Bo‘g‘in ko‘chirish qoidalari. So‘z bo‘g‘inlarga bo‘linadi. Eng kichik bo‘g‘in bir unlidan iborat bo‘ladi: u (olmosh), o-ta, o-na, e-kin va h. k. Har bir bo‘g‘inda bir unli tovush ishtirok etadi.
Bir unlidan hosil bo‘lgan bo‘g‘in birinchi yo‘lda qoldirilmaydi, yonidagi bo‘g‘in bilan birga ko‘chiriladi: o-na emas, ona. Mudofaa, mutolaa kabi so‘zlardagi oxirgi bo‘g‘in – bir a ning o‘zi ko‘chirilmaydi.
Bir tovushni ifodalagan ikki harf (sh, ch, ng) birgalikda ko‘chiriladi:mash-hur, pi-choq, si-ngil, pe-shana, so-chiq, ko‘-ngil; yoki oldingi qatorda qoldiriladi: tong-da, sing-li-si. Ng harfi ishtirokidagi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirish muammosini bartaraf etish uchun ng bir tovushni ifodalaydiganso‘zlarni eslab qolish kerak: ing+ramoq, so‘ng-gi, o-ta-ngiz, mung-li, sing-moq, teng-dosh, teng-la-ma. Ism-shariflar qisqartirilsa, familiyadan ajratilib ko‘chirilmaydi: S.V.Rahimov, A.G.‘ulomov. “Navro‘z – 2016”, “E’tirof – 2017” kabi tanlov nomlari ham ajratilmaydi.
Juft so‘zlar bo‘g‘in asosida ko‘chirilganda keying satrga ham chiziqcha qo‘yish ma’qul. Birinchi chiziqcha bo‘g‘in ko‘chirish belgisi bo‘lsa, ikkinchi chiziqcha juft so‘zlar imlosiga tegishlidir: asta-
-sekin.
Fonetik o‘zgarishlarni farqlamaslik, ayrim tovush o‘zgarishlarining faqat talaffuzda yuz berishi, yozuvda aks etmasligi haqida muayyan bilimga ega bo‘lmaslik ham imlo xatolariga sabab bo‘ladi.
Orfoepiya me’yorlari asosidagi tovush o‘zgarishlari yozuvda aks etmaydi:
– nutq tovushlarining o‘zaro ta’siri, birining ikkinchisini o‘ziga moslashtirishi: ket-di – ketti, ayt - di –aytti, uch so‘m – usso‘m, tuz-sin – tussin, yigit-cha – yigichcha; – ikkita bir xil (o‘xshash) tovushdan birining boshqa (noo‘xshash) tovushga aylanishi: zarar – zaral; zarur –zaril, kissa – kista; koridor – kolidor; – undosh tovushlarning o‘rin almashish hodisasi: daryo-dayro; tebratmoq-terbatmoq; yamlamoq – yalmamoq; tuproq – turpoq; o‘rganmoq – o‘granmoq; to‘g‘ramoq – to‘rg‘amoq; – ikki undosh yonma-yon kelganda, ular orasida talaffuzda i yoki u orttirilishi: fikr – fikir; hukm – hokum; – o‘zak oxiridagi tovushning tushishi: do‘st – do‘s; xursand – xursan, rost – ros, g‘isht – g‘ish; – til oldi nning lab-lab m ga o‘tishi: manba – mamba, shanba – shamba, yonbosh – yombosh, sunbula – sumbula, tanbur – tambur. Ayrimso‘zlar talaffuzidagi o‘zgarishlaryozma me’yorga aylangan: bir, biror so‘zlariga -ta qo‘shimchasi qo‘shilganda r tovushi t ga aylanadi va shunday yoziladi: birta-bitta, birorta-bironta. Unli bilan tugagan va unli bilan boshlangan ikki so‘zning qo‘shilishi natijasida tovushlardan biri tushadi va o‘zgarish yozuvda aks etadi: bora oladi – boroladi; borar ekan – borarkan.