Valentlik nazariyasi


Academic Research in Educational Sciences



Yüklə 393,79 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/8
tarix22.05.2023
ölçüsü393,79 Kb.
#119816
1   2   3   4   5   6   7   8
valentlik-nazariyasi

Academic Research in Educational Sciences 
Volume 3 | Issue 12 | 2022 
ISSN: 2181-1385 
Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 
 
 
 
 
 
446
 
December, 2022 
https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 
mantiqiy bo„laklari – semantik qatnashuvchilar (aktantlar) fe‟ldagi qolish xabarining 
– fe‟l denotativ ma‟nosining namoyon bo„lishi uchun xizmat qilmoqda. Qolmoq fe‟li 
bilan sintaktik aloqaga kirishib, predikativ va nominativ birlikni hosil qilgan 
konstruksiyalarda – nominativ birliklarda tobe komponentning hokim komponentga 
moslashishi, muayyan grammatik shaklga kirishi yuz berganki, bu bevosita fe‟l 
hokim komponentning talabiga, shunday “tortish kuchi” ga egaligiga, tobe 
komponentlarning esa “tortilishi” xususiyatiga ega bo„lish qobiliyatiga ko„ra sodir 
bo„lgan. 
Yana qiyoslang: Men kitobni o„qish uchun kutubxonadan bugun oldim.
agens (men) 
obyekt (kitobni) 
olmoq maqsad (o„qish uchun) 
o„rin (kutubxonadan) 
vaqt (bugun) 
Aytilgan fikr va misollardan kelib chiqib, shuni ta‟kidlash lozimki, so„zlarning 
sintaktik aloqasida reallashuvchi so„z semantik valentligining mohiyati shundaki
bunda so„zlar (valentlik tashuvchi sifatida) muayyan semantik belgilarga ega 
muayyan nutqiy ishtirokchilarni, qatnashuvchilarni talab qiladi va boshqa semantik 
belgili nutqiy ishtirokchilarni “tan olmaydi”. Ular ma‟nosiga, muayyan semantik 
belgilariga ko„ra tanlab olingan qatnashuvchilar guruhi tomonidan ochiq o„rinlarining 
(pozitsiyalarining) 
to„ldirilishini 
boshqaradi. 
O„ziga 
muvofiq 
nutqiy 
ishtirokchilarning tanlanishi va nomuvofiq nutqiy qatnashuvchilarning inkor qilinishi 
har ikkala nutqiy qatnashuvchilar semantik belgilarining qo„shila olishi yoki qo„shila 
olmasligi asosida amalga oshadi, bu o„z navbatida obyektiv borliq hodisalari bilan 
tasdiqlanadi (12). Shuni aytish 
lozimki, tilshunoslikda so„zning semantik valentligi tushunchasi bilan bir qatorda 
tashqi valentlik (13), ichki valentlik (14), formal valentlik (15), sintaktik valentlik 
(16), logik valentlik (17), vositali semantik valentlik, shakl semantikasi valentligi 
(18), emotive valentlik (19) va boshqa valentliklar ham borki, bularning har biri 
o„ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Bu valentliklarning biri muayyan 
so„zning semantik tuzilishidan, yana biri so„z va formantlarning 
o„zaro birika olish ma‟no imkoniyatidan, boshqasi fe‟l 
predikatning shakllanishidan – uning so„z formasida kelishidan



Yüklə 393,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin