Valyuta operatsyalari hisobi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə7/7
tarix30.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#151339
1   2   3   4   5   6   7
Valyuta operatsyalari hisobi

Svop shartnomalari. Svop (ingl. «swap», «swop») – almashuv, almashtirish ma’nosini bildiradi. Svop operatsiyasi – bu hisob-kitob sanalari turlicha bo’lgan, taxminan teng hajmdagi xorijiy valutaning bir vaqtning o’zida sotilishi va sotib olinishidir. Svop valuta operatsiyasi valutaning «spot» shartlari asosida milliy valuta evaziga sotib olinishi va keyinchalik uning qayta sotib olinishini ko’zda tutadi. Demak, svop operatsiyasi – bu valutaning miqdor jihatidan teng summalarga, ular bo’yicha hisobkitoblarni turli sanalarda amalga oshirish sharti bilan bir vaqtning o’zida sotib olinishi va sotilishidir. Svop – bu so’nggi sotuv kafolati bilan valutani vaqtinchalik sotib olishdir.
Amaliyotda svop bir vaqtning o’zida valuta almashuvi bilan bog’liq ikki alohida shartnomaning imzolanishini ko’zda tutadi. Bu shartnomalar qarama-qarshi yo’nalishlarga va turli hisobkitob sanalariga ega. Bu shartnomalarning biri bo’yicha birinchi valuta ikkinchi valuta hisobiga ma’lum bir sanada yetkazib berish sharti bilan sotib olinadi. Ikkinchi shartnoma bo’yicha esa birinchi valuta ikkinchi valutaga boshqa sanada yetkazib berish sharti bilan sotib yuboriladi.
Svop valuta operatsiyalarini ko’p hollarda banklar amalga oshiradi. Bunda ikki bank orasida ikki valuta bilan almashuv ma’lum bir davrda bo’lib, shartnoma oxirida dastlabki valutalar banklarga qaytariladi. Valutalar bilan almashuv bir vaqtning o’zida tuziladigan, ammo valutalarning turli sanalarda yetkazib berilishi ko’zda tutilgan ikki qarama-qarshi shartnoma shaklida amalga oshadi: «spot» bir shartnoma bo’yicha va «forvard» boshqa shartnoma bo’yicha. Buning natijasida ikkala bank ham «spot» shartlari asosida sotib olingan valutani to u «forvard» shartlari asosida sotilgunga qadar o’z ixtiyoriga oladi. Barqaror iqtisodiyot va kapitallarning erkin harakati sharoitida forvard bozoridagi baholar foizlar farqlariga bog’langan.
Svop shartnomalarining boshqa shartnomalarga nisbatan qulayligi shundaki, ular valuta riskini to’la bartaraf etadi. Turli sanalarda sotib olingan va sotilgan valutalar teskari svopni tashkil etgan holda sotilishi yoki sotib olinishi mumkin. Shuning uchun hisob-kitob sanalaridagi farqlar hisobiga qoplanmagan pozitsiya hosil bo’lsa, u osongina to’la qoplanishi yoki kamaytirilishi mumkin. Svop – bu joriy foiz stavkalari ta’siri ostida, bir valutaning o’zgarib turadigan forvard marjasini boshqa valuta forvard marjasiga qanday ta’sir etishi yuzasidan turli fikrga ega bo’lgan brokerlarning (diler) o’zaro aloqasidir.
Amaliyotda foiz stavkasining svopi va valuta svopi farqlanadi. Foiz stavkasining svopi – bu kreditning asosiy shartli summasi bo’yicha AQSH dollaridagi foiz to’lovlari bilan ma’lum bir muddatga ikki taraf orasida ayirboshlash to’g’risidagi kelishuvdir. «Kreditning asosiy summasi» yoki «prinsiðial» atamasi svopni belgilovchi nazariy asosga tegishlidir. Shunday qilib, kreditning asosiy shartli summasi – bu foizlar nisbatan hisoblanadigan oddiy summadir. Asosiy summa bilan almashilmaydi. Muddat bir yilgacha muddatdan to 15 yilgacha bo’lishi mumkin. Biroq aksariyat shartnomalar 2 yildan 10 yilgacha muddatga tuziladi.

Adabiyotlar ro‘yxati



  1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. 1992-yil 8 dekabr.

  2. «O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida»giQonun. – T.: «O‘zbekiston». 1995-yil.

  3. O‘zbekiston Respublikasining «Banklar va bank faoliyatito‘g‘risida»gi Qonuni. 1996-yil 25-aprel.

  4. O‘zbekiston Respublikasining «Tashqi iqtisodiy faoliyatto‘g‘risida»gi Qonuni. 2000-yil.

  5. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimida valutanitartibga solishga oid qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: «O‘zbekiston», 2004.

  6. O‘zbekiston bank tizimini isloh qilish va erkinlashtirishbo‘yicha qonunchilik hujjatlari to‘plami. – T.: «O‘zbekiston», 2003-yil.

  7. Karimov I.A. O‘zbekiston milliy istiqlol, iqtisod, siyosat,mafkura. – T.: «O‘zbekiston», 1996-yil.

  8. Karimov I.A. O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. – T.: «O‘zbekiston», 1997-yil.

  9. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. 1jild, – T.: «Ma’naviyat», 2008.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin