14-mavzu: Tarjima ijodiy ish – 2 soat. Reja: Tarjimaning ijodiy xarakteri.
Til vositalarini tanlash jarayoni.
Tarjimonning so‘z bilan ishlash mahorati.
Muayyan olingan matnni bir necha xil tarjima qilish imkoniyatlati.
15-mavzu: Qayta tarjima muammosi – 2 soat. Reja: Qayta tarjima – muayyan asarning bir tildagi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchai tarjimasi.
Qayta tarjima sabab bo‘luvchi omillar. Avvalgi tarjimaning til jihatdan eskirganligi.
Qisqartirib yo o‘zgartirib qilingan tarjima.
Vositachi til orqali tarjima qilingan asarni bevosita asliga o‘girish ehtiyoji.
Jami: 30 soat.
IY. Mustaqil ta`lim va mustaqil ishlar Talaba mustaqil ishining asosiy maqsadi – o‘qituvchining rahbarligi va nazoratida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish uchun bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Magistr mustaqil ishni tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalanadi:
fanning ayrim mavzularini o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish, o‘quv manbalari bilan ishlash;
amaliy mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rib kelish;
ma’lum mavzu bo‘yicha referat tayyorlash;
amaliyotdagi mavjud test, munozarali savollar va topshiriqlar tayyorlash;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruzalar tayyorlash;
mavzular bo‘yicha ijodiy ishlash;
uy vazifalarini bajarish va h.k.
Mustaqil ta`lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
G‘aybulla Salomov - o‘zbek tarjimashunosligining asoschisi.
Muayyan asar tarjimasiga taqriz yozish.
Xorazm tarjima maktabi.
Ogahiyning tarjimonlik mahorati.
Jumaniyoz Sharipovning tarjimonlik va tarjimashunoslik faoliyati.
Tarjimada kompetetnsiya.
Tarjimada adaptatsiya va uning ko‘rinishlari.
Antonimik tarjimalar tahlili.
Badiiy matn tarjimasining o‘ziga xos xususiyatlari.