot (barong‘or)vachap qanot
(javong‘or)lardan iborat bo‘lgan. Har bir qanotning oldida qo‘riqchi manglay –
avangard, yon tomonlarida ham qo‘riqchi askariy bo‘linmalar - kanbullar
joylashtirilgan. SHu zaylda qo‘shin etti qism - qo‘llardan iborat bo‘lib,
ulardan uchtasi – markaz, barang‘or va javong‘orlar mustaqil; to‘rttasi – ikki manglay
va ikki kanbullar tobe qismlar bo‘lgan.
Sohibqiron birinchi marta jang usulida qo‘shinni etti qismga bo‘lishni joriy etgan
edi. SHarofiddin Ali YAzdiy bu haqda shunday ma’lumot beradi: “... hazrat cherik
(qo‘shin)ni etti qo‘l tartib ettikim, hech podshoh andoq qilmaydur erdi va eshitmaydur
erdi. Va bu etti adadida xosiyat ko‘b turur va ko‘b sir yanda bor erdi...”
Amir Temur davlatida maxsus tayyorgarlikdan o‘tgan minglab kishilar
mamlakatning bosh ma’muriy binosini, o‘rduni chegaralarni, davlatni qo‘riqlaganlar.
Favqulodda holatlarda, mamlakat uchun katta xavf tug‘ilganda armiyani safarbar etish,
zudlik bilan qo‘shin to‘plash qoidalari ham ishlab chiqilgan. SHuningdek, temuriylar
davrida ham, ayniqsa, SHohruh Mirzo, Mirzo Ulug‘bek, amirzoda Umar, Husayn
Boyqaro davrlarida ham davlat himoyasi yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Ammo, hokimiyat
uchun bo‘lib turgan o‘zaro kurashlar bu jarayonning zaiflashuviga olib kelgan edi.
Ta’kidlash lozimki, Sohibqironning qat’iy va mustahkam harbiy tizimni
shakllantirishdan asosiy maqsadi, eng avvalo, mamlakatni ichki va tashqi
dushmanlardan himoya qilish, tobe hududlardagi tartibsizliklarni oldini olish, adolat,
tinchlik va barqarorlikni o‘rnatish, mazlumlarni zolimlardan himoya etish,
insonparvarlik va bag‘rikenglik g‘oyalariga amal qilish hamda keng tarqatish, qonun
ustivorligiga erishish, mamlakatlarni taraqqiyot yo‘liga solish, islom dini va
baynalminal kelishuvchilikni ta’minlash, zo‘ravon davlatlar va guruhlarning g‘arazli
maqsadlarini amalga oshirishga yo‘l qo‘ymaslik edi. Amir Temur harbiy yurishlaridan
ko‘zlagan maqsadi haqida “Tuzuklar”da shunday bayon qilinadi: “Biron mamlakatda
jabr-zulm va fisqu-fasod ko‘payib ketar ekan, asl podshohlar adolat o‘rnatish, fisq-
fasodni, zulmni yo‘qotish niyatida ana shunday mamlakatga hujum boshlashi lozim.”
SHuningdek, “Tuzuklar”da keltirilishicha, Amir Temur qo‘shiniga asli toza, aql-
farosatli, bahodir, dovyurak, tadbirkor, sergak, ehtiyotkor, oldi va ketini o‘ylab ish
tutadigan, jang sir-asrorlarini biladigan uch yuz o‘n uch amirlar rahbarlik qilib,
ularning kichigi kattarog‘iga bo‘ysungan. Bu amirlardan yuz nafari o‘nboshi, yuz
nafari yuzboshi va yuz nafari mingboshi bo‘lgan. Jang paytida amir ul-umaro
amirlarga, amirlar mingboshilarga, mingboshilar yuzboshilarga, yuzboshilar
o‘nboshilarga boshchilik qilgan hamda buyruqlar so‘zsiz bajarilgan.
“Tuzuklar”ga ko‘ra, har bir harbiy mansabdorning aniq vazifasi belgilangan.
Birorta oddiy navkar qilich chopib bahodirlik ko‘rsatsa, unga in’om tariqasida
qimmatbaho toshlar qadalgan o‘tog‘a, kamar, turna bellik qilichva bir ot berilgan hamda
o‘nboshilik martabasiga ko‘tarilgan. Agar birorta amir biron mamlakatni fath etsa, yoki
g‘anim lashkarini engsa, u uch narsa: faholi xitob (faxriy yorliq), tug‘, nog‘ora bilan
taqdirlangan. O‘zining nog‘orasiga, tug‘iga ega bo‘lgan amir majlislarda hurmat-izzatga
ega bo‘lib, xos kishilardan hisoblangan.
|