3-DARS
MOBIL ALOQA TIZIMI
MOBIL ALOQA TIZIMI
213
SMS
(ingl.
Short Message Service
) – qisqa xabarlar xizmati. Mobil aloqa tarmoqlarida
abonentlar bir-birlariga matnli qisqa xabar uzatishi va qabul qilishi bo‘yicha
xizmat
hisoblanadi.
MMS
(ingl.
Multimedia Messaging Service
) – GPRS
texnologiyasiga asoslangan
multimedia xabarlarini almashish xizmati. Xizmat rangli rasm,
fotosurat, musiqa, hatto
videoroliklarni uzatish va qabul qilish imkonini beradi.
Tezkor xabarlar
– turli ijtimoiy tarmoqlar (telegram, skayp)
yordamida chat orqali xabar
almashish.
Mobil aloqa
– mobil radioaloqaning bir ko‘rinishi. Uning faoliyati mobil tarmoqqa
asoslanadi. Mobil aloqada umumiy qamrab olingan soha kataklarga (asalari uyasi kabi)
bo‘linadi. Bu kataklar markazida xabar uzatuvchi va qabul qiluvchi
radiobaza stansiyasi
joylashgan. Stansiya esa Internetga ulanish imkoniyatini beruvchi umumiy foydalaniladigan
telekommunikatsiya xizmatlariga ulanadi.
Kataklar qisman qamrab olinadi va birgalikda tarmoqni hosil qiladi.
Tayanch stansiyaning
qamrab olingan bir tekis yuzasi doirani tashkil etadi, shuning uchun
u orqali tashkil etilgan
tarmoq oltiburchakli katak ko‘rinishida bo‘ladi hamda u
mobil aloqaning xizmat doirasi
deb
yuritiladi.
Mobil aloqa tarixi aloqaning 5 ta avlodini o‘z ichiga olib, har bir avlod o‘nga
yaqin aloqa
texnologiyalari hamda standartlariga ega.
Dostları ilə paylaş: