Vaziyatga huquqiy baho bering


-modda o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo’rqitish



Yüklə 35,3 Kb.
səhifə5/13
tarix11.04.2023
ölçüsü35,3 Kb.
#96235
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Vaziyatga huquqiy baho bering

112-modda oldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo’rqitish
O‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish, аgar bu harakat amalga amalga oshirilishidan xavfsirash uchun yetarli asos mavjud bo‘lsa—
bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yohud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
1. Ushbu holatning obyekti shaxsning hayoti va sog‘ligi hisoblanadi.
2. obyektiv tomondan har xil yo‘llar orqali o‘ldirish yoki jismoniy zo‘rlik ishlatish billan qo‘rqitishda namoyon bo‘ladi.
O‘ldirish bilan qo‘rqitish deganda, odamni hayotdan mahrum qilish uchun haqiqatda bildirilgan niyatni tushunish kerak.
Ya’ni Xodjayevning fuqaro |Isayevani o‘ldirish bilan qo‘rqitishi shunday klasifikatsiya qilinadi. Va shu moddaning sansiyasidagi jazo turi tatbiq etiladi.
Endi esa yuqorida keltirilgan ikkinchi muammo bu - fuqaro Isayevaning qo’shnisi Rasulovning Xodjayevni ushlash davomida unga o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati yetkazishini yuridik tahlil qilamiz. Ushbu vaziyatda Rasulov talonchilik qilib qochishga urinayotgan Xodjayevni ushlab qoladi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiradi.
39-modda. Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida zarar yetkazish
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni hokimiyat organlariga topshirish maqsadida ushlash vaqtida unga zarar yetkazish, agar uni ushlash uchun zarur bo‘lgan choralarning chegarasidan chetga chiqilmagan bo‘lsa, jinoyat deb topilmaydi.
Ushlash vositalari va usullariga, qilmishning hamda uni sodir etgan shaxsning xavflilik darajasiga, shuningdek ushlash sharoitiga butunlay mos kelmaydigan, ushlash zarurati taqozo etmagan holda ushlanayotgan shaxsga qasddan zarar yetkazish ushlash choralari chegarasidan chetga chiqish deb topiladi.
Ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga yetkazilgan zararning qonuniyligini baholashda, qilmishni sodir etgan shaxsning ushlanishdan qochish maqsadida qilgan harakatlari, ushlovchining kuchi va imkoniyatlari, ruhiy holati va ushlash bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa holatlar hisobga olinadi.
Maxsus vakolatli shaxslar bilan bir qatorda jabrlanuvchi va boshqa fuqarolar ham ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan shaxsni ushlash huquqiga egadirlar.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash odil sudlovning amalga oshirilishini ta’minlash, shaxsning jinoiy faoliyat bilan shug‘ullanishiga barham berish uning qochib ketishi, dallilarni yashirishi yoki yo‘q qilib yuborilishining oldini olish maqsadida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga etkazilgan zarar Jinoyat kodeksining sharhlanayotgan moddasida qayd etilgan va jinoyat huquqi nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan qonuniylikning tegishli shartlariga javob bergan holatlardagina huquqiy (qonuniy) deb tan olinadi.
Ushbu shartlar etkazilgan zararning qonuniyligini quyidagi sharoitlardan kelib chiqqan holda aniqlaydi: uning ijtimoiy foydaliligi, zararni faqat qonunda ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan etkazishga harakat qilinganlgi, etkazilgan zararning mutanosibligi va majburiyligi. Bundan tashqari, etkazilgan zararning qonuniyligini alohida sharti sifatida ushlash chorasini oshirib yubormaslik ko‘rsatiladi. Qilmish yuqorida belgilangan shartlarning barchasiga javob berganda, zarar etkazish jinoiy harakatni to‘xtatuvchi holat sifatida tan olinishi lozim bo‘ladi.
Bundan ko‘rinib turibdiki, ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash vaqtida unga ushlash uchun zarur bo‘lgan choralardan chetga chiqmagan holatda zarar yetkazish javobgarlikka sabab bo‘lmaydi. Lekin Rasulov ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etgan Xodjayevni ushlash davomida ushlanayotgan Xodjayevga qasddan o’rtacha og‘irlikdagi zarar yekazgan (qo‘lini sindirgan).
Badanga o‘rtacha og‘irlikda shikast yetkazish quyidagi belgilarga ega. Sog‘liqning uzoq vaqt, ya’ni kamida yigirma bir kun, ammo to‘rt oydan ko‘p bo‘lmagan davrda yomonlashuviga yoki umumiy mehnat qobiliyatining o‘n foizidan o‘ttiz uch foizigacha yo‘qolishiga sabab bo‘lgan qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish. (JK 105-moddasi) 
Shu masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 27-iyundagi 6-sonli “Badanga qasddan shikast yetkazishga oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 23-bandini keltirib o‘tishni lozim topdim. Ya’ni:
“Sudlarga tushuntirilsinki, kuchli ruhiy hayajonlanish holatida, zaruriy mudofaa yoki ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxsni ushlash choralari chegarasidan chetga chiqib, badanga qasddan og‘ir yoki o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish, hatto JK 104-moddasi uchinchi qismida ko‘rsatilgan aybni og‘irlashtiruvchi belgilar mavjud bo‘lgan taqdirda ham tegishlicha JK 104, 105-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinishi mumkin emas. Bunday harakatlar, jumladan, ular ehtiyotsizlik orqasida o‘limga sabab bo‘lgan holda ham tegishlicha JK 106, 107, 108-moddalari bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim”6. Bu esa JKning 108-moddasi bilan klasifikatsiya qilinishga sabab bo‘ladi.

Yüklə 35,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin