Вазирлиги Самарқанд давлат архитектура қурилиш институти


STANDART – konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga



Yüklə 85 Kb.
səhifə6/17
tarix20.11.2023
ölçüsü85 Kb.
#163611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Microsoft Word davlat talim standartlari namunaviy va ishchi oqu-www.hozir.org

STANDART – konsensus asosida ishlab chiqilgan va faoliyatning har xil turlariga 

yoki ularning natijalariga tegishli bo’lgan umumiy va takror foydalaniladigan qoidalar, 

umumiy prinsiplar yoki tavsiflari belgilangan va ma’lum sohada eng maqbul darajali 

tartiblashtirishga yo’naltirilgan, tan olingan idora tomonidan tasdiqlangan hujjat. 
Kasb-hunar ta’limi standarti – me’yoriy hujjat bo’lib, tegishli malakadagi mutaxassislar
tayyorlash sifatini, kasbiy va umumta’lim tayyorgarlik darajalarini ketma-ketlikda amalga 
oshirishning talablari, qoidalari va tamoyillarini o’rnatadi.
Kasb-hunar ta’limi standarti o’zining aniq yakuniy maqsadiga ega: kishilarning ma’lum bir 
kasbiy faoliyat sohasida o’z bilim, ko’nikma, malaka va qobiliyatlarini qo’llashga tayyorliklarini
shakllantirish. Kasb-hunar ta’limi standartini ishlab chiqishning metodologiyasi zaminida 


ma’lum bir kasbdagi mutaxassislarni tayyorlashning yakuniy masalalar majmuasini


shakllantirish faoliyatiga tizimli yondashuv qo’yilgan. Shu munosabat bilan kasb-hunar ta’limi 
muayyan kasb mutaxassisining majmuaviy yakuniy maqsadi - uning faoliyatini yaxlit tizim
sifatida tasavvur qilib, standart darajasida o’rnatiladigan talablarni o’zlashtirish zarurligidan
kelib chiqishi lozim.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimini murakkab tashkil etilgan ta’lim tizimining yaxlit 
bir «tizimcha» si deb qaralib, u malaka oshirish va kadrlarni qayta tayyorlash tizimchalari bilan
bog’langan bo’lishi zarur. 
Xalqaro talablarga javob beruvchi o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi davlat standartlarini
(DTS) ishlab chiqish:


Birinchidan, O’zbekiston Respublikasi va rivojlangan mamlakatlarda kasb-hunar ta’limi
ekvivalentligini hamda o’z navbatida mamlakatimizni xalqaro mehnat bozorida to’siqlarsiz 
ishtirok etishini ta’minlaydi;

Ikkinchidan ta’lim xizmatlari sifatiga aniq (qat’iy) talablarni belgilab qo’yish natijasida
kadrlar tayyorlash sifatini oshiradi hamda o’quv muassasalari ishining samaradorligini nazorat 
qilish tizimini tartibga soladi.

Yüklə 85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin