Valyuta operatsyalari hisobi


Muddatli valuta operatsiyalari va ularning amalga oshirilishi



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə5/7
tarix30.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#151339
1   2   3   4   5   6   7
Valyuta operatsyalari hisobi

3. Muddatli valuta operatsiyalari va ularning amalga oshirilishi


Muddatli valuta operatsiyalari – bitim tuzilgandan keyin bitimdagi kurs bo’yicha kelishilgan xorijiy valutani ma’lum muddat o’tgach yetkazib berishga kelishiladigan valuta bitimlaridir. Bundan muddatli valuta operatsiyalarining ikki xususiyati kelib chiqadi:

  1. Bitim tuzilishi bilan bajarilishi o’rtasida ma’lum davr-vaqtbor.

  2. Muddatli valuta operatsiyalari bo’yicha valuta kursi ma’lummuddat o’tganidan keyin foydalanilsa ham, bitim tuzilayotgan paytda belgilanadi.

Odatda, bu operatsiyalar valuta kursi o’zgarishidan himoyalanish yoki qo’shimcha foyda olish maqsadida amalga oshiriladi.
Muddatli valuta operatsiyalarining quyidagi turlari mavjud:

  • forvard operatsiyalari;

  • fyuchers operatsiyalari;

  • opsionlar bilan operatsiyalar;

  • SVOP operatsiyalari;– valuta arbitraji.

Forvard operatsiyalari. Muddatli valuta operatsiyalari deb belgilangan, ammo ikki ish kunidan oshiq bo’lgan muddatda amalga oshiriladigan operatsiyalarga aytiladi.
Forvard valuta bitimi – bu voz kechib bo’lmaydigan va bank bilan uning mijozi o’rtasidagi ma’lum miqdordagi kelishilgan valutani bitim tuzilayotgan vaqtda qayd qilingan ayirboshlash kursida kelgusi muddatlarda amalga oshirish bo’yicha majburiyatlarning bajarilishidir. Bu vaqt aniq bir sana yoki ikki sana orasida namoyon bo’ladi. Forvard valuta bitimining o’ziga xos xususiyatlari mavjud:

  1. bu voz kechib bo’lmaydigan va majburiy shartnomadir.Bitim tuzilgandan keyin mijoz bitimdan voz kechishga haqqi yo’q. Mijoz shartnomada ko’rsatilgan chet el valutasini sotib olishi yoki sotish shart;

  2. bitim chet el valutasidagi aniq bir miqdorni tashkil etadi.Mijoz bitimda ko’rsatilgan miqdordan ko’proq valutani sotib olishga ham, sotishga ham haqqi yo’q;

v) bitim kelishilgan aniq bir sanada bajarilishi shart. Mijoz forvard bitimining bajarilish sanasini uzoqlashtira yoki yaqinlashtira olmaydi.
Agar bank sotish va sotib olish haqida bitim tuzsa, u faqat mijoz bilan kelishmay, balki tashqi valuta bozori bilan aloqa qiladi. Bu shuni anglatadiki, bank mijoz yoki bir qancha mijozlar bilan tuzgan forvard bitimlari uchun, albatta, valuta bozori orqali valutaning sotib olinishi yoki sotilishi qoplanishini ta’minlashi kerak. Dilerning pozitsiyasi har qanday ma’lum kun yoki davr oxirida doimo teng holga kelishi shart. Bu shuni anglatadiki, sotib olinayotgan va sotilayotgan valutalar balanslashtiriladi.
Agar mijoz qandaydir sabab bilan bitim shartlarini bajara olmagan holda bank, baribir, bozor bilan tuzgan bitimini bajarishi kerak bo’ladi. Shuning uchun bank mijozidan bitimda kelishilgan barcha shartlar bajarilishini talab qilishi shart. Mijoz shartlarni bajara olmagan taqdirda bank bitimning muddatini «uzaytiradi» yoki «yopadi».
Forvard valuta bitimi qat’iy belgilangan yoki opsionli bo’ladi.

  1. qat’iy belgilangan valuta bitimi – kelgusida aniq bir sana-da bajarilishi shart bo’lgan bitim.

  2. opsionli valuta bitimi – mijozning xohishiga ko’ra yokibitim tuzilgan vaqtdan uning bajarilishigacha bo’lgan davr ichida xohlagan kunda amalga oshiriladi.

Forvard kursi spot-kursidan forvard marjasi miqdoriga farq qiladi. Marja mukofot ko’rinishda bo’lishi mumkin, bunda forvard-kurs spot-kursdan yuqori bo’ladi; yoki diskont (chegirma) ko’rinishida bo’lishi mumkin, bunda forvard kurs spotkursdan past bo’ladi.
Forvard valuta bitimi asosan to’lovlarni sug’urtalash uchun qo’llaniladi.
Muddatli bitimlar bo’yicha son ko’rinishida kotirovkalanadigan valuta kurslari autrayt deyiladi.
Forvard yoki muddatli bitimlar xalqaro savdoda tijorat operatsiyalarini amalga oshirayotganda valuta riskidan sug’urtalanish imkonini beradi. Tijorat operatsiyalarini sug’urtalashning mohiyati shundaki, tashqi savdo, tijorat banklari bilan birga valuta kursi harakatidan salbiy natijalarni, ya’ni riskni yo’qotish maqsadida valutani sotish-sotib olish bitimi ham tuziladi.
Xorijiy valutadagi muddatli operatsiyalar zaruriyati, shuningdek, turli nosavdo, moliya operatsiyalarini sug’urtalash bilan ham shartlanadi:

  • xorijiy valutadagi qimmatli qog’ozlarga qo’yilmalar, pulbozoridagi depozitlar, xorijdagi filiallarga berilgan qarzlar, to’g’ri investitsiyalar va boshqalar valuta aktivlarini tashkil etadi va ular mos valutani muddatli, sotish yo’li bilan sotilishi kerak;

  • chet el valutasida xorijiy kapitallar bozoridan olingan qarz-lar valuta passivlarini tashkil etadi va sug’urtalash mos valutani muddatga sotish yo’li bilan amalga oshiriladi.

Chet el valutasidagi muddatli bitimlar quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi:

  • tijorat maqsadlarida valuta konversiyasi, ya’ni valuta riskinisug’urtalash uchun valuta tushumlarini oldindan sotish yoki to’lovlar uchun xorijiy valutani sotib olish;

  • xorijga portfel va to’g’ri investitsiyalarni, ular amalga oshi-rilgan valuta kursining mumkin bo’lgan pasayishi natijasidan ko’riladigan zararlardan sug’urtalash;

  • kurslar o’rtasidagi farqdan spekulyativ foyda olish.

Muddatli valuta operatsiyalarini konversiya, sug’urtalash va chayqovchilik operatsiyalarga bo’lish mumkin. Ularning barchasida chayqovchilik elementi mavjud.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin