16-DARS
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
111
1. TTS dasturi qanday vazifani bajaradi?
2. Ommabop TTS dasturlari qanday imkoniyatlarga ega?
3. Matnli fayllar qanday dasturlar yordamida yaratiladi?
4. Pythonda TTS dasturini tuzish uchun qanday kutubxonalar talab etiladi?
5. Audiofayl turlari haqida ma’lumot bering.
Biz yaratgan dastur quyidagi ketma-ketlik asosida ishlaydi:
1) dastlab Python dasturi
matnli faylni chaqiradi;
2) Python matnli ma’lumotlarni gTTS kutubxonasi yordamida
Internet orqali Google gTTS
bazasiga yuboradi;
3) gTTS matnli ma’lumotni konvertatsiya qiladi
va natijani Pythonga yuboradi;
4) Python konvertatsiya qilingan audioma’lumotni qabul qilib
oladi va uni kompyuter
xotirasida audiofayl ko‘rinishida saqlaydi;
5) audiofaylni operatsion tizim ishga tushiradi. Natijada siz matnli
axborotni ovozli ravishda
eshitish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.
AMALIY FAOLIYAT
TTS dasturini yaratishning ikki xil (onlayn) usulini o‘rganish
1-usul.
Googlening gTTS kutubxonasi yordamida tuzadigan
dasturimiz onlayn holatda, ya’ni
Internet bilan ishlaydi. Dastlab kerakli kutubxonalar import qilinadi va zarur kodlar kiritiladi.
Dostları ilə paylaş: