164
V
I
BOB. KADRLAR SIYOSATINI TAKOMILLASHTIRISH
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
6.1. Kadrlar siyosati ijrosidagi mavjud muammolar
Kadrlar siyosati kadrlar bilan bog‘liq rahbariyat xatti-harakatlarining me’yorlari
o‘zgarib turadi. Korxonaning strategik maqsadlari o‘zgaruvchan ichki tuzilish
shartlari va tashqi muhit talablari inobatga olingan holda o‘zgarishi mumkin.
Korxonaning ilgari ishlab chiqilgan kadrlar siyosatini amalga oshirish imkoniyati
o‘zgarib borishi natijasidagi ichki va tashqi omillarga quyidagilar kiradi:
boshqarishning iqtisodiy va huquqiy shartlarini o‘zgartirish;
hududiy yoki tarmoq mehnat bozoridagi vaziyatni o‘zgartirish;
korxonaning moliyaviy, boshqaruv va texnik siyosatini o‘zgartirish;
yangi rahbar tayinlanganligi;
kadrlar
malakasini
oshirishga
sarflangan
mablag‘larni
qaytarishda
qiyinchiliklar.
Ta’kidlash joizki, yuqorida aytib o‘tilgan omillar vaqti-vaqti bilan barcha
mamlakatlarda o‘zgarib turadi. Shuning uchun kadrlar siyosatini ishlab chiqish va
amalga oshirishning asosiy muammolaridan biri ichki va tashqi muhitning
o‘zgaruvchan omillarini hisobga olishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: