9696
VI BOB.
DASTURLASH TEXNOLOGIYASI
3-mashq. Takrorlash bloki yordamida spraytlarni harakatlantiring.
Bajarish texnologiyasi:
Qahramonimiz mushukchani sahnaning quyi chap burchagiga joylashtiramiz. Avval u bajaradigan
ko‘rsatmalar algoritmi bilan tanishamiz:
1. Mushukcha sprayti 10 qadam yuradi. Bu amalni 10
marta takrorlasa, 100
qadam yurgan
bo‘ladi.
2. Bu skriptga endi burilish ko‘rsatmasini qo‘shamiz
va ishga tushiramiz
4-mashq. Diagonal bo‘yicha harakatlanish. Vazifani bajarish texnologiyasi.
1. Ish stolida Scratch yorlig‘iga sichqoncha tugmasi bilan 2
marta bosib, dasturni ishga tushiring.
2. Mushukchani sahnaning quyi chap burchagiga joylashtiring.
3. Endi mushukcha uchun skript (buyruqlar ketma-ketligi) yozamiz. Spraytlar
panelida mushukcha
sprayti yorlig‘iga 2 marta sichqoncha ko‘rsatkichini bosamiz.