Dunyoning eng yirik mehmonxona zanjirlari. “Marriott International” mehmonxona zanjiri. “Holiday Inn” mehmonxona zanjiri. “Hilton Hotel Corporation” mehmonxona zanjiri. “Accor” mehmonxona zanjiri. “Starwood Hotels and Resort Wolrlwide” mehmonxonalar zanjiri.
Xalqaro mehmonxona zanjirlari tajribasini O‘zbekistonda qo‘llashimkoniyatlari.
Mehmonxona zanjirlarining tuzilishi
Hozirda jahonda ma’lum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
Yevropa tasniflash tizimi yoki «yulduzlar» tizimi41. Fransiya milliy tasniflash tizimi asosida tuzilgan. Uning zamirida mehmonxonalarni 1 dan 5 yulduzgacha bo‘lgan toifalarga ajratish yotadi. Bunday tizim Fransiya, Avstraliya, Vengriya, Misr, Rossiya, O‘zbekiston va boshqa bir qancha mamlakatlarda qo‘llanadi;
Mehmonxona korxonalarining shinamlik darajasiga ko‘ra tasnifini ko‘rib chiqishda xalqaro amaliyotda yuzaga kelgan tasniflarni hamda ularni amalga oshirish tartibini bevosita belgilovchi hujjatlarni ishlab chiqishga nisbatan yondashuvlarni alohida qayd etib o‘tish kerak.
«tojlar»tizimi. Buyuk Britaniyada amal qiladi;
Jahon amaliyotida shunday holatlar ham uchraydiki, bir mamlakat doirasida bir nechta tasniflash tizimlari amal qiladi. Masalan, Buyuk Britaniyada «tojlar» tizimi bilan bir qatorda, Britaniya turistik agentliklar uyushmasi – «BritichTravelAuthority»(BTA) tomonidan taklif qilingan tasniflash tizimi qo‘llaniladi:
byudjet mehmonxonalari – shaharning markaziy qismida joylashgan va qulayliklar minimumiga ega mehmonxonalar;
turistik toifadagi mehmonxonalar – tarkibida restoran va bar bo‘lishi shart;
41 By Hans Mol Series edited by Terry Phillips"English for Tourism and Hospitality in Higher Education Studies, Course Book with audio CDs" Patricia Paskins 2010. -258p
o‘rtacha toifadagi mehmonxonalar – xizmat ko‘rsatish saviyasi ancha yuqori bo‘lgan mehmonxonalar;
birinchi toifa mehmonxonalar – shinamlik darajasi juda yuqori bo‘lgan, a’lo
darajada xizmat ko‘rsatiladigan mehmonxonalar;
oliy toifa mehmonxonalar – yashash va xizmat ko‘rsatish ekstra darajada bo‘lgan mehmonxonalar.
Buyuk Britaniyada amal qiluvchi «tojlar» tizimini «yulduzlar» tizimi bilan uyg‘unlashtirish uchun «tojlar»ning umumiy miqdoridan bitta «yulduz»ni ayirish kerak (masalan, to‘rt «tojli» daraja uch «yulduzli» darajaga teng).
Yuqorida ko‘rib chiqilgan Britaniya agentliklari uyushmasi tomonidan taklif qilingan mehmonxonalarni tasniflash tizimi ham shunday muvofiqlikni nazarda tutadi:
byudjet mehmonxonalari – 1 yulduz;
turistik toifa mehmonxonalari – 2 yulduz;
o‘rtacha toifa mehmonxonalar – 3 yulduz;
birinchi toifa mehmonxonalar – 4 yulduz;
oliy toifa mehmonxonalar – 5 yulduz.
Jahonda Fransiya milliy tasniflash tizimi ayniqsa keng tarqalgan. Bu tizim turistik mehmonxonalarni 6 toifaga ajratadi. SHulardan besh toifa mehmonxonalarga ma’lum miqdorda yulduzlar berishni nazarda tutadi (1 yulduzli, 2 yulduzli, 3 yulduzli, 4 yulduzli yoki 5 yulduzli mehmonxonalar). Bir toifa – yulduzsiz. Bunday tizim mehmonxona xizmatlari bozorini ancha to‘liq qamrab olish imkonini beradi.
Germaniya tasniflash tizimiga ko‘ra, mehmonxona korxonalari besh toifaga ajratiladi. Bu tizimni Yevropa tizimi bilan uyg‘unlashtirish maqsadida bu erda har bir toifa ma’lum yulduzlar miqdoriga mos kelishi nazarda tutiladi42:
turistik toifa – 1 yulduz;
standart toifa – 2 yulduz;
komfortli toifa – 3 yulduz;
birinchi toifa – 4 yulduz;
lyuks – 5 yulduz.
Germaniya tasniflash tizimi 22 ta majburiy hamda korxonalar toifasiga bog‘liq bo‘lmagan mezonlar bo‘yicha talablarni belgilaydi:
Boshqa tasniflash tizimlari ham o‘zining «yulduzlar» tizimiga muvofiqligini belgilashga harakat qiladi.
42 Аliyeva М.Т. Mehmonxona menejmenti. Darslik. –Т.:ТDIU.2007. -25 b.
AQSHda hukumat tomonidan rasman tasdiqlangan mehmonxonalarni tasniflash tizimi mavjud emas. Shinamlik darajasiga qarab mehmonxonalar odatda 5 toifaga ajratiladi. Oliy toifa (5 yulduz) ikki muassasa: «AmericanAutomobileAssosiation»(AAA) va «MobileTravelGuide»tomonidan beriladi.
Mehmonxona tarmoqlari mehmonxonalarni tasniflashga nisbatan o‘z yondashuviga ega. Odatda ularda toifalar emas, balki markalar ajratiladi. Bunday markalar muayyan tarmoqdagi barcha mehmonxonalarda amal qiladi. Har bir markada nafaqat shinamlik darajasi, balki mehmonxonaning vazifasi, joylashgan eri va boshqa ayrim mezonlar ham hisobga olinishi mumkin.