Va uning ahamiyati



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix28.09.2023
ölçüsü0,5 Mb.
#150015
1   2   3   4   5
bog-cha-yoshidagi-bolalar-aniq-ovqatlanishini-o-rganish-va-uning-ahamiyati

SCIENTIFIC PROGRESS
 
VOLUME 2 ǀ ISSUE 1 ǀ 2021 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
  
Page 290
almashinuvini o‘rganish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar ko‘rsatishicha, ular 
organizmida to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy yog‘lar (baliq yog‘i, o‘simlik moylari) 
sigir suti moyiga nisbatan yaxshiroq o‘zlashtiriladi. Shunga ko‘ra bolalar ratsionini 
tuzishda tarkibida to‘yinmagan yog‘ kislotalariga boy yog‘lardan foydalanishga ko‘proq 
e'tibor berish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Lekin shunisi ham muhimki o‘simlik (yoki 
baliq) moyining kichik yoshdagi bolalarning kunlik ratsiondagi miqdori umumiy 
yog‘larning 10 % dan oshmasligi lozim. Tvorog va yog‘larni bolalar ovqatiga kiritish 
bosqichma- bosqich amalga oshirilishi lozim. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Bolalar bog‘chalarida bolalar ovqatlanishini tashkil etish, ya'ni ular organizmini
zarur oziq moddalar va vitaminlar bilan miqdor va sifat nuqtai nazardan o‘suvchi 
organizm talablariga mos holda ta'minlash, ular normal o‘sib, rivojlanishlari uchun katta 
ahamiyat kasb etadi. Ovqat tarkibi xilma-xil, yaxshi tayorlangan va bola organizmi 
uchun zarur bo‘lgan barcha moddalarga boy bo‘lishi lozim. Shuningdek ovqatlanish 
tartibi to‘g‘ri tuzilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Bolalar ovqatlanishini tashkil etilishi malakali mutaxassis hamshiralar tomonidan 
amalga oshirilishi lozim. Bunda quyidagilarga e'tibor beriladi: 
1.
Bog‘chaga keltiriladigan oziq mahsulotlar sifati. Ularni saqlash sharoiti va 
realizatsiyalash muddati. 
2.
Menyularni tuzish. Ovqatning fiziologik to‘la qimmatligi. 
3.
Oziq mahsulotlarining ovqat tayyorlashda to‘g‘ri ishlatilishi. 
4.
Ovqat tayyorlash texnologiyasining to‘g‘riligi. 
5.
Tayyorlangan ovqatning sifatliligi, uni bolalar yoshiga ko‘ra to‘g‘ri berilishi. 
6.
Turli yosh guruhlari uchun ovqatning tarkibini tahlil qilinishi (jadvallar asosida 
hisob-kitob qilish usuli bilan). 
7.
Tasdiqlangan mahsulotlar ro‘yxati bo‘yicha ulardan foydalanilishini kunlik 
nazorat qilib borilishi. 
8.
Ovqatlanish bo‘yicha tegishli xujjatlarni rasiylashtirib borilishi (“Yosh 
guruhlari bo‘yicha bolalar ratsionida hayvon oqsili miqdori”, “Ovqatning 
kimyoviy tarkib analizi”, “Ovqatni vitaminlashtirish ” va boshqa jurnallar). 
9.
Muassasaning ovqatlanish kengashida tegishli masalalarni ko‘rib chiqilishi. 
10.
Ota-onalar bilan uyda ovqatlanishni to‘g‘ri tashkil etish bo‘yicha ish olib 
borilishi.
Bog‘cha tarbiyachilari bolalarning oqilona ovqatlanishi asoslarini yaxshi bilishlari 
va ular ovqatlanishini nazorat qilish malakasiga ega bo‘lishlari kerak. 
Ma'lumki, bog‘chalarda bolalar ovqatlanishini tashkil etishda ko‘p kamchiliklarga 
yo‘l qo‘yiladi. Aniqlanishicha, eng ko‘p uchraydigan xatolardan biri - ratsionda hayvon 
oqsillari, almashtirib bo‘lmaydigan aminokislotalar miqdorining kamligidir. Bunga 



Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin