Vazn yig’ish usullari Mundarija


Semirish uchun nima qilish kerak



Yüklə 31,51 Kb.
səhifə2/8
tarix28.11.2022
ölçüsü31,51 Kb.
#70936
1   2   3   4   5   6   7   8
Vazn yigish haqida

Semirish uchun nima qilish kerak
Vazn olish jarayonida bir necha bosqichlar mavjud:

  • Har kuni kishi oqsil, yog’ va uglevodlarga taqsimlanadigan n miqdorda kaloriya iste’mol qiladi.

  • Organizm tomonidan o’zlashtirilgan barcha moddalar qayta ishlanadi va sarflanadi.

  • Hayotiy jarayonlarga sarflanganidan ortib qolgan energiya organizmda «zahira» sifatida saqlanadi, ya’ni yog’ to’qimasi to’planadi (uning mavjudligi organizmning normal ishlashi uchun zarurdir).

  • Agar kundalik ovqatlanishda oqsil-yog’-uglevod va energiya qiymati (kaloriya miqdori) normal darajadan yuqori bo’ladigan bo’lsa, tana ortiqcha vazn to’plashni boshlaydi. Agar ular yetarli darajada bo’lmasa, tana energiya zahirasi to’play olmaydi va inson oza boshlaydi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, mantiqiy xulosa chiqarish mumkin: vaznni me’yorga keltirish uchun kundalik iste’mol qilinadigan oqsil-yog’-uglevod va kaloriya qiymatini to’g’ri hisoblab chiqish kerak.

Kaloriyalarni hisoblash


Kundalik kaloriya miqdorini hisoblash umumiy formula bo’yicha amalga oshiriladi: tana vaznining kilogrammlari 33 ga ko’paytiriladi.
Masalan, 60 kg og’irlikdagi odam uchun kundalik ratsionning energetik qiymati kamida 1980 kkal bo’lishi zarur. Vazn olish uchun esa har bir kilogramm uchun olinadigan koeffitsient 40-45 oralig’ida bo’lishi kerak. Bundan tashqari, sog’lom semirish uchun kaloriyalarning manbai — oqsil-yog’-uglevod nisbatini to’g’ri tanlash joiz:

  • Oqsillar: 20-30%

  • Uglevodlar: 40-60%

  • Yog’: 15-25%

Dietolog konsultatsiyasini e’tiborsiz qoldirib bo’lmaydi. Har bir kilogram uchun 33 kkal formulasi universal hisoblanadi va faqat taxminiy hisob-kitoblar uchun mos keladi. U har bir kishida individual bo’lgan metabolizm, jismoniy faollik, uyqu miqdori va boshqa ko’plab muhim omillarni hisobga olmaydi.
Eng to’g’ri qaror — shifokorga murojaat qilish: u organizmning xususiyatlariga to’liq mos keladigan alohida ovqatlanish rejasini ishlab chiqishda yordam beradi.

Yüklə 31,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin