Va kategoriyalar”



Yüklə 120,65 Kb.
səhifə4/14
tarix10.04.2023
ölçüsü120,65 Kb.
#95494
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Falsafiy qonunlar va kategoriyalar(1)

Tabiat qonunlarining yana bir eng muhim xususiyati — u ob'ektiv xarakterga ega, ya'niu insonga ham, insoniyatga ham bog‘liq emas. Biror kishi, hatto millatning irodasi bilan ham, tabiat qonuniga tub o‘zgartirish kiritish yoki uni butunlay yo‘q qilish mumkin emas. Chunki bu
qonunlarning asosinitashkil qilgan bog‘lanishlar, munosabatlar ob'ektiv xususiyatga ega.
Olamdagi har bir narsa va hodisa bir-birini taqozo qiladigan va shu bilan birga, bir-birini istisno qiladigan qarama-qarshi tomonlar birligidan iborat. Demak, voqyelik va o‘zgarish jarayonida ayniyat va ziddiyatning bo‘lishi ham odatiy hol. Masalan, issiq va sovuq, oq va qora, kecha va kunduz, elektrning musbat va manfiy zaryadlari, yaxshilik va yomonlik, adolat va jaholat va h. k. Qarama-qarshi tomonlar bir-birini inkor etadi va shu bilan birga biri ikkinchisini taqozo etadi, biri ikkinchisisiz mavjud bo‘la olmaydi. Faraz qilaylik, magnitning manfiy zaryadi
bo‘lmasa, u holdaushbunarsa magnit bo‘lolmaydi.
Ayniyat tushunchasi narsa va hodisalar o‘rtasidagi o‘xshash tomonlarni ifodalaydi. Shu bilan birga narsa-hodisalar bir-biridan farq qiladigan tomonlar, xususiyatlar, belgilarga ham egadir. Aynan bir xil bo‘lgan narsaning o‘zi yo‘q. Hatto daraxtning bir shoxida yonma-yon turgan 2 barg ham bir-biridan farq qiluvchi ba'zi jihatlarga ega. Hech bo‘lmaganda, ular bir-
biridan makondagi o‘rni bilan farq qiladi.
Hayotdan misol keltiradigan bo‘lsak, bir-biriga tashqi tomondan tamomila o‘xshash bo‘lgan Hasan va Husanlarda ham juda ko‘p farq qiluvchi xususiyatlarbor. Masalan, ularda fe'l- atvor, qiziqish turi, dunyoqarashlar har xil bo‘lishi, ya'ni ularning ichki dunyolari farq qilishi mumkin. Demak, tafovut narsa — hodisalarning farq qiluvchi tomonlarini ifodalovchi
tushunchadir.
Qarama-qarshilik deb esa, narsa, voqyea-hodisalarning bir-birini taqozo etuvchi va shu
bilan birgabir-birini inkor etuvchi tomonlari, kuchlariningo‘zaro munosabatiga aytiladi.
Qarama-qarshiliklar o‘rtasidagi munosabatni ziddiyat degan tushuncha ifodalaydi. Ko‘p hollarda ayniyat va tafovutning zidligi va ularning bir maxrajga kelishi, me'yoriy o‘zgarishlar tufayli rivojlanish, taraqqiyot, yangilanish jarayonlari amalga oshadi. Taraqqiyot shu ma'noda ayniyat, tafovut va ziddiyatlarning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va hal qilinishidan iborat bo‘lgan
abadiy va azaliy murakkabjarayondir.
Sobiq Ittifoqning mafkurasi darajasiga ko‘tarilgan marksizmda asosan ziddiyatga ko‘proq e'tibor berilar edi. U mutlaqlashtirilar va jamiyatga ko‘chirilib, asosan, antogonistik ziddiyatlar to‘g‘risida gapirilar va ularning yechilishi insoniyatni baxtli hayotga olib boradi, deya xayol qilinar edi. Holbuki, insoniyat paydo bo‘libdiki, uning hayotida ayniyat va tafovut ham, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ham mavjud bo‘lib kelmoqda. Odamzod ziddiyatlar kamroq bo‘lgan, kishilarning xilma-xil intilish va maqsadlari, bir-biridan farq qiladigan g‘oyalari uyg‘unlashgan,
barqarorlikustuvor bo‘lganjamiyatni qurishuchun bosh qotirib kelmoqda.
Anu shunday intilishlar fanda «Konfliktologiya» (konflikt — ziddiyat, logos- ta'limot) deb ataladigan falsafiy yo‘nalish paydo bo‘lishiga olib kelgan. Bu soha bilan shug‘ullanadigan olim va mutaxassislar konfliktologlar deb ataladi. Ular konfliktlarni keltirib chiqarish emas, balki ularning oldini olish va jamiyat uchun foydali tarzda hal qilish yo‘llari va usullari ustida bosh qotirishadi.Har bir ziddiyatning aniqlanishi, hal qilinishi o‘zgarishga, yangilanishga, bir sifatdan ikkinchi sifatga, eskidan yangiga o‘tishga sabab bo‘ladi. Olam turli-tuman bo‘lganligi uchun ziddiyatlar ham xilma-xildir. Masalan, ichki va tashqi ziddiyatlar, asosiy va asosiy bo‘lmagan ziddiyatlar mavjud. Ular o‘rtasida farq bo‘lgani bilan birga, mutlaq chegara ham yo‘q. Chunki amalda, hayotdaularbir-biriga o‘tishi, birgalashib ketishi va taraqqiyotdaturli xil o‘rin tutishlari
mumkin.

Yüklə 120,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin