Amaliy mashg‘ulot.
Hayvonlarda tuyoq kasalliklarini tekshirishda birinchi navbatda
hayvonning xulqi va o‘ziga xos bo‘lgan boshqa odatlarini (tishlash,
oldingi oyoq bilan tepish, orqa oyoqlarida tikka turish va
boshqalar)ga e’tibor berish zarur hisoblanadi va bu veterinardan
doimiy ravishda hushyorlikni talab qiladi. Orqa oyoqni fiksatsiya
qilish uchun oldingi oyoqdagi bog‘lamga halqa ilintirib, keyin
undan uzun arqon o‘tkazib bir uchini bo‘yin yoki dum ildiziga
bog‘lanadi, ikkinchi uchini ushlab tortilganda oyoq majburan
yuqori ko‘tariladi.
Qoramollarning tuyog‘ini amputatsiya qilish. Fiksatsiya.
Tayyorgarlik. Bir sutka oldin hayvon oyog‘i suvda yaxshilab yuvi-
ladi va himoya bog‘lami qo‘yiladi. Operatsiyadan oldin vodorod
peroksidi bilan yiringlagan joylarga
ishlov beriladi.
Og‘riqsizlantirish (anesteziya). Ney-
roleptika, aylanma yoki o‘tkazuvchan-
lik anesteziyasi qo‘llanadi.
Operatsiya texnikasi. Oyoqning
distal qismiga qon to‘xtatuvchi elastik
jgut qo‘yiladi. Barmoq suyagi ustidan
amputasiya o‘tkaziladi. Barmoqning
1-falaj proksimal uchining oldingi to-
monidan operatsiya boshlanib, 2-falaj
19-rasm. Qoramol barmo-
g‘ining amputatsiyasi: a, b,
d) kesish nuqtalarining tu-
gash joyi; e) uchburchak teri
qismining olib tashlanishi
a
b
e
d
73
dorsal tomonning yuqorisida tugatiladi (19-rasm). Teri yuzasi
o‘rtalig‘idan, yuqoridan pastga qarab kesiladi. Keyin uni yarimoy
shaklida medial tuyoq oraliq tomoniga uzunasiga hamda loteral
tomonga qarab kesish davom etadi. Shunga o‘xshash kesish
barmoqning palmar tomonidan ham vertikal bajariladi. Shunda
oldingi loteral va medial kesilgan chiziqlar bir- biriga qo‘shiladi.
Barmoq ustida hosil bo‘lgan teri parchasini proksimal 1-falajning
yuqori tomoniga va shuningdek, barmoq oraliq yorig‘ining loteral
tomon chegarasiga qarab teri qavati ajratiladi va uni teskari burab
qo‘yiladi (20-rasm) va 2-barmoqning dorsal tomonida terini ajra-
tish natijasida uncha katta bo‘lmagan bir parcha uchburchak qoladi.
20-rasm. Qoramollarda barmoq amputatsiyasi: a) teri parchasini ajratish; b) 1-
barmoq amputatsiyasi tugatilgan; d) amputatsiya cho‘ltog‘iga chok o‘tkazish
Qon oqayotgan tomirlar o‘z vaqtida bog‘-
lanadi. 1- barmoq suyagining distal qismi
tekisligicha tushoq, kunjutsimon suyak
oraliq bog‘lami, panja oraliq bog‘lami va
panja oraliq yog‘ to‘qimalarini qaychi bi-
lan kesiladi. Keyin tuyoq suyagi arralanadi
(21-rasm). Oxirida parchalangan to‘qima-
lar olib tashlanadi, tomirlar bog‘lanadi,
o‘tkir qoshiqcha bilan suyak iligi qirib olib
tashlanadi. Antibiotik talqon sepiladi, tashqi va ichki teri parcha-
quroqlari bir-biriga yaqinlashtirib uzlukli chok o‘tkazib tikiladi.
Agar muskulning pay uchlari va atrof to‘qimalari yiring bilan
zararlanmagan bo‘lsa, yara birinchi tortilish bilan bita boshlaydi,
10–12 kundan keyin qo‘yilgan bog‘lam almashtiriladi.
a
b
d
21-rasm. Qoramol tu-
yog‘ining arralagandan
so‘ngi ko‘rinishi
|