PYTHONDA TTS (TEXT-TO-SPEECH) DASTURINI TUZISH
I I BOB.
PYTHONDA TABIIY TILNI QAYTA ISHLASH TEXNOLOGIYASI
106
6-qadam.
Duolingo dasturida 5 ta asosiy oyna mavjud. Bular: asosiy o‘rganish
oynasi
(13),
qiziqarli hikoyalar oynasi
(14),
o‘rganuvchi profil oynasi
(15),
o‘yin reytingi oynasi
(16)
va
o‘yin uchun qo‘shimcha jihozlar oynasi (do‘kon)
(17).
Qiziqarli hikoyalar oynasida sodda,
kundalik turmushda ko‘p duch kelinadigan holatlar bo‘yicha chet tilidagi dialoglar mavjud.
Ular o‘rganuvchining so‘z boyligini oshirishga hamda eshitib tushunish ko‘nikmasining
rivojlanishiga yordam beradi. Profil oynasida esa qo‘lga kiritilgan natijalar haqida ma‘lumot
bilan tanishish mumkin. “Reyting” yoki “liga”
oynasida sizning, o‘rganuvchi darajasi bilan
teng bo‘lgan boshqa foydalanuvchilarning reyting jadvali mavjud bo‘lib, ko‘proq o‘rganish
orqali reytingda birinchi o‘ringa chiqish mumkin. Do‘kon oynasidan esa to‘plangan
ballga turli
qo‘shimchalar olish mumkin.
1. Mobil smartfonga Duolingo dasturini o‘rnating.
2. O‘rganmoqchi bo‘lgan chet tilini tanlang va qiziqarli o‘yinni boshlang.
3. Dasturning talaffuzingizni TTQI texnologiyasi asosida tekshirishiga e’tibor bering.
4. Ingliz yoki rus tilini tanlasangiz, shu fanlar darslarida o‘qituvchingiz
bilan dasturni
muhokama qiling.
Dostları ilə paylaş: