Revert to Saved...buyrug’i joriy tahrir seansida kiritilgan barcha o’zgartirishlarni yoq qiladi va sxemani oxirgi saqlash ko’rinishida tiklaydi;
Print Setup... buyrug’i printerni sozlashga xizmat qiladi;
Install...buyrug’i qo’shimcha dasturlarni o’rnatish uchun xizmat qiladi;
Import from SPICE buyrug’i SPICE (.cir kengaytmali) formatli fayllarni (ularda sxemaning tavsifi va modellashtirish uchun topshiriqberilgan) import qilish hamda sxemani uning matnli tavsifiga ko’ra avtomatik tarzda chizish uchun xizmat qiladi;
Export to SPICEbuyrug’i SPICE formatida berilgan sxemaning tavsifi va modellashtirish uchun topshiriqni tuzish uchun mo’ljallangan;
Export to PCB buyrug’i OrCAD va boshqa bosma platalar yaratish dasturlari formatida berilgan sxemaning ulanish ro’yxatini tuzish uchun xizmat qiladi;
Edit (4-rasm) menyusi ekranning kopiyasini olish va sxemani tahrirlash operatsiyalarini bajarish imkoniyatini beradi;
Cut buyrug’i sxemaninig ajratilgan elementlarini (nazorat – o’lchov asboblaridan tashqari) yoki matnni “qirqish” va almashinuv buferi (Clipboard)da saqlab turish uchun ishlatiladi;
Copy buyrug’i sxemaninig ajratilgan elementlaridan (nazorat – o’lchov asboblaridan tashqari) “nusxa ko’chirish” almashinuv buferida saqlab turish uchun ishlatiladi;
Paste buyrug’i almashinuv buferidan dasturning ishchi sohasiga “nusxa ko’chirish uchun ishlatiladi;
Delete buyrug’i sxemaninig ajratilgan elementlari yoki matnni “yo’qotish” uchun ishlatiladi;
Select All buyrug’i sxemaninig dastur oynasining ishchi sohasidagi barcha elementlarini tanlash uchun ishlatiladi;
Copybits buyrug’i sxemaninig elementlarining almashinuv buferidagi rastr tasviridan nusxa ko’chirish uchun ishlatiladi; bunda buferdagi ma’lumot so’ngra Windowsning istalgan ilovasiga import qilinishi mumkin
Show Clipboardbuyrug’i almashinuv buferidagi ma’lumotni aks ettiradi;
Circut menyusi (5-rasm) modellashtirilayotgan sxemaning ajratilgan elementlari bilan operatsiyalar bajarish imkoniyatini beradi; shu bilan birga ayrim servis operatsiyalarini bajaradi.