14-DARS
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
95
Sun’iy intellektning xususiyatlari bilan
tanishish orqali uning keng
imkoniyatlari haqida tasavvurga ega bo‘ldingiz. Bu imkoniyatlarni
amalga oshirish uchun Python dasturlash tili ko‘plab qo‘shimcha
kutubxonalarni taqdim etgan. Pythonda sun’iy intellektni qo‘llab-
quvvatlovchi kutubxonalarga NumPy, SciPy,
Matplotlib, NLTK,
SimpleAI, Neurolab, PyBrain, OpenSV, PyTorch, spaCy, Keras va
boshqalarni misol keltirishimiz mumkin.
Kutubxonalar va ularning imkoniyatlari
NumPy
massivlar bilan ishlovchi Python kutubxonasi hisoblanadi. U
Pythoning odatiy massivlar bilan ishlash funksiyasidan bir necha o‘n
barobar tez ishlashi bilan ahamiyatlidir. Shuningdek, NumPy murakkab
matematik funksiyalar va raqamli ma’lumotlarning ikkilik kodlari bilan ishlash
imkoniyatiga ham ega. Bu esa sun’iy intellektning
ish samaradorligini
oshirishga xizmat qiladi.
SciPy
ilmiy va texnik hisoblashlar uchun ishlatiladigan ochiq manbali Python
kutubxonasi hisoblanadi. SciPy kutubxona murakkab matematik funksiyalar
(matematik
optimallashtirish, chiziqli algebra, integratsiya, interpolyatsiya),
raqamli (rasmli yoki sonli) ma’lumotlar hamda
fan va muhandislikda keng
tarqalgan boshqa vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan.
Matplotlib
matematik sonli ma’lumotlarning 2D va 3D o‘lchamdagi tasvirlarini
hosil qilish imkonini beruvchi Python kutubxonasi hisoblanadi. Matplotlib
ko‘proq diagramma, gistagramma va chiziqli jadvallar ko‘rinishidagi
grafik
ma’lumotlarni yaratishda qo‘llaniladi.
NLTK
(Natural Language Toolkit) Pythondagi mashhur kutubxonalardan biri
bo‘lib, u tabiiy tilni qayta ishlash imkoniyatini taqdim etadi. Yaratilayotgan
dasturning inson tilini tushuna olish xususiyati
shu kutubxona yordamida
amalga oshirilishi mumkin.
Neurolab
sodda va kuchli neyron tarmoqlar yaratish va ularni tahrirlash
imkoniyatiga ega Python kutubxonasi sanaladi. Kutubxona murakkab
neyron tarmoq dasturlari (poyezd
algoritmlari, moslashuvchan tarmoq
konfiguratsiyalari, o‘rganish algoritmlari)ni yaratishda boshqa Python
kutubxonalari bilan o‘zaro aloqaga ega.