Vakuumdagi yo’ruglik maydoni



Yüklə 459 Kb.
səhifə1/8
tarix19.05.2023
ölçüsü459 Kb.
#117875
  1   2   3   4   5   6   7   8
MARUZA 1


MARUZA 1
VAKUUMDAGI YO’RUGLIK MAYDONI
REJA

  1. Yo’ruglikning elektromagnit tabiati

  2. Maksvell nazariyasi va Gers tajribalari

  3. To;lqin tenglamasi, yassi va sferik to’lqinlar

  4. Modultasiylangan to’lqinlar va real yo’ruglik manbaalarining nurlanishi

  5. Yo’ruglik maydonini spektrlarga yoyish va superpozisiya prinsipi.

Usbu maruzada quyidagi masalalr yoritiladi:
yo’ruglikning elektromagnit nazariyasi,Maksvell tenglamasidan to’lqin tenglamasi keltirib chiqariladi, misol tariqasida yassi va sferik to’lqinlar tenglamalarining echimlari keltiriladi va superpozisiya prinsipi o’rganiladi.
Maqsad:
Yorug‘likning elektromagnit nazariyasining asosi va elektromagnit maydon tenglamalari keltiriladi.Maksvell tenglamalaridan to‘lqin tenglamasi keltirilib chiqariladi. Yassi va sferik to‘lqinlar to‘lqin tenglamalarining fundamental echimlari shaklida ko‘riladi. Real yorug‘lik manbaalari nurlarining strukturalari muxokama qilinadi.
Yorug‘lining elektromagnit tabiati. Maksvell nazariyasi.
Yorug‘lining tabiati fizikaviy optikaning markaziy muammolaridan biri bshlib xisoblanadi. Bu yo‘nalishdagi izlanishlar xar doim fanning rivojlanishining magistral yo‘lida bo‘lgan. Fizika soxasidagi yirik kashfiyotlar bevosita yoki bilvosita ravishda yorug‘likning tabiatini chuqurroq bilish bilan bog‘liq bo‘lgan.
XIX asr oxirlarida fizika fani ega bo‘lgan faktlarning ko‘pchiligi yorug‘likning elektromagnit tabiatini tasdiqladi.Ularga magnit maydonining muxitda tarqalayotgan yorug‘likka ta’sirini ifodalovchi Faradey, yorug‘likning bosimini o‘lchashga imkon bergan Lebedev, elektromagnit to‘lqinlarning borligini ifodalovchi Gers va yorug‘likning jismlar bilan ta’sirini ifodalovchi tajribalarni dalil sifatida keltirish mumkin.
yorug‘likning elektromagnit tabiatini tasdiqlovchi argumentlardan biri elektromagnit to‘lqinlarining tezligini, Maksvell tomonidan xisoblangan yorug‘likning tezligiga tengligidir. 1849 yilda Fizo yorug‘likning tezligini o‘lchab 315000 km/s qiymatini olgan. 1857 yilda Veber va Kolraush elektromagnit va elektrostatik zaryad birliklari nisbatiga teng bo‘lgan elektrodinamik kattalik s ni o‘lchab, s=310800km/s qiymatni olgan. 1861 yilda Maksvell elektromagnit maydon tenglamalari keltirib chiqargan va ulardan elektromagnit to‘lqinining borligini va uning tezligi elektrodinamik kattalik s bilan aniqlani kelib chiqqan.Maksvell birinchilardan bo‘lib, Veber va Kolraush tomonidan o‘lchangan s ni qiymati Fizo o‘lchangan yorug‘likning tezligiga juda yaqin ekaniga e’tibor qaratgan. Bu esa o‘z navbatida unga yorug‘lik elektromagnit to‘lqin tabiatga ega degan xulosaga kelishiga asos bo‘lgan.
Yorug‘likning tezligi. YOrug‘likning tezligi 300 000 km/s juda katta qiymatga tengligi uni o‘lchashda qiyinchiliklar tug‘diradi. YOrug‘likning tezligini o‘lchash tarixi juda qiziqarli bo‘lib, u qo‘shimcha 1 da keltirilgan.
Quyida 1.1 jadvalda o‘lchash metodlari va olingan natijalar keltirilgan

    1. Jadval

Yorug‘likning vakuumdagi tezligi

Yil

Muallif

Usul

Natija
km/s

Xatolik

1676
1726
1849

1862
1872


1874
1878
1879
1882
1924
1973

Remer
Bradley
Fizo

Fuko
Kornyu


Kornyu
Maykelson
Maykelson
Nyukomb
Maykelson
Ivenson

Yupiter yo‘ldolari
Yulduzlar aberratsiyasi
Tishli g‘ildirak
Yorug‘lik dastasining aylanayotgan ko‘zgu yordamida
burilishi
Tishli g‘ildirak
Yorug‘lik dastasining burilishi
Shunday
Shunday
Shunday
Ko‘zguli prizma
Lazer

214 000
301 000
315 000

298 000
298 500


300 400
300 140
299 910
299 810
299 796
299 792,4562

± 500
± 900


± 800
± 700
± 50
± 30
± 30
± 10-3

Lazerning kashf qilinishi yorug‘likning tezligini juda katta aniqlikda o‘lchashga imkon yaratdi. Oxirgi ma’lumotlarga asosan yorug‘likning vakuumdagi tezligi


S=299 792 458 ± 1,2 m/s (1.1)
ga teng.
E l e k t r o d i n a m i k d o i m i y. Elektrodinamik domiy kattalik s elektromagnit zaryad birligini elektrostatik zaryad birligiga bo‘lgan nisbatini anglatadi. Bu kattalikni o‘lchash usulini Veber va Kolraush tajribasi misolida tushuntiramiz. Sig‘imi aniq bo‘lgan kondensatorni elektrometr yordamida uning uchlaridagi potensiallar farqini va zaryadini elektrostatik birlikda topish mumkin.Ikkinchi tomondan, o‘sha zaryadni elektromagnit birligida o‘lchash mumkin, buning uchun esa kondensatorni ballistik galvonometrni g‘altagi orqali zaryadsizlantirib (razryadlantirib) ko‘zguni og‘ish burchagini o‘lchash zarur bo‘ladi. Ikkala usulda o‘lchangan zaryadlarni bir-biriga tenglashtirib, qidirilayotgan zaryadlar birliklarining nisbatini aniqlash mumkin.
Elektrodinamik doimiyni o‘lchash natijalari 1.2 jadvalda keltirilgan. Bu kattaliklarni 1.1 jadvaldagi kattaliklar bilan taqqoslab elektrodinamik domiy s yorug‘likning vakuumdagi tezligiga teng ekangligiga ishonch xosil qilish mumkin.

    1. Jadval

Elektromagnit va elektrostatik zaryad birliklarining nisbati

Yil

Avtor

Znachenie skorosti v vakuume, km/s

1857
1868
1880
1883
1898

Veber va Kolraush
Maksvell
Stoletov
Tomson
Perro va Fabri

310 800
284 300
298 000
296 400
299 870



Yüklə 459 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin