I BOB.
BIG DATA VA DATA MINING
244
Android Studio
– 2013-yil 16-may kuni Google I/O konferensiyasida e’lon
qilingan Android platformasi bilan ishlash uchun o‘rnatilgan
dasturlash muhiti
(IDE). IDEni yuklab olish va undan foydalanish mutlaqo bepul. Android studiyada
smartfon va planshetlar uchun ilovalar ishlab chiqish vositalari, shuningdek,
Android TV, Android Wear,
Android Auto, Glass va qo‘shimcha kontekstli modullar uchun
yangi texnologik yechimlar mavjud.
Android Studioda dasturlash 2 muhitda amalga oshiriladi:
1) ilova interfeysini yaratish;
2) ilova funksiyalarini yaratish.
Ilova interfeysini 2 usulda: kod orqali va komponentlar orqali yaratish mumkin.
Kod orqali
yaratishda XML tilidan foydalaniladi. Bunda har bir elementning nomi yozilib, so‘ngra
uning parametrlari sozlanadi. Interfeysni komponentlar yordamida yaratishda esa tayyor
komponentlar ilova oynasiga joylanadi va ularning parametrlari sozlanadi.
Komponentlarga
tugmachalar, yozuv maydonlari, mediamahsulotlarni namoyish qilish maydonlari, veb-
maydon kabilar kiradi.
Ilovaning funksiyalarini yaratish dasturlash tillarida amalga oshiriladi. Android Studio muhitida
dastlabki versiyalarida dasturlash jarayonlari uchun Java dasturlash tili belgilangan edi.
2017-yil 17-may kuni o‘tkazilgan Google I/O konferensiyasida Google Android Studioda
Javaga qo‘shimcha ravishda Android platformasi uchun rasmiy dasturlash
tili sifatida Kotlin
tilini qo‘llashini e’lon qildi.
Android Studio
10-DARS
BIG DATA VA DATA MINING
245
Xamarin iOS
, Android va Windows qurilmalari uchun C# dasturlash tilida
zamonaviy mobil ilovalarni ishlab chiqish freymvorki hisoblanadi.
Xamarin kompaniyasi Amerikada 2011-yilda tashkil etilgan. Uning ishlab
chiquvchilari dastlab Microsoft Windows bilan ishlash uchun mo‘ljallangan .NET
Frameworkni boshqa mobil platformalar uchun moslashtirdilar.
Xamarin .NET
bilan zamonaviy, samarali IOS, Android va Windows ilovalarini yaratish uchun
ochiq manbali platformadir. Xamarin umumiy kod va asosiy platforma kodlari o‘rtasidagi
o‘zaro aloqalarni boshqaruvchi abstraksiya darajasini taqdim etadi.
Xamarin xotira ajratish va
kesh fayllarni yig‘ish kabi funksiyalarni amalga oshiruvchi boshqariladigan muhitda ishlaydi.
Xamarin bilan o‘rtacha 90 % dastur kodi turli platformalarda o‘zgarmasdan ishlatilishi
mumkin. Ushbu ustuvorlik yordamida dasturchi barcha dastur kodini bitta tilda yozishi
(yoki mavjud dastur kodidan foydalanishi) mumkin. Shu bilan birga
u mazkur kod orqali turli
platformaga xos ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Xamarin orqali ilovalarni shaxsiy kompyuterlarda yoki Mac-kompyuterlarida yozilishi va mos
platforma paketlariga kompilatsiya qilinishi kerak, masalan, .apk Android uchun yoki .ipa IOS
uchun.
Xamarinda ham dasturlash Android Studioda dasturlash kabi ikki muhitda amalga oshiriladi:
1) ilova interfeysini yaratish (XAML tili yordamida);
2) ilova funksiyalarini yaratish (C# dasturlash tilida).
Dostları ilə paylaş: