I BOB.
MA’LUMOTLAR BAZASI VA MBBT HAQIDA TUSHUNCHA
263
Biometrikada tanib olish uchun qo‘lning o‘lchami va shakli,
shuningdek, qo‘ldagi
barmoq suyaklari burmalari, qon tomirlari
“naqsh”lari, barmoqlar uzunligi,
qalinligi va egriligi, qo‘lning
umumiy tuzilishi, bo‘g‘inlar orasidagi masofa, kaftning kengligi
va qalinligi kabi xususiyatlar qo‘llaniladi. Infraqizil kamera
qo‘lning tashqi yoki ichki qismini suratga oladi. Tomirlarning
shakli qondagi gemoglobin infraqizil nurlanishni yutishi tufayli
hosil bo‘ladi.
Natijada, aks ettirish darajasi pasayadi va kamerada tomirlar qora chiziqlar
sifatida ko‘rinadi. Qabul qilingan ma’lumotlarga asoslangan maxsus dastur raqamli kodni
yaratadi. Qo‘l bilan tanib olish skanerlari aeroport, bank, atom elektr stantsiyalari kabilarda
o‘rnatiladi.
Yuzni identifikatsiya qilish usuli
biometrik texnologiyalar
orasida eng ko‘p tarqalgan va ommabop usul hisoblanadi.
Usul odamni bezovta qilmaydi, chunki uning tan olinishi
uzoqdan amalga oshiriladi (odam daxlsiz,
harakat erkinligi
cheklanmagan). Bu texnologiya, odatda, boshqa biometrik
usullarga yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Insonning yuz
xususiyatlari uning tarixi, yoqtirgan va yoqtirmaganlari,
kasalliklari,
hissiy holati, atrofdagilarga bo‘lgan his-tuyg‘ulari va ularga nisbatan niyatlarini
aytib berishi mumkin. Bularning barchasi, masalan, potensial jinoyatchilarni
aniqlash uchun
alohida qiziqish uyg‘otadi. Identifikatsiya paytida biometrik tizim yuz xususiyatlari (burun,
lablar, qoshlar, ular orasidagi masofa, yuzning shakli va rangi, soch rangi va boshqalar)
ni tavsiflovchi ma’lumotlarni avtomatik ravishda tanlaydi va qayta ishlaydi.
Yuz kontrasti
o‘zgaradigan joylarning koordinatalari muhim xususiyatlarga kiradi (qosh, ko‘z, burun, quloq,
og‘iz va boshqalar). Ushbu ma’lumotlarga asoslanib, identifikatorlarning raqamli modellari
shakllantiriladi, so‘ngra ular bir-biri bilan taqqoslanadi. Hozirgda berilayotgan chet el
pasportlaridagi chiplarda pasport egasining raqamli fotosurati joy olgan.
Dostları ilə paylaş: