«VIRTUAL EXCURSION» IN IMPROVING THE SYSTEM AND
CONTENT OF EDUCATION
Tilakova Mavjuda Ashurovna,
Doctor of Philosophy in Pedagogical Sciences (PhD), Jizzakh Regional
Center for Retraining and Advanced Training of Public Education, Head of the
Department of “Educational Technologies in Pedagogy and Psychology”
Eshmanova Nodira Nazarkulovna,
Senior Lecturer, Department of “Methods of Primary Education” Chirchik
State Pedagogical Institute, Tashkent region
Abstract. This article explores the characteristics of creativity, including
unique thinking, independent, bold, personal thinking; transfer knowledge, skills
and competencies acquired in solving a particular problem to others; perception
of an object in the unity of its parts; ability to analyze and synthesize; provide the
right information at the right time; different perception, observation, examination;
simulation, activation of intuition; distinguish, interpret; creative guessing and
imagination; completion, improvement; reflections, radical changes, and so on.
Keywords: creativity, historical and cultural heritage, intellectual, “Virtual
excursion”, creative, emotional, independent, courageous, personal opinion,
originality, knowledge, skills and abilities in solving a specific problem, information,
unity, innovative method, didactics
Kirish. Bugungi zamon ta’lim tarbiya jarayonida faol ishtirok etilish bevosita
dars sifat samaradorligini ko’tarish asosida yuqori natijalarga erishishga zamin
bulmoqda. Mashg’ulot turlari o’quvchilarni mustaqil tadqiqotchilik faoliyatiga
jalb etib, ularda ijodiy fikr, kreativ tafakkur va qobiliyatni rivojlantiradi. Bularning
barchasi “O’zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklarini kreativ o’rganish”
mavzusidagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar mualliflik dasturining o’quv faoliyati
samaradorligini ta’minlashiga, o’quvchilarda kreativlik qobiliyatini rivojlantirishga
xizmat qiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoev o’quvchi yoshlarni
zamon talablariga muvofiq yangicha ishlash va fikrlashga izlanish, tashabbuskorlik
va tadbirkorlikka chaqirmoqda[1]. Shu sababli ta’lim tizimi va mazmunini
takomillashtirish, uni real hayotga yaqinlashtirish, shuningdek, yoshlarda
intellektual-ijodiy rivojlanish; ijtimoiy-kommunikativ qobiliyatni o’stirish lozimdir.
O’tgan vaqt mobaynida ta’lim amaliyotida ushbu vaziflarni hal etishda birmuncha
yutuqlarga ham erishildi. Xususan, maktablarda tarixiy-madaniy merosni o’rganish
bo’yicha sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarni ijodiy faoliyatga
yo’naltirish muammosi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Adabiyotlar tahlili va metodologiyasi. Buyuk mutafakkirlar: al-Xorazmiy,
imom Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf
Xos Hojib, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Ogahiy va boshqa buyuk
ajdodlarimiz, shuningdek, Mahmudo’ja Behbudiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat
kabi ma’rifatparvarlar pedagogik merosi madaniy-ma’rifiy tarbiyaning asosini
tashkil qiladi bu zamonaviy еtuk shaxsni shakllantirishning ishonchli yo’nalishidir.
Shu bilan birga o’quvchilarning ma’naviy intellektual-ijodiy rivojlanishida xalq
pedagogikasidan foydalanish faollashdi.
Mustaqil hamdo‘stlik davlatlari olimlaridan L.Vыgotskiy, A.Leontev, D.Elkonin,
Образование и инновационные исследования (2022 год №7)
ISSN 2181-1717 (E)
257
http://interscience.uz
O.Vasilchenko, E.Melkumova, V.Mireskaya, M.Suxomlinova, E.Emmanuel
kabilarining ilmiy ishlarida shaxs ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishning nazariy
asoslari o‘rganilgan. E.P.Torrance, N. Rogers, J.Purnell, P.Roberts, A.M.Galligan,
Sh.Tatsuno kabi xorijiy olimlarning ishlarida shaxsning individual qobiliyatlari,
ijodiy salohiyatini namoyon etish masalalari ochib berilgan. Ijodkor shaxsni
tarbiyalashning umumpedagogik jihatlari respublikamiz olimlari O.Musurmonova,
Sh.Sharipov, Sh.Mardonov, S.Nishonova, D.Ro‘zieva, B.Xodjaev, D.Sharipova,
M.Quronov, A.Nurmanov, S.Annamuratova va boshqalar tomonidan tadqiq
etilgan. O‘quvchi shaxsining kreativ qobiliyatlarini shakllantirishning psixologik
va akmeologik xususiyatlari E.G‘oziev, M.Davletshin, D.Muxamedova, S.Safaev
kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan[7].
Mavzuni tadqiq qilish jarayonida pedagogik kuzatuv, qiyosiy tahlil, pedagogik
monitoring, so‘rovnoma, test, suhbat, matematikstatistik kabi tadqiqot va tahlil
usullaridan foydalanildi.
Natija va mulohazalar. Yuqori sinf o‘quvchilarida kreativlik qobiliyatini
rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning muhim sharti sifatida
“O‘zbekiston tarixiy-madaniy yodgorliklari: kreativ o‘rganish” mavzusidagi
sinfdan tashqari mashg‘ulotlar mualliflik dasturi jarayonning tuzilmaviy-
mazmundor asosi hisoblanadi. Fikrimizcha, O‘zbekistonning tarixiy-madaniy
merosi – qadimiy me’moriy yodgorliklarni o‘rganish jarayonida intellektual-ijodiy
topshiriqlarni qo‘llash, innovatsion metodlar asosida o‘quvchida tarixiy-madaniy
bilimlarni oshirish, ularni o‘z emotsional-estetik va me’moriy-badiiy taassurotlarini
intellektual-ijodiy ifodalashga yo‘naltirish mashg‘ulotlar samarasini belgilab
beradi.
Umuman olganda, sinfdan tashqari mashg’ulotlarning aniq texnologiyasiga
quyidagi talablar qo’yiladi:
o’quvchilarning emotsional-hissiy kayfiyatiga e’tibor berish; bunda
ularning kreativlik qobiliyatlari va imkoniyatlaridan, ayniqsa, intellektual-ijodiy
qobiliyatlaridan foydalanish;
tarixiy-madaniy bilimlarni o’rganish davomida o’quvchilarni faol intellektual-
ijodiy jarayonga jalb qilish orqali ularning mos intellektual-ijodiy mahsulot ustida
ishlash jarayonida o’z kreativligini rivojlantirish va o’z-o’zini takomillashtirishiga
erishish;
faol o’quvchilarni alohida rag’batlantirish[2].
Demak, tadqiqotda amalga oshiriladigan pedagogik tizim quyidagilarga
yo’naltiriladi:
yuqori sinf o’quvchilariga tafakkur yurtishning an’naviy sxemalaridan chetga
chiqqan holda fikr yuritishga imkon yaratish, ularning qadimiy me’morchilik
san’atiga oid muammoni idrok qilish, anglash orqali qo’yilgan masala va vazifalarni
tez, dadil va haqqoniy tarzda hal qilishlariga erishish;
O’zbekistonning tarixiy-madaniy merosi bilan bog’liq turli o’quv va o’qishdan
tashqari vaziyatlarda o’quvchilarning intellektual-ijodiy qobiliyatini faollashtirish;
o’quvchiga o’zining еtarli darajada chuqur bilim va o’ziga xos fikrlashga
egaligini namoyish qilish imkonini berish;
o’quvchilarda kreativlikni “his etish” va ulardan faol foydalanish: muammo va
masalani chuqur his qilish, tafakkur tezligi, aniqligi, o’zgaruvchanligi va dadilligi,
tafakkur qobiliyatining o’ziga xosligi, tafakkurning ijodiyligi, texnologikligi, ijodiy
faoliyat konstruktivligini rivojlantirish kabilar.
Amaliyot sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o’quvchilarda tarixiy-madaniy
idrok qilish, topshirilgan va erkin tanlov asosida mustaqil bajariladigan intellektual-
ijodiy ishlar orqali egallangan bilim, tushuncha, taassurot va tasavvurlarning
ortib borishini tasdiqlaydi. Demak, ushbu mashg’ulotlar mazmuni yuqori sinf
o’quvchilari shaxsida kreativlik qobiliyatini rivojlantirishda ijtimoiy-pedagogik
|