Vaqtni to’g’ri taqsimlash va ajratilgan vaqtdan unumli foydalanish Vaqtdan rotsional foydalanish Vaqtni boshqarishning uch sirlari



Yüklə 48,8 Kb.
səhifə2/4
tarix22.03.2023
ölçüsü48,8 Kb.
#89055
1   2   3   4
Vaqtni boshqarish

Albert Eynshteyn o‘zidan keyin 80 mingdan ortiq sahifali turli qo‘lyozmalarni qoldirgan. AQShning ikkinchi prezidenti Jon Adams butun hayoti davomida kundalik tutgan, umri oxiriga borib ularning soni 50 taga yetgan.
O‘z fikrlaringiz, rejalaringiz va hayotingizdagi voqealarni yozib borib, siz yanada e’tiborli va ziyrak bo‘lib borasiz, fikrlash xususiyatingizni rivojlantirasiz va to‘g‘ri qarorlar qabul qilishni o‘rganasiz.
"Mizg‘ib olish uchun bir yoki bir yarim soatlik uyqu ma’lumotni o‘zlashtirish xususiyatiga xuddi sakkiz soatlik uyqu kabi ta’sir ko‘rsatadi", - deya ta’kidlaydi uyquni o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassis Sara Mednik. Olimlarning so‘zlariga ko‘ra, ertalab o‘quvchi odamlar kun davomida bir soatlik tanaffus qilib, uxlab olsa, kechki payt nazorat testlarini 30 foizga yaxshi bajarishadi.
Bu odat Albert EynshteynTomas EdisonUinston CherchillJon KennediRonald ReyganJon Rokfeller va boshqa ko‘plab yetuk shaxslarga xos bo‘lgan. Masalan, Leonardo da Vinchi uyquni ko‘plab 10 daqiqalarga "maydalab", yarim fazali uyqu rejimini tajriba qilgan. Napoleon har bir jang oldidan uxlab olishni ma’qul ko‘rgan. Mashhur aktyor Arnold Shvarsenegger har kuni tushlikdan keyin uxlab oladi.
Zamonaviy ilm-fan bu odatning foydasini tasdiqlaydi. Kun davomidagi tanaffuslar nafaqat samaradorlikni oshiradi, balki ijodiy fikrlash salohiyatini ham rivojlantiradi.
Ehtimol, shuning uchun ham Salvador Dali va Edgar Allan Po bu usuldan foydalangandir.
Muvaffaqiyatli odamlar o‘z kun tartibida albatta sport bilan shug‘ullanishga vaqt ajratishadi. Piyoda sayr ham ajoyib mashq bo‘lishi mumkin.
Charlz Darvin kuniga ikki mahal sayr qilgan: peshinga yaqin va soat 16:00da. Betxoven tushlikdan so‘ng uzoq sayrga chiqqan va ilhom kelib qolsa, qog‘ozga muhrlash maqsadida o‘zi bilan birga qalam hamda qog‘oz olib yurgan. Charlz Dikkens kuniga 10 kilometrdan ortiq piyoda yurgan, bu unga ishga ko‘milib, toliqib qolmaslikka yordam bergan. Stiv Jobs muhim uchrashuvga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida piyoda sayr qilishni odat qilgan.

"Faqat sayr vaqtida kelgan g‘oyalargina qadrli bo‘ladi".
Fridrix Nisshe, mashhur faylasuf.
Uzoq sayrlarning foydasini yaxshi bilgan shaxslar orasida AristotelMaxatma GandiJek DorsiTori ByorchHovard ShulsOliver Saks va Uinston Cherchill nomlarini keltirish mumkin.
Bu odatni o‘zlashtirish kerak. Olimlar sayrning tetiklashtirishi, miyani tozalashi, ijodiy salohiyatni oshirishi va hatto umrni uzaytirishini tasdiqlashdi. 12 yil davom etgan tadqiqotga ko‘ra, kuniga 15 daqiqadan piyoda yurgan 65 yoshdan katta kishilarda o‘lim ko‘rsatkichi 22 foizdan past bo‘lgan.
Hayotiy shart-sharoitlarga qaramay, har birimiz dunyoning eng badavlat kishilaridan biri bo‘lgan Bill Geytsning sevimli resursi bo‘lgan kitoblarni o‘qish imkoniga egamiz. Bu o‘z bilim darajamizni oshirishning tejamkor va juda samarali usulidir.

Yüklə 48,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin