Va axborot texnologiyalari 11-sinf toshkent – 2021


I BOB.  MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA



Yüklə 49,29 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə247/265
tarix02.10.2023
ölçüsü49,29 Mb.
#151515
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   265
Informatika 11-sinf UZ (1)

I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
317
1. 
Elektron raqamli imzodan foydalanish muddatini aniqlang.
-QR-kodida 
joylashtirilgan manba bilan tanishib chiqing va E-imzo modulini Mozilla Firefox 
brauzeriga o‘rnating. 
2. 
O‘zbekiston Respublikasi “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida” va “Elektron hujjat 
aylanishi to‘g‘risida”gi Qonunlari maqsad va vazifalari bilan tanishib chiqing.
UYGA VAZIFA


I BOB. 
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
318
65-dars. ELEKTRON HUKUMAT VA MILLIY 
AXBOROT RESURSLARI
1. Elektron hukumat nima? U bizga nima uchun kerak? 
2. Tugilganlik haqidagi guvohnomani “Yagona portal” xizmatlari orqali qanday olish mum-
kin?
TAYANCH TUSHUNCHALAR
Elektron hukumat
– davlat organlari tomonidan fuqarolarga axborot va xizmatlarni 
yetkazib berish uchun Internetdan foydalanish.
Elektron davlat xizmati
– axborot-kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilgan holda 
ko‘rsatiladigan davlat xizmati.
Yagona portal
– O‘zbekiston Respublikasi Yagona interfaol davlat xizmatlari portalining 
qisqartirilgan nomi.
Hozirgi vaqtda davlat va fuqarolar o‘rtasidagi о‘zaro munosabatlar axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) vositasida amalga oshirilmoqda. Jumladan, 
2015-yilda O‘zbekiston Respublikasi Hukumat Portali (https://gov.uz/uz) ning ishga 
tushirilishi mamlakatni raqamlashtirish yo‘lidagi ilk qadamlardan bo‘ldi.
Raqamli texnologiyalarga asoslangan davlat xizmatlari, eng avvalo, jamiyatning 
barcha qatlami (pensioner, ishchi, ishbilarmon, davlat xizmatchisi va boshqalar) va davlat 
xizmatchilari o‘rtasidagi “masofa”ning kamaytirilishi, shuningdek, davlat hokimiyati organlari 
tomonidan aholiga mahalliy talablarga mos barqaror va arzon narxlarda ochiq, shaffof va 
sifatli xizmat ko‘rsatilishiga olib keldi. 
“Elektron hukumat” to‘g‘risidagi 
Qonun Oliy Majlis Qonunchilik 
palatasi tomonidan 2015-yilning 
18-noyabrida qabul qilingan hamda 
Senat tomonidan 2015-yilning 
3-dekabrida ma’qullangan. Qonun 
5ta bob, 34 ta moddadan iborat.

Yüklə 49,29 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   265




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©www.azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin