1-Mavzu: Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar Sezgi to‘g‘risida umumiy tushuncha


Sezgilarning retseptor va reflektor nazariyalari



Yüklə 150,6 Kb.
səhifə3/19
tarix05.05.2023
ölçüsü150,6 Kb.
#108255
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
1-Mavzu Sezgi va idrok umumiy tasavvurlar, yondoshuvlar

3. Sezgilarning retseptor va reflektor nazariyalari
Sezgilarning retseptor nazariyasiga ko‘ra, retseptor yoinki sezgi aʼzolari ularga taʼsir qiluvchi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sust (pas-siv) javob qaytaradi, sezgilar harakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, harakatning o‘zi esa aksincha faol (aktiv)dir.
Hozirgi davrda sezgilarning retseptor nazariyasi mutlaqo sezgi jarayonining fiziologik mexanizmini ochib berishga yaroqsiz ekanligini qator tadqiqotchilar tomonidan ishonchli omillarga suyangan holda taʼkidlab o‘tilgandir.
Sezgi jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya — sez-gilarning reflektor nazariyasi deb ataladi. Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat etaylik va hayvonot olamida aks etti-rishni tahlil qilib ko‘raylik. Hayvonlar va jonivorlarning sez-gilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam taʼsirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol (aktiv) ravishda aj-ratgan holda xatti-harakatni amalga oshiradilar. Masalan, bolari (asalari) bir xil turkumdagi gullarga nisbatan aralash holdagi gul-larga faol (aktiv)roq javob reaksiyasini bildiradi; qirg‘iy irish-chirish hidlariga, undan ko‘ra suv o‘tlarining ildizlari hidiga chaq-qon harakat qiladi. Mushuk sichqonning qitirlashiga eʼtiborini kuchaytiradi, lekin xuddi shunga o‘xshash kamerton tovushini keltir-sak, aslo unga parvo ham qilib qo‘lmaydi.
Bu omillar shuni ko‘rsatib turibdiki, birinchidan, sezgilar fa-ollik (aktivlik) xususiyatiga ega, ikkinchidan, ularning vujudga kelishida harakat tarkiblari ishtirok etadi. AQShlik psixolog Neffning taʼkidlashicha, mikroskop ostiga olib teriga igna sanchilsa, xuddi shu uchastkada (maydonda) reflek-tor harakat reaksiyalari kuzatilgan; tomirning qisilishi, teri gal-vanik refleks (KGR), goho ko‘z harakati, bo‘yin muskullarining ta-ranglashuvi, qo‘lning harakat reaksiyasi sodir bo‘lishi mumkin.
Jahon psixologlari tomonidan narsalarning murakkab tomonla-rini tanish, farqlash harakatning ishtirokisiz amalga oshmasligi taʼkidlab o‘tilgan. Masalan, ko‘zni yumib jismni farklash uchun qo‘l bilan uni paypaslash kerak, aks holda uning holati, shakli, qattiq yoki yumshokligi, g‘adir-budurligini bilib, sezib bo‘lmaydi.
I. M. Sechenovningfikriga ko‘ra, jismni ko‘z bilan idrok qilish uchun ko‘z o‘sha narsani «qidirsin”, faqat shundagina maqsadga muvo-fiq harakat yuzaga chiqqan bo‘ladi. Hozirgi davrda psixologiya fani-da ko‘z harakatlari nazariyasi ishlab chiqilgan bo‘lib, ular va makro va mikro, ixtiyoriy hamda ixtiyorsiz ko‘rinishlarga ajratiladi. Ular quyidagi nomlar bilan ifodalanadi: konvergent, divergent, gori-zontal, vertikal, siklofuzion, torsion, version, vergent, sakka-dik, tremor, dreyf, fliki kabilar. Ko‘z harakati yordami bilan fa-zoda o‘rin almashib turgan jismlarni tanish, bilib olish va identi-fikatsiyalash amalga oshiriladi. Ko‘z harakatlari uch juft tashqi mus-kullari, yaʼni miya bosh suyagining III, IV va VI juft nervlari orqali ro‘yobga chiqadi. Ko‘zning mikro va makro harakatlari sezgining mexa-nizm rolini bajarish imkoniyatiga ega.
Eshitish sezgisi eshitish va tovush apparatlari tarkiblarining yaqin ishtirokida vujudga keladi.
Shunday qilib, yuqoridagi mulohazalarga ko‘ra, elementlar (sod-da) faol reflektor jarayoni, shuningdek, murakkab faol retseptor faoliyatjarayoni (paypaslash, suratgatikilish kabilar) mavjud bo‘lib, sezgilarning vujudga kelishini taʼminlab turadi. Psixologik maʼ-lumotlarning taxliliga ko‘ra, faol harakatning har qaysisi sezgi-ning reflektor nazariyasidan iboratdir.

Yüklə 150,6 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin