Fiksatsiya sababli kelib chiqadigan asoratlar. Yirik hayvon-
larni yiqitilganda ko‘pincha tananing turli organ va to‘qimalariga
turli xil darajada shikastlanishlar yetishi mumkin, bularning oldini
olish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshiriladi:
1)
yiqitishdan oldin hayvon ostiga tushash uchun etarli darajada
yumshoq poxol kerak bo‘ladi;
2)
yurak va tomir tizimida biror kamchilik kuzatilganda hay-
vonni yiqitish man qilinadi;
3)
qo‘rqoq va kuchli otlarni yiqitishdan oldin xloralgidrat yoki
boshqa ingalatsiyasiz narkotik moddalarni qo‘llash zarur;
4)
yiqitishdan oldin hayvon taqasizlantiriladi;
5)
siydik pufagi to‘lgan, ichaklari damlagan va nafas olishi
o‘zgargan hayvonlar yiqitilganda ichki organlarining yorilishi,
nafas olishi to‘xtashi mumkin;
6)
yiqitish uchun mo‘ljallangan chilvirlar mustahkam va yetarli
darajada qalin bo‘lishi shart;
7)
yiqitgandan so‘ng, eng avval yotgan tomon qarshisida (yuqori)
turgan oyoqlarni birinchi bo‘lib ilmoq o‘tkazib bog‘lash talab qilinadi;
8)
yiqitgandan so‘ng tezlik bilan ehtiyot bo‘lib hayvonning
boshi, bo‘yni va ko‘krak qafasini mahkam ushlash zarur.
Hayvonlarni fiksatsiya qilish jarayonida yuqorida keltirilgan
chora-tadbirlarni amalga oshirishdan tashqari yana quyidagilarga
ham e’tibor berish asosiy zaruriyat hisoblanadi:
1)
otlarni quyidagi holatlarda yiqitilmaydi: a) yurak-qon tomir va
nafas olish tizimlari kasalligida; b) qo‘rqoq, zotli va kuchli hayvonlar-
ni oldin narkotik moddalar (xloralgidrat) yuborib hushsizlantiriladi;
2)
uzoq saqlab och qoldiriladi;
3)
yiqitishdan oldin siydik pufagi bo‘shatiladi.
3-mavzu. Og‘riqsizlantirish. Veterinariya jarrohligida
og‘riqsizlantirishning ahamiyati
Og‘riqsizlantirish (anesteziya – yunoncha an – inkor qo‘shim-
chasi va aisthesis – sezgi, his etish) – sezgini yo‘qotish. Sun’iy
og‘riqsizlantirish jarrohlikda va boshqa hollarda qo‘llaniladi.
U m u m i y hamda m a h a l l i y turlari bor.
20
U m u m i y o g‘ r i q s i z l a n t i r i s h – umumiy narkoz;
kimyoviy moddalar, elektr toki yoki ruhiy ta’sirot yordamida kasal
hayvonni uxlatib og‘riqsizlantirish.
M a h a l l i y o g‘ r i q s i z l a n t i r i s h – dorilar, fizik yoki
mexanik omillar yordamida pereferik nerv sistemasining biror
bo‘lagiga ta’sir qilib, uni og‘riq sezmaydigan qilib qo‘yishdir. Nerv
tolalarini siqish bilan ham og‘riqsizlantirish mumkin.
Narkoz (yunoncha narkosis – karaxtlik) – sun’iy yo‘l bilan (ba’-
zi kimyoviy moddalar va boshqa omillar ta’sirida) hosil qilinadigan
chuqur uyqu holati, bunda hayvon hech narsani sezmaydi, ixtiyoriy
harakat qila olmaydi, es-hushi butunlay yoki qisman yo‘qoladi.
Tibbiyotda jarrohlik operatsiyasi vaqtida og‘riqsizlantirish (aneste-
ziya) maqsadida qo‘llanadi. Amerikalik jarroh Uorren birinchi bor
efir narkozi bilan operatsiya qilgan (1846). Dastlab, narkoz uchun
faqat efir va xloroformdan foydalanib kelingan. Kimyo fanining
rivojlanishi tufayli narkoz holatini paydo qiladigan turli xil mod-
dalar kashf etildi.
Narkozda sezuvchanlik, reflekslar yuqoladi, skelet muskullari bo‘-
shashadi, lekin uzunchoq miyaning boshqaruv faoliyati saqlanadi.
Narkotik moddalar miqdorini oshirish shu markazlarning
faoliyatini to‘xtatib, hayvonlarni o‘limga olib kelishi mumkin.
Narkoz turlari. Narkoz uchun qo‘llaniladigan dori moddalari
juda ko‘p, lekin ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:
1) narkotik ta’sirning keng bo‘lishi, ya’ni narkoz chaqiruvchi
miqdor va o‘lim chaqiruvchi miqdorning bir biridan uzoq turishi;
2) ta’sir kuchi yetarli darajada bo‘lishi, ya’ni bu moddalarni past
konsentrasiyada qo‘llash;
3) qo‘zg‘alish davri bo‘lmasligi va tez ta’sir qilishi;
4) nafas olish, qon aylanish, modda almashinuv va parenxi-
matoz organlarga salbiy ta’sir qilmasligi;
5) to‘qimalarga qitiqlovchi ta’sir etmasligi;
6) qo‘llanishi oddiy va narkozdan tez uyg‘onish;
7) kam xarajatli, saqlanganda buzilmaydigan bo‘lishi va bosh-
qalar.
Narkoz tasnifi bo‘yicha – yuza va chuqur bo‘ladi. Narkotik mod-
dalarni organizmga yuborish yo‘llariga ko‘ra, ingalatsion (nafas
21
olish organlari orqali) va noingalatsion (boshqa yo‘llar orqali)
narkoz turlari farqlanadi.
Ingalatsion narkozda – bug‘lanuvchi yoki gaz shaklidagi nar-
kotik moddalar: efir, xloroform, azot, ftorotan va boshqalar nafas
yo‘llari orqali yuboriladi.
Noingalatsion narkoz – eritma shaklidagi narkotik moddalar,
alkogol, geksonal, teopentan – natriy xloralgidrat, narkolan va
boshqalar venaga, to‘g‘ri ichakka, muskul oralig‘iga, teri ostiga,
oshqozonga, qorin bo‘shlig‘iga yuboriladi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish – anesteziya farmokologik modda
ta’sirida shu joydagi sezish qobiliyatini bartaraf etib, kasalni aniqlash.
Dala sharoitida mahalliy og‘riqsizlantirish usuli juda qulay
bo‘lib, uni qo‘llaganda texnik asbob-uskunalar va ishchi kuchi kam
talab qilinadi, uning ta’siri tez boshlanadi.
Mahalliy og‘riqsizlantirish usulining qo‘llanilishiga qarab nova-
kain eritmasining % o‘zgarib turadi, masalan 0,25 % dan boshlab
20 % konsentrasiyagacha ishlatiladi. Bu usulni qo‘llash uchun
shpris, sanchish ignasi, eritma uchun idish kerak bo‘ladi.
Yuza surtish anesteziyasi – bu usul asosan, ko‘z kon’yunktivasi,
og‘iz, burun, tomoq, siydik pufagi, jinsiy organlar, bo‘g‘im, pay
qinlari, qorin devori serroz pardasi va boshqa shilliq pardalarni
og‘riqsizlantirish maqsadida ishlatiladi. Yuqorida qayd qilingan va
ko‘zga ko‘rinadigan shilliq parda to‘qimalarini novakain eritmasi
bilan og‘riqsizlantirish uchun tampon ishlatiladi. Agarda bu parda-
lar ichkarida joylashgan bo‘lsa, oldin u yerdagi mavjud suyuqlik
bo‘shatiladi, keyin kateter yoki shpris orqali novakain eritmasi
ichkariga yuboriladi.
Infiltratsiyali anesteziya – kimyoviy moddalar, turli suyuqliklar
va hujayra elementlarinning turli yo‘llar orqali to‘qimalarga o‘tishi
va ularda yig‘ilishi infiltratsiya deyiladi. Bu usulga 0,2-0,5 li %
ba’zan katta hayvonlar uchun 1 % li novakain ishlatiladi.
Sirkulyar infiltratsiya usuli – ko‘pincha oldindan mo‘ljallangan
keng sohalarda qo‘llaniladi. Eritma bir-biriga qarshi bo‘lgan
nuqtalarga qarata yuboriladi, natijada hosil bo‘lgan infiltrasiya
romb shaklini oladi. To‘qima ichkarisida joylashgan ignalarning
uchlari bir-birlariga yaqinlashib konus yoki piramida hosil qiladi.
22
A.V. Vishnevskiyning «siljuvchi» infiltratsiya usuli. Odatda or-
ganizmning tomir-nerv tuguni biriktiruvchi to‘qimalarning bo‘sh-
lig‘idan o‘tish vaqtida oxirgi uchi «g‘ilof» vazifasini bajaradi. Og‘-
riqsizlantirish, asosan, teri muguzi va teri ostidan boshlanadi. Erit-
mani yuborish uchun igna ancha chuqur sanchiladi. Bunda 0,25 %
li novakain eritmasi qo‘llaniladi.
Paravertebl anesteziya, bunda umurtqalararo teshik oralig‘idan
chiqish nuqtasiga blokada o‘tkazish aniqlanadi. Nerlarga dumg‘aza
umurtqalarining ventral joylashgan teshiklaridan chiqqan joyida
blokada o‘tkazilsa unda parasakral anesteziya deb ataladi, bel
umurtqalarining qovurg‘a ko‘ndalang o‘simta uchlari tekisligida
blokada o‘tkazilsa – paralyumbal anesteziya, agar qovurg‘a oraliq
nervlarini in’eksiya qilinsa – interkostal anesteziya deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |