Vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi



Yüklə 52,52 Kb.
səhifə1/4
tarix24.12.2023
ölçüsü52,52 Kb.
#190968
  1   2   3   4
rayhona psixologiya6


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR
VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
Kompyuter injiniring fakulteti






Pedagogika Psixologiya Fanidan:
6-Topshiriq ishi

Guruh: 221-21 guruh
Bajardi: Vahobjonova R
Tekshirdi: Abdullayev A.N
TATU 2023

Topshiriqlar

1. Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)


2. Shaxs xususiyatlarini o‘rganish metodikalari. (R.Kettel, Ayzenk testlari)
3 Rahbarning muhim shaxsiy - kasbiy sifatlarini o‘rganish metodlari
Temperament va uning turlari. (temperamentni o‘rganish metodlari)
Temperament haqida tushuncha Insonning ruhiy olami beto’xtov harakatlar majmuasidan iborat bo’lib, biri ikkinchisini bevosita taqazo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o’xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to’g’risidagi taassurotlar, o’tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o’zaro o’rin almashtirib turish evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur'ati, mazmuni, shakli, ko’lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bo’lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, ijtimoiy turmush voqeliklariga, omillariga, ta'sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko’rsatadilar. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar o’rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta'kidlanadi, ular orasidagi farqlarni ajratib ko’rsatish maqsadida quyidagicha belgilar kiritiladi va o’ziga xos tarzda tavsiflab beriladi, ularning ayrimlarini ajratib ko’rsatish maqsadga muvofiq: 1. Favqulotda temperamentning bir xil xususiyatlari motiv, psixik holat va hodisalardan farqli o’laroq, aynan shu shaxsning o’zida, uning turli faoliyatlarida, muomalasida ifodalanadi. 2. Temperament xususiyatlari tabiiy shartlanganlik omiliga taalluqli bo’lganligi tufayli inson hayoti va faoliyatining (umrining) davomida yoki uning muayyan bir bo’lagida (ta'sirga beriluvchanligi sababligidan qat'iy nazar) barqaror, o’zgarmas va mustahkamdir. 3. Yakkahol shaxsga dahldor temperamentning turli xususiyatlari o’zaro birbiri bilan g’ayriqonuniy ravishda birlashgan bo’lmasdan, balki ular o’zaro bir-biri muayyan qonuniyat asosida mujassamlashib, xuddi shu xususiyatlar uning tiplarini tavsiflovchi o’ziga xos tuzilmani vujudga keltiradi. Psixologiya fanida temperament xususiyatlari deganda, alohida bir shaxsning psixik faoliyati dinamikasini belgilovchi psixikaning barqaror, o’zgarmas individual-tipologik xususiyatlari majmuasi tushuniladi. Mazkur xususiyatlar turli shakl va mazmunga ega bo’lgan motivlarda, psixik holatlarda, maqsadlarda, faoliyatlarda nisbatan o’zgarmas temperament tipini tavsiflovchi tuzilmani tashkil qiladi. Psixologiya fanining ijtimoiy tarixiy-taraqqiyoti davrida temperamentga nisbatan bildirilgan mulohazalar, uning moddiy asosi to’g’risidagi talqinlar xilmaxil bo’lib, shaxsning psixologik xususiyatlarini o’ziga xos tarzda tushuntirish uchun xizmat qilib kelgan. Temperament lotincha "temperamentum" degan so’zdan olingan bo’lib, buning ma'nosi "aralashma" degan tushunchani anglatadi. Temperament to’g’risidagi dastlabki ta'limotni yunon olimi Gippokrat (eramizdan oldingi 460 - 356 yillarda yashagan) yaratgan bo’lib, uning tipologiyasi to hozirgi davrgacha qo’llanilib kelinmoqda. Temperamentning fiziologik asoslari Qadimgi yunon olimi Gippokrat ta'limotiga binoan, insonlarning temperament xususiyatlari jihatidan o’zaro bir-biridan tafovutlanishi, ularning tana a'zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha nisbatda joylashuviga bog’liq ekanligi tasavvur qilinadi. Gippokrat ta'biricha, inson tanasida to’rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo’lib, ular o’t yoki safro (yunoncha "chole"), qon (lotincha sanguis yoki sanguinis), qora o’t (yunoncha melas "qora", chole "o’t"), balg’am (yunoncha "phlegma") kabilardan iboratdir. Uning mulohazasicha: 1. O’tning xususiyati - quruqlikdir, uning vazifasi-tana a'zolarida quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir. 2. Qonning xususiyati-issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib turishdir. 3. Qora o’tning xususiyati-namlikdir, uning vazifasi badan namligini saqlab turishdir. 4. Balg’amning (shilimshiq moddaning) xususiyati-sovuqlikdir, uning vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. Gippokrat ta'limotiga muvofiq har bir insonda shu to’rt xil suyuqlik mavjud bo’lib, uning bittasi ustuvorlik kasb etadi. Mazkur aralashma (lotincha temperamentum)lardan qaysi biri salmoqliroq bo’lsa, shunga qarab insonlar temperament jihatdan farqlanadilar, chunonchi xolerikda sariq o’t, sangvinikda qon, flegmatikda balg’am, melanxolikda qora o’t ustun bo’lishi ta'kidlanadi. Gippokratning to’rt xil moddalar (suyuqliklar) aralashmasi, ya'ni temperament tushunchasi va uning tipologiyasi (sangvinik, xolerik, flegmatik, 291 melanxolik) ramziy ma'noda hozirgi zamon psixologiyasida ham qo’llanilib kelinmoqda.


Yüklə 52,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin