PYTHONNING SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAGI O‘RNI
I I BOB.
SUN’IY INTELLEKT TURLARI VA TARMOQLARI
92
AMALIY ISH
Yandex Alica xizmatidan foydalanish
Yandex brauzeridagi Alisa (Алиса) xizmati o‘zida sun’iy
intellektning mashinani o‘qitish va tabiiy tilni qayta ishlash
texnologiyalarini mujassam etgan.
Alisa bilan rus tilida
gaplashish, kerakli ma’lumotlarni qidirish uchun unga buyruq
berish mumkin. Alisa Yandex brauzeriga
avtomatik ravishda
o‘rnatilgan bo‘lib, Internet bilan bog‘liq barcha xizmatlarni
muloqot yoki chat yozishmalari shaklida taklif etadi. Alisadan
foydalanish uchun quyidagi qadamlar ketma-ketligini amalga
oshirish lozim:
1-qadam.
Kompyuter uchun Yandex brauzerini https://
browser.yandex.uz saytidan, mobil telefon uchun esa https://
play.google.com saytidan yuklab oling.
2-qadam.
Yandex brauzerini ishga tushiring.
3-qadam.
Brauzerdan Alisani ishga tushiruvchi tugmachani
bir marta bosing
(1).
4-qadam.
Alisa dasturiga rus tilida salom (Привет) so‘zini
ayting. Alisaning sizga yo‘llagan javobini tinglang.
5-qadam.
Alisa tugmachasini
bir marta bosgan holatda
“Wikipedia” so‘zini ayting.
6-qadam.
Biroz kuting, Alisa sizga Wikipedia.orga saytini
ochib beradi.
7-qadam.
Alisa
bilan suhbatlashing, unga savollar bering. Masalan: привет (salom), как
дела (yaxshimisiz)?, что подарить маме (onamga qanday sovg‘a olsam ekan)?, помоги
выбрать подарок (sovg‘a tanlashda yordam bering), какое сегодня число (bugun
qaysi
sana)? va h. k.
8-qadam.
Foto tugmachasini
(2)
bir marta bosing. “Поиск товара” usulini tanlagan holda
qo‘lingizdagi ruchkani rasmga oling va biroz kuting. Alisa sizga turli
ruchkalar onlayn savdosi
bilan shug‘ullanuvchi veb-saytlarni taklif etadi.