Vegetativ nerv sistemasi 8-sinf “Odam va uning salomatligi” darsligi asosida



Yüklə 3,26 Mb.
tarix05.12.2023
ölçüsü3,26 Mb.
#173170
Vegetativ nerv sistemasi

Vegetativ nerv sistemasi

8-sinf “Odam va uning salomatligi” darsligi asosida. 2014

Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.

  • Vegetativ nerv sistemasi ichki organlar (nafas olish, qon aylanish, ovqat hazm qilish, ayirish, jinsiy va hokazo) ichki sekretsiya bezlarining ishini hamda moddalar almashinuvi jarayonini boshqaradi.
  • Vegetativ nerv sistemasi simpatik va parasimpatik nervlarga bo‘linadi. Ular tuzilishi va fiziologik xususiyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.

Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bo‘lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko‘rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog‘onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to‘qima va organlarga boradi.

  • Simpatik nerv sistemasi. Bu nerv sistemasining markazlari orqa miyaning birinchi ko‘krak segmentidan to uchinchi bel segmentigacha bo‘lgan sohada joylashgan. Simpatik nerv tolalari orqa miyaning yuqorida ko‘rsatilgan segmentlarining yon shoxlaridan chiqib, umurtqa pog‘onasi atrofida va tananing turli qismlarida joylashgan nerv tugunlariga, ulardan esa to‘qima va organlarga boradi.

Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo‘llarini (bronxlarni) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.

  • Simpatik nerv sistemasi yurak ishini tezlashtiradi va kuchaytiradi, arteriya qon tomirlarini toraytirib, qon bosimini oshiradi, me’da va ichaklarning harakatini susaytiradi, siydik qopi muskullarini bo‘shashtirib, siydik yig‘ilishiga sharoit yaratadi, nafas yo‘llarini (bronxlarni) kengaytirib, nafas olishni yengillashtiradi, ko‘z qorachig‘ini kengaytirib, ter ajralishini kuchaytiradi.

Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miyaning pastki qismida (o‘rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dum g‘aza segmentida joylashgan. O‘rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga boradi.

  • Parasimpatik nerv sistemasi. Buning markazlari bosh miyaning pastki qismida (o‘rta va uzunchoq miyada) hamda orqa miyaning dum g‘aza segmentida joylashgan. O‘rta va uzunchoq miyadagi nerv markazlaridan chiqqan parasimpatik nerv tolalari odamning bosh va yuz sohasidagi organlarga boradi.

Shuningdek, parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki organlarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg‘aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo‘shlig‘ining pastki qismida va chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan organlarga boradi. Parasimpatik nervlar simpatik nervlarga nisbatan teskari ta’sir ko‘rsatadi.

  • Shuningdek, parasimpatik nervning bitta tolasi (adashgan nerv) uzunchoq miyadan chiqib, ichki organlarga boradi. Parasimpatik nervning orqa miyaning dumg‘aza segmentidan chiquvchi tolalari qorin bo‘shlig‘ining pastki qismida va chanoq bo‘shlig‘ida joylashgan organlarga boradi. Parasimpatik nervlar simpatik nervlarga nisbatan teskari ta’sir ko‘rsatadi.
  • Bu degan so‘z, simpatik va parasimpatik nerv sistemasining ishi bir-biriga qarama-qarshi emas, balki ular to‘qima va organlar funksiyasini zaruratga qarab tartibga soladi. Vegetativ nerv sistemasining funksiyasi organizmning tashqi muhit sharoitiga moslashuvida muhim ahamiyatga ega.

Savol va topshiriqlar

  • Vegetativ nerv sistemasi qaysi organlarning ishini boshqaradi?
  • Simpatik nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalarini ayting.
  • Parasimpatik nerv sistemasining tuzilishi va funksiyalarini tushuntiring.

Yüklə 3,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin