Hid bilish sezgilari Hid bilish sezgilariga hidlarni his qilish kiradi va ularning organi burun kovagining yuqori tomoni hisoblanib, bu yerda hid bi-lish hujayralari hamda sezuvchi nerv tarmoqlari joylashgan, ular shilliq pardalarda botib turadi.
Hidli moddalar sezuvchi nervni qo‘zg‘aydi, hid bilish markazi bosh miya yarim sharlari orqa yuzasining pastki qismida mavjud deb tax-min qilinadi. Hidli moddalar hid bilish hujayralariga gaz hola-tida taʼsir etib, kimyoviy reaksiyalar yo‘li bilan ularni qo‘zg‘atadi (ularning barchasi bug‘lanadi va eriydi). Odatda, gaz holatidagi hidli moddalar havo bilan nafas olish jarayonida burun kovagiga kirib keladi, natijada aks ettirish holati hosil bo‘ladi.
Taʼm bilish (maza) sezgilari Taʼm bilish sezgilari shirin, achchiq, nordon, sho‘r singari maza-larni his qilish bilan tavsiflanadi. Ular muayyan turkumga kiri-tilgan va kiritilmagan xilma-xil turlarga ega bo‘lib, narsalarning, moddalarning nomlari bilan yuritiladi: nonning mazasi, qovun-ning mazasi kabilar.
Taʼm bilish sezgilarining organi tilning yuzasi va tanglayning yumshoq qismidan tashkil topgandir. Tilning shilliq pardasida maxsus taʼm bilish so‘rg‘ichlari mavjud bo‘lib, ularning tarkibida tayoqsimon hujayralardan tuzilgan maxsus taʼm bilish «kurtaklari” («so‘g‘onlari”)ga ega. O‘ziga xos xususiyatlari, sifatlari bilan tafo-vutlanuvchi taʼm bilish so‘g‘onlari til yuzasida bir tekis taqsimlan-maganligi uchun uning orqa qismi achchiq mazani, uchi shirin mazani, chetlari esa nordon mazani aniq sezadi, lekin uning o‘rtasi bo‘lsa taʼm mazasini aks ettira olmaydi. Taʼm bilish so‘g‘onlarining hujay-rali qismlarida maxsus sezuvchan nervlarning chekka uchlari joy-lashgan, ular taʼm bilish organidagi qo‘zg‘alishni bosh miyaga uzatib turadi, uning markazlari hid bilish markazlariga yaqin joydadir.
Taʼm bilish sezgilari moddalarning kimyoviy xossalari taʼsiri-da hosil bo‘ladi va so‘g‘onlar erigan moddalar taʼsiri ostida qo‘zg‘ala-di.
Hid va taʼm bilish sezgilari o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, kimyoviy moddalarning taʼsir etishi natijasida yuzaga keladi. Ammo ularning bittasi kontakt, ikkinchisi distant sezgilar toifasiga kiradi.